Reja: Biologik kimyo fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 220 Kb.
səhifə20/20
tarix07.01.2017
ölçüsü220 Kb.
#4741
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Aminokislotalarni oxirgi mahsulotlargacha parchalanishining qanday yo`llari bor?

2. Dezaminlanish qaysi usullar orqali amalga oshadi?

3. Bevosita va bilvosita(transdezaminlanish)ning farqi nimada?

4. Transaminlanish reaktsiyalari qanday bo`ladi?

5. Transaminaza fermentlarining kofermenti nima?

6. Glutamin kislotasining oksidlanishli dezaminlanishini mohiyati nimada?

7. Organizmdagi qaysi jarayonlar natijasida ammiak hosil bo`ladi?

8. Ammiak qaysi yo`llar bilan zararsizlantiriladi?

9. Siydikchil hosil bo`lish reaktsiyalari qanday bo`ladi?

10. Qaysi kasalliklarda siydikchil sintezi buziladi?

27-ma’ruza mavzusi: Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo`lishi. Almashinadigan aminokislotalar va tarkibida azot saqlovchi oqsil bo`lmagan birikmalarning hosil bo`lishi.

Reja:

27.1. Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo`lishi.



27.2. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi.

27.3. Kreatinning sintezi va parchalanishi.

27.4. Gistamin, serotonin hosil bo`lishi va ahamiyati.

27.5. Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslarini o`tkazishdagi ahamiyati.

27.1. Aminokislotalarning dekarboksillanishi va biogen aminlarning hosil bo`lishi. Aminokislotalar karboksil guruhining CO2 ko`rinishidagi ajralish jarayoniga dekarboksillanish deyiladi. Ushbu jarayon natijasida hosil bo`ladigan mahsulotlar yuqori biologik faollikka ega bo`lib, biogen aminlar deyiladi.

To`qimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari dekarboksillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin, serin, gistidin, glutamat va γ- oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein, arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va α-aminomalonatlar.

Aminokislotalarning dekarboksillanish reaktsiyalari qaytmas reaktsiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboksilazalar katalizlaydi, kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir:

dekarboksilaza

R – CH – COOH R – CH2 – NH2 + CO2

(PALF)


NH2

aminokislota biogen amin

Dekarboksillanish mahsuloti aminlar hisoblanadi, ular yuqori biologik faollikka ega bo`lgani uchun biogen aminlar deb ataladi. Ko`pchilik mediatorlar bu guruh birikmalariga kiradi.

Biogen aminlarning zararsizlantirish yo`llaridan biri – ularning aminooksidazalar ishtirokida oksidlanishli dezaminlanishi hisoblanadi:

O

R – CH2 – NH2 + O2 + H2O aminooksidaza R – C + NH3 + H2O2



H

Aminooksidazalar ikki turda bo`ladi: monoaminooksidaza (MAO) va diaminooksidaza (DAO). Monoaminooksidazalarning kofermenti FAD,

diaminooksidazalarning kofermenti esa – piridoksalfosfat (reaktsiya uchun Cu2+ ionlari zarur). MAO hujayra mitoxondriyasi bilan bog`liq, DAO esa sitoplazmada joylashgan. Bu fermentlar kam miqdorda qonda ham bo`ladi. MAO birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarni; DAO esa gistamin, putrestsin, kadaverin va kam darajada alifatik aminlarni faolsizlantiradi. Biogen aminlarning dezaminlanish mahsulotlari – aldegidlar aldegiddegidrogenazalar yordamida organik kislotalargacha oksidlanadi:

O

R – C + HAD∙H + H+ + H2O R – COOH + NAD+



H

9.2. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi. Sut emizuvchi hayvon va inson to`qimalarida faqat almashinadigan aminokislotalar sintezlanishi mumkin, almashinmaydiganlari esa ovqat bilan birga kiradi. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi uglevodlar parchalanishining oraliq mahsulotlari, Krebs sikli metabolitlari va almashinmaydigan moddalar asosida amalga oshadi.

1. Almashinadigan aminokislotalarning uglevodlar parchalanishi mahsulotlaridan hosil bo`lishi. Bunda piruvat, 3-fosfoglitserat va ribozo-5-fosfat aminokislotalar sintezi uchun manba hisoblanadi. Piruvat va 3-fosfoglitserat – glikolizning metabolitlari, ribozo-5-fosfat – pentozofosfatli siklning metaboliti. Piruvatdan alanin ikki xil usulda hosil bo`ladi:

1) alaninaminotransferaza ishtirokida transaminlanish:

ALT

Piruvat + glutamat Alanin + 2-oksoglutarat



2) alanindegidrogenaza (ALDG) ishtirokida qaytarilishli aminlanish:

ALDG


Piruvat + NH3 + NAD∙H + H++ H20 Alanin + NAD+

3-fosfoglitseratdan serin, serindan esa glitsin hosil bo`ladi. Shu sababli 3-fosfoglitserat serin va glitsinning umumiy o`tmishdoshi hisoblanadi:

3-fosfoglitserat → 3-fosfoglitserin → serin → serin + TGFK(tetragidrofolat

- H3PO4


kislotasi) → glitsin + N5, N10-metilen -TGFK

Dastlab ribozo-5-fosfat α-5-fosforibozil-1-pirofosfat(FRPF) ga aylanadi, u esa gistidin va purinlarning biosintezida ishtirok etadi:

Ribozo-5-fosfat → Fosforibozilpirofosfat → Gistidin.

Ammo gistidinning bu usulda sintezlanish imkoniyati chegaralangan, shu sababli u yarim almashinadigan aminokislota bo`lib hisoblanadi.

2.Almashinmaydigan aminokislotalardan almashinadigan aminokislotalarning sintezi. Almashinmaydigan aminokislota fenilalanindan almashinadigan – tirozin hosil bo`ladi:

Fenilalanin + NADF∙H + H++ 02 Tirozin + NADF+ + H20

Fenilalanin almashinmaydigan aminokislota bo`lganligi uchun endogen tirozin sintezi imkoniyati chegaralangan.

Shuningdek, metionin sisteinga aylanishi mumkin. Metionin oltingugurt manbai bo`lib hisoblanadi, molekulaning boshqa qismi esa serin hisobiga quriladi.

Metionin → S-Adenozilmetionin → S-Adenozilgomosistein → sistationin Sistationin → 2-oksobutirat + NH3 + sistein

To`qimalarda ornitin argininga aylanadi. Ammo uning bu usul bilan hosil bo`lishi kam miqdorda, chunki u mochevina sintezi uchun substrat vazifasini bajaradi. Shu sababli arginin yarim almashinadigan aminokislota bo`lib hisoblanadi.

3. Almashinadigan aminokislotalarning Krebs sikli metabolitlaridan sintezlanishi. Aminokislotalar sintezi uchun oksaloatsetat va 2-oksoglutarat manba bo`lib hisoblanadi. Oksaloatsetdan asparagin kislota va asparagin hosil bo`ladi. Asparagin kislota aspartataminotransferaza ishtirokida transaminlanadi, asparagin esa asparaginsintetaza ishtirokida aminlanadi:

Oksaloatsetat + glutamat Asparagin kislota + 2-oksoglutarat

Asparagin kislota + NH3 + ATF Asparagin + ADF + Fn

2-oksoglutaratdan glutamin kislota, glutamin, prolin va nihoyat gidroksiprolin hosil bo`ladi.

27.3. Kreatinning sintezi va parchalanishi. Aminokislotalar ko`plab oqsil bo`lmagan azotli birikmalar: xolin, fosfatidlar, kreatin, mediatorlar (biogen aminlar ham), pigmentlar, vitaminlar, kofermentlar, porfirinlar, purin va pirimidin asoslari; o`simliklarda – alkaloidlar, mikroorganizmlarda antibiotiklar sintezi uchun ishlatiladi.

Odam va hayvon to`qimalaridagi kreatin uchta aminokislota – arginin, glitsin, metionindan sintezlanadi. Kreatin sintezi ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda arginin va glitsindan glitsin-amidinotransferaza fermenti ishtirokida guanidinsirka kislota hosil bo`ladi:

NH2

C = NH


NH +

(CH2)3


HC – NH2

COOH


NH2

CH2


COOH

NH2


C = NH

NH +


CH2

COOH


NH2

(CH2)3


HC NH2

COOH


glitsin

guanidisirka L-ornitin

kislota

L-arginin



Birinchi bosqich buyrak va oshqozon osti bezida faol boradi. Ikkinchi bosqichda guanidin-metiltransferaza ishtirokida metillanish amalga oshadi:

Guanidin sirka Kreatin

kislota

Bu bosqich jigar va oshqozon osti bezida, ya’ni kreatin sintezi uchun kerakli fermentlar bo`lgan sharoitda amalga oshadi. Bu organlarda sintezlangan kreatin qon orqali boshqa organ va to`qimalar, bosh miya, skelet muskullari, yurakka tashiladi. Ammo kreatin almashinuvi bo`yicha ko`pgina tushunmovchiliklar mavjud. Jumladan, odam yuragi muskul to`qimalariga kreatin deyarli o`ta olmasa ham uning miqdori ko`p bo`ladi. Hujayrada kreatin ATF bilan qaytar – perefosforillanish yo`li orqali energiyaning o`tkazilishida ishtirok etadi. Kreatinning parchalanish mahsulotlaridan biri kreatinin hisoblanadi va fermentsiz yo`l bilan amalga oshadi:



- H2O

Kreatin Kreatinin

Organizmdagi kreatinning taxminan 2% i kreatininga aylanadi. Qon plazmasida kreatin va kreatinin kam miqdorda bo`ladi.

Kreatin siydik bilan faqat bolalarda ajraladi; kattalarda kreatinin siydik bilan bir sutkada 4,4 – 17,6 mmol/l ajraladi. Agar siydik bilan kreatin ajralsa, bu patologik holat ekanligini bildiradi.

27.4.

N C - CH2 – CH - COOH



CH CH NH2

NH

Gistamin, serotonin hosil bo`lishi va ahamiyati. Gistamin gistidindekarboksilaza ta’sirida gistidindan sintezlanadi:



-CO2

Gistidin gistamin

Deyarli hamma to`qima va organlar tarkibida gistamin bo`ladi. Asosan o`pka va teri to`qimasida ko`proq bo`ladi. Ko`p miqdordagi gistamin biriktiruvchi to`qimaning yog` hujayralarida hosil bo`ladi, to`planadi va oqsil-geparin kompleksi ko`rinishida bog`langan bo`ladi. Bu to`qimalardagi gistamin gistaminning liberatorlari deb ataluvchi moddalar ta’sirida ajralib chiqadi. Shuningdek, gistaminning ko`proq miqdori pepsin va xlorid kislota sekretsiyasiga na’sir etadi. U kam miqdorda qon plazmasi va boshqa biologik suyuqliklarda ham bo`ladi.

Gistamin keng biologik ta’sir qilish spektriga ega:

§ arteriolalar bilan kapillyarlarni kengaytiradi, natijada qon bosimi pasayadi;

§ kapillyarlarning o`tkazuvchanligini kuchaytiradi;

§ bosh miyada kapillyarlarni kengaytiradi va qondan suyuqlik chiqishi boshning ichki bosimi ko`tarilishiga va bosh og`rig`i paydo bo`lishiga olib keladi;

§ o`pka silliq muskullarini qisqartiradi, natijada birdan nafas qisib qolishi va bo`g`ilish tariqasida namoyon bo`ladi;

§ me’da shirasi va so`lak ajralishini kuchaytiradi.

