5-Mavzu: Yosh bolalar kiyimini ifodalaydigan omillar
Reja:
1. Bolalar kiyimi xarakterini aniqlovchi omillar.
2. Bolalar kiyimlariga qo‘yiladigan talablar. Bolalar kiyimlari uchun ishlatiladigan materiallar.
3. Bolalar kiyimlarini yosh guruhlariga ko‘ra modellashtirish.
Yosh bolalar kiyimini xarakterlaydigan omillar bir-biriga yaqin, mos keladigan omillardan iboratdir.
Bu yosh bolaning oilaviy kelib chiqish holati, ob-havo sharoitlari, o‘sish davrida bolalar tanasi tuzilishining o‘zgarishi, modaning o‘zgarishi, shuningdek ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liqdir. Bolalar dunyoning eng muhim asosiy qismini tashkil etganliklari sababli ularning kiyimlari ongiga juda katta ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu bilan o‘sib borayotgan bolalarning tezkor, chaqqon, aqlli o‘ziga ishongan, fahm-farosatli bo‘lishlariga, shuningdek kelajakda mehnatsevar bo‘lishlariga ota-onalar ham katta ta’sir qiladilar. Shunday qilib yosh bolalar kiyimining to‘g‘ri tanlanganligi ta’lim-tarbiya ishlarida juda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun yosh bolalar kiyimini bichib-tikishda har qanday tashqi va ichki muhitlar yaxshilab o‘rganib chiqishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, yosh bolalar kiyimining xarakteri jamoatchilik tarbiyasiga ham bog‘liq. Yosh bolalar kiyimi ayniqsa ob-havo sharoitidan kelib chiqib tikilishi kerak. Ob-havoning birdan isib yoki sovub ketishi bolalarning sog‘lig‘iga ta’sir qiladiki, buni nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Shimolda va sovuq o‘lkalarda yashovchi yosh bolalar kiyimi vatin, sintepon va issiq mo‘yna qo‘yib tikilishi kerak. Bundan tashqari, ustki kiyim bir necha qavatdan tikilgan issiq matodan bo‘lib, uning taqilmasi va isituvchi qismlari (pelerina, bosh kiyimi sovuqdan saqlashi uchun) tikilgan bo‘lishi kerak. Issiq o‘lkalarda yashovchi yosh bolalar kiyimi issiqlik va quyosh nurlarini tanaga o‘tkazmaydigan, tanani bir me’yorda iliq yoki sovuqroq holda saqlab turadigan bo‘lishi kerak. Shuningdek shaharda va qishloqda yashaydigan bolalarning kiyimlari ham ob-havosi va ijtimoiy kelib chiqishiga qarab tikilishi kerak. Har qanday sharoitda ham kiyimlarning har turli qilib tikilishi maqsadga muvofiqdir, kiyim estetik jihatdan to‘g‘ri tanlanishi kerak. Har bir xalqning o‘z milliy kiyimi bo‘lib, ob-havosiga mos ravishda tikiladi.
Bolalarning tanasi, tana kengligining aniq qismlari va kiyim tuzilishi ularning turli yoshidagi tana asoslariga bog‘liqdir. Yosh bolalar yil sayin har xil rivojlanadilar. Bo‘y uzunligi, oyoq, qo‘l va boshning tuzilishi asosan bolalar yoshini xarakterlaydi. Shu sababli bolalarni yuqorida keltirilgan jadval bo‘yicha yoshga ajratiladi. Har bir yoshdagilarni kiyimi o‘z xarakteristikasi (tavsifiga)ga ega. 3 yoshgacha bolalar kiyimi matosi, rangi, tuzilishi bo‘yicha farqlanib, bunda kattalarning ularga bo‘lgan mehrmuhabbati aks etgan bo‘lishi kerak. Maktab yoshigacha davridagi bolalar kiyimi tez o‘sayotgan, hayotni sevuvchi, «bu nima» deb ko‘p savol beraveradiganlar tavsifiga binoan bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalar kiyimi bitta bir xil maktab kiyimidan iborat bo‘ladi. Bunda bola o‘qishga, hayotga, o‘ziga, yon atrofdagilarga, kollektivga qiziqib kirishishi kerak. Katta yoshli maktab o‘quvchilarining kiyimi kollektivga moslashishi uchun o‘ziga xos, mos, hamma o‘quvchilar qatori bo‘lishi kerak. Bunda juda ko‘p variantlar bo‘lishi mumkin. O‘smirlar foydali mehnat qilishi bilan birga o‘zlarini katta, ya’ni balog‘atga yetganlarini tushunadilar, shu sababli ularning kiyimlari katta yoshlilarning modasiga muvofiq tikilishi kerak. Bolalar – bu bizning hayotimiz davomchilari va biz bilan birga yashaydigan kichkina odamchalardir, ularning kiyimlari ham biz katta yoshlilar bilan bir xil bo‘lishi kerak, faqat yoshni hisobga olgan holda. Umuman olganda, bolalar kiyimi moda o‘zgarishiga qarab tikilmaydi, kattalarniki singari bolalar kiyimi kattalarnikidan ozgina farqlanadi, yangi modada bo‘la oladi va bu unga xushchaqchaq bo‘lib yashashiga xalaqit qilmaydi, hayotda emin-erkin yashashiga yordam beradi. Yosh bolalar kiyimi XIX asrdan boshlab asosiy belgilar orqali ajrala boshladi. Bu vaqtgacha qiz bolalar kiyimi asosida to‘g‘ri burchak shaklda, keng yengli, o‘g‘il bolalarniki keng oq ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Ayollar kiyimi modern modasi davrida yosh qiz bolalar kiyimiga uncha katta ta’sir ko‘rsata olmadi, bu vaqtda yosh qizlar kiyimi tashqi ko‘rinishi sport uslubida bo‘lib, matroskalar guruhiga kirib, keng, yelkada katta to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yoqali va oldi tomonda galstukli ko‘ylak bo‘lgan. Formani keng targ‘ib etish maqsadida bu formalarga yangi konstruksiyalar kiritilgan. Bu bilan yangi, xilma-xil siluet bo‘yicha, formalar detali bo‘yicha, funksiyasi va estetik jihatdan har tomonlama javob beradigan kiyimlar o‘ylab topila boshlandi. Yosh bolalar kiyimi ko‘ylak bichimiga yana kashta tikish, applikatsiya va boshqa dekorativ elementlar bilan bezash kiritila boshlandi va bu bilan yosh bolalar kiyimi har tomonlama modaga javob bera boshladi. XX asrning 60-yillarda moda ancha «yoshardi», har xil konussimon shaklli, yirik va mayda burmali yubkalar, katta-katta aniq formali yoqalar paydo bo‘la boshladi. O‘zining sport uslubda tikilganligi sababli bu yosh bolalar kiyimiga mos tushardi va juda uzoq vaqtgagacha qo‘llanilib keldi. 70-yillarda tanaga yopishib turadigan «kichkina» formalar tug‘ila boshlandi. Bu formada bemalol harakat qilish uchun ishlab chiqaruvchilar yangiliklar
Bolalarning yosh guruhlari № O‘sish davri Qiz bolalar O‘g‘il bolalar 1. Chaqaloqlik 1 yoshgacha 1 yoshgacha 2. Yasli yoshi 1–3 yosh 1–3 yosh 3. Maktabgacha yosh davri 3–7 yosh 3–7 yosh 4. Kichik maktab yoshi davri 7–11 yosh 7–12,5 yosh
yaratishga majbur bo‘ldilar. Yangi kichik qo‘shimchalar, bichish-tikishdagi o‘zgartmalar va hokazolar o‘nlab chiqila boshladi. Kiyim o‘smirlar harakatiga juda mos kela boshladi. Katta yoshdagilar kiyimida bu kulgili ko‘rinsa-da, o‘smirlar kiyimida bu juda tantanavor ko‘rinardi. Ular birinchi marta chuqur modalar olamiga kira boshladilar. Kichik formalarning uchqurligi o‘tib ketdi (yosh bolalar kiyimida kiyim uzunligi oshib bordi), lekin forma torligi, odam harakatiga xalaqit bermasligi sababli, yosh bolalar kiyimining me’yoriga kiritildi. Bu bilan modadagi yangi mavzular keng ishlab chiqila boshlandi. Bizning davrimizda maktab o‘quvchilarining kiyimida funksiyasi va ko‘rinishiga qarab tanaga yopishib turadigan kiyimlarga mos tushadi (trikotaj maykasi, futbolkalar, sviterlar, kurtkalar va plashlar). Shu bilan birga yosh bolalar kiyimida asosan tenglik bor. Albatta, yosh bolalar kiyimi tezkorlik bilan rivojlanmaydi. Bolalar kiyimlarini modellashtirish jarayoniga moda bo‘yicha dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilardan tashqari, shifokorlar, o‘qituvchilar, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq har xil tashkilotlarda ishlaydigan kasb egalari ham jalb qilinadilar. Ularning bergan baholariga va maslahatlariga ko‘ra iqtisodiy omillar va xalqning talab-ehtiyojiga ko‘ra yosh bolalar kiyimlari loyihalanadi. Yosh bolalar kiyimlariga bo‘lgan ehtiyoj bolalarning tezkor ravishda o‘sishi, tanasidagi o‘zgarishlar (semirish, ozish) va ularning mehnat qilishidagi xarakteriga qarab o‘sadi, hamma kiyim turlari sanoat sohasida ishlab chiqiladi. Aynan sanoat ishlab chiqarish sohasida yosh bolalar kiyimiga qo‘yiladigan talablar ko‘rib chiqilib kiyim loyihalanadi (estetik jihatdan, kiyim assortimenti bo‘yicha reja asosida turlari antropologlarning bazaviy konstruksiya bo‘yicha va h.k.), bularning barchasi matolarning sanoat ishlab chiqargan to‘g‘ri loyihalashda qo‘l keladi. O‘z navbatida, ishlab chiqarish o‘z shart-sharoitini qo‘yadi, bunda ishlab chiqarilgan matoning xarakteri, asbob-uskunalarini, texnologik tartiblarini va iqtisodiy tomonlarini har tomonlama o‘rganib chiqish zarur. Yosh bolalarning kiyimi va matolariga qo‘yiladigan talablar. Yosh bolalar kiyimlari turli xil matodan (trikotaj, sun’iy va tabiiy jundan, yupqa materiallardan, sun’iy va tabiiy zamsh va teridan) tanlanadi. Ularga qo‘yiladigan umumiy talablar: o‘rtacha massa, badanga yoqimli bo‘lishi, ochiq rangli, yengil, yumshoq, xushchaqchaqlik baxsh etuvchi, organizm uchun zarar qilmaydigan va hokazo. Gazlama va trikotaj materiallar yosh bolalar kiyimini ishlab chiqishda juda keng qo‘llaniladi. Quyida gazlamaning muhim jihatlariga ko‘ra tanlashni ko‘rib chiqamiz: matoni loyihalashda asosiy, ya’ni gigiyenik, estetik va fizikaviy, mexanik talablarga har jihatdan javob berishi kerak. Gazlamaning tashqi ko‘rinishi, iqlim sharoitlariga javob berishiga qarab, materialga bo‘lgan talablar turlichadir. Ichki kiyimli matolar (paxtali va ipakli) havoni yaxshi o‘tkazadigan, yengil, yumshoq tanaga mayinlik baxsh etuvchi bo‘lib, ularni och va pushti ranglarga bo‘yashadi. Ustki kiyimlar matolari, qishda sovuq o‘tkazmaydigan, tanaga yopishibroq turadigan, yengil va yumshoq bo‘lishi kerak. Sintetik gazlamalar va boshqalar ochrang va ko‘zga xush yoqadigan ranglarga bo‘yaladi.
Ustki kiyim uchun issiqlik baxsh etuvchi gazlamalar (palto, kurtka) ham yengil, yumshoq tanaga yopishib turadigan, ko‘pincha tuki ichiga qaratilgan mato ishlatiladi, bu bola tanasiga issiqlik beradi. Ustki kiyim matosining rangi asosan yengil va tinchlantiruvchi bo‘ladi. Ko‘ylak assortimenti uchun matolar xilma-xil, mustahkam, lekin ingichka va yumshoq bo‘ladi. Bu mato hujjatlashtirilganda