Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari


Dekartning umumiy shubhalanish metodi- hissiy narsalar , matematik haqiqatlar va  hatto ( hamma narsaga qodir Xudo )



Yüklə 138,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.12.2022
ölçüsü138,07 Kb.
#77532
1   2   3   4
Bilish metodologiyasi

Dekartning umumiy shubhalanish metodi- hissiy narsalar , matematik haqiqatlar va 
hatto
( hamma narsaga qodir Xudo )ning mavjudliligiga shubha bilan qaraydi Ammo 
hamma narsa inkor etgan holda ,u shubhalanuvchi fikrining mavjudliligiga shubha 
qilmalik kerak degan xulosaga keladi Shu u fikrlash birdan bir ishonchli dalildir ,deb 
xulosa 
chiqaradi 

Kantning tanqidiylik metodi-sof aql tanqidida Kant falsafa o’zidagi narsalar, yani 
dunyoning oliy qadriyatlari haqida emas, balki faqat bilish chegaralari haqida fan bo’lishi 
mumkin ,degan hulosaga keladi. Insonga e’tiqod va ishonmaslik o’rtasida yo’l tanlash 
imkoniyati berilgan.U e’tiqodni tanlashi 
lozim chunki vijdon ovozi 
, ahloq ovozi, undan 
shuni talab qiladi . 
Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati 
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis –
bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi 
- «bilish haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy
qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima
qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy
adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining
umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga
e’tiborni qaratadi.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi
bo‘lib, unda 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar
bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi.


Gnoseologiya sub’ektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, 
shakllari, 
bosqichlari va darajalarini
, shuningdek, shu prinsip va 
qonunlardan kelib chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta’minlaydigan 
talablar va mezonlarni o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, 
kundalik darajasini ham, bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini 
ham 
tadqiq 
qiladi. 
Bilish jarayoni, bu – to‘laligicha ratsional, faqat aqlga bo‘ysunuvchi, formal, 
quruq jarayon emas, chunki u tirik kishilar tomonidan amalga oshiriladi, 
shu sababli bilish emotsional elementlarni – iroda, niyat, istaklarni o‘z ichiga 
oladi. SHu munosabat bilan aytish joizki, narsalar, atrofdagi voqelik 
hodisalari sub’ektning nazariga tushgan, nimasi bilandir uning diqqatini 
tortgan, u bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, uning tomonidan jami boshqa 
predmetlar va jarayonlardan ajralib olingan taqdirdagina bilish ob’ektiga 
aylanadi. SHu ma’noda sub’ekt ob’ektni shakllantiradi, shuning uchun ham 
ob’ektsiz sub’ekt bo‘lmaganidek sub’ektsiz ob’ekt ham bo‘lmaydi, deydilar. 
Falsafa tarixida vaqti-vaqti bilan dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish 
mumkinligini shubha ostiga qo‘Yuvchi ta’limotlar paydo bo‘lib turgan. 
Bunday ta’limotning birinchisi eramizdan avvalgi IV asrda paydo bo‘lgan 
antik 
skeptitsizmidir. 
Skeptiklar 
bilishning 
mumkinligiga 
e’tiroz 
bildirmaganlar, lekin bizning bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi 
dunyo 
hodisalariga 
muvofiqligini 
shubha 
ostiga 
qo‘yganlar. 
Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi – falsafada 
tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya’ni u o‘z ichida mantiqan 
ziddiyatlidir. Ikkinchisi – faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar 
rad etilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni 
topa olmaydi. Binobarin, dunyo haqida ishonchli bilimning bo‘lishi mumkin 
emas. 
Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365-
275 yillar) hissiy idrokni ishonchli deb hisoblagan (masalan, agar biron 
narsa sub’ektga achchiq yoki shirin tuYulsa, shu haqidagi fikr haqiqat 
bo‘ladi, yanglishuv esa, uningcha sub’ekt bevosita hodisadan mohiyatni, 
ob’ekt asosini bilishga o‘tmoqchi bo‘lganda paydo bo‘ladi). Uning fikricha, 
ob’ekt haqidagi har qanday da’voga uning mazmuniga zid bo‘lgan da’voni 
qarama-qarshi qo‘yish mumkin. Demak skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib 
turmog‘i lozim. 
Bilishning turlari va shakllari 
Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik, 
uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar


mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud
emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini
ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va
ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma
g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa,
mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va
falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. YUm, L. Feyerbax),
aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar
biron-bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi
zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini
umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat
qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini
qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi,
appersepsiya borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir. 
Ong-tafakkur va borliqning birligi 

Yüklə 138,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin