Mzkur prodseduraning vazifasi shundan iboratki, u berigan kalit bo’yicha daraxt tuguni qidiruvini amalga oshiradi. Qidiruv operatsiyasining davomiyligi daraxt tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Haqiqatdan, agar elementlar daraxtga kalit qiymatlari o’sish (kamayish) tartibida kelib tushgan bo’lsa, u holda daraxt bir tomonga yo’nalgan ro’yhat hosl qiladi (chiqish darajasi 1 bo’ladi, ya’ni yagona shohga ega),
Bu holatda daraxtda qidiruv vaqti, bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhatdagi kabi bo’lib, o’rtacha qarab chiqishlar soni N/2 bo’ladi.
Agar daraxt muvozanatlangan bo’lsa u holda qidiruv eng samarali natija beradi. Bu holda qidiruvdan ko’p bo’lmagan elementlarni ko’rib chiqadi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
Binar daraxt tushunchasi.
Binar daraxt qanday hosil qilinadi?
Ko’p o’lchamli daraxtni qanday qilib binary daraxt ko’rinishiga keltirish mumkin? Daraxtda qanday amallarni bajarish mumkin?