Gistamin patologik jarayonlarda ko`p miqdorda ajralib chiqib, allergik reaktsiyalarning mediatori bo`lib hisoblanadi. Bunday holatlarda antigistamin dori-darmonlar qo`llaniladi. Organizmda ba’zi antigen moddalar (oqsil tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar) tushganda organizmning sensibilizatsiyalashgan holati 9darhol yuzaga chiqadigan turdagi o`ta sezuvchanlik holati rivojlanadi. O`sha antigenning o`zi bir necha daqiqa davomida organizmga yana tushadigan bo`lsa, bu gistamin shokining deyarli aniq nusxasidan iborat bo`lgan o`tkir reaktsiya boshlanishiga olib keladi (anafilaktik va allergik reaktsiyalar). Bu reaktsiyalar mexanizmi semiz hujayralardagi gistamin ajralib chiqishini o`z ich9iga oladi. Bu hujayralardan gistamin ularning yuzasida antigen-antitana ta’siri yuzaga kelishi natijasida ajralib chiqadi.

Ushbu reaktsiyalarni oldini olish va davolashda quyidagi antigistamin preparatlardan foydalaniladi: sanorin, pinolfen, dimedrol, glyukokortikoidlar va boshqalar.

Serotonin esa triptofandan hosil bo`ladi. Katta yoshdagi odamning 90% serotonini ichakning enteroxprommafin hujayralarida saqlanadi. Qolgan qismi teri qavatining yog` hujayralari, taloq, jigar, buyrak, op`kada bo`ladi. Serotonin ko`proq miqdorda qon trombotsitlari va markaziy nerv sistemasida bo`ladi. Xususan, u bosh miyaning kul tang qavatida va gipotalamusda hosil bo`ladi. U yuqori biologik faollikka ega bo`lgan biogen amindir. Serotonin qon tomirlarini toraytiradi va arterial qon bosimini oshiradi, tana harorati, nafas olish va buyrak filtratsiyasini boshqarishda ishtirok etadi; allergik reaktsiyalar, homiladorlik toksikozi vujudga kelishida ishtirok etadi.

Serotonin markaziy nerv sistemasida mediatorlik va periferik organ va to`qimalarda mahalliy boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.

27.5. Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslarini o`tkazishdagi ahamiyati. Gamma-aminomoy kislota (GAMK) miya to`qimasida glutamatdekarboksilaza ta’sirida glutamatdan hosil bo`ladi.

GAMK kontsentratsiyasi miya va orqa miyada juda yuqori. GAMK (glitsin ham) miya neyronlarining juda ko`p qismida barcha sinapslarning taxminan yarmida mediator vazifasida xizmat qiladi. Ushbu mediatorlar neyronlarda tormozlanish jarayonlariga sabab bo`ladi.

Α β γ α β γ

HOOC – CH2 – CH2 – CH – COOH CH2 – (NH2) – CH2 – CH2– COOH

- CO2


NH2

Glutamat GAMK

Katexolaminlarning hosil bo`lishi. Katexolaminlar – biogen aminlarga mansub mediator va gormonlar guruhi bo`lib, ular fenilalanin va tirozindan hosil bo`ladi. Fenilalanin va tirozindan quyidagi biogen aminlar: DOFA, dofamin, noradrenalin va darenalin hosil bo`ladi. Ulardan adrenalin va noradrenalin asosiy mediatorlik yoki gormonal vazifani bajaruvchi hisoblanadi. Noradrenalin va adrenalin buyrak usti bezlarining mag`iz qismidagi xrommafin hujayralarda, bosh miyaning adrenergik sinapslari va vegetativ nerv sistemasining simpatik nervlarining uchlarida sintezlanadi.

Adrenalin va noradrenalinning faolsizlanishi ikki xil yo`l bilan amalga oshadi: monoaminooksidazalar va katexol-O-metiltransferaza yordamida, ya’ni dezaminlanish va metillanish yo`llari.

Aminokislotalardan ayrim vitamin va kofermentlarning hosil bo`lishi. Triptofandan odam to`qimasida nikotinamid (PP vitamini) hosil bo`ladi:

n bosqich

Triptofan nikotin kislota nikotinamid

Shu sababli ovqat bilan birga kirgan triptofan ovqat tarkibida nikotinamid yetishmovchiligini qisman qoplashi mumkin.



Sistein pantoten kislotasi (B5) va KoA kofermentlarining biosintezi uchun ishlatiladi.
Yüklə 220 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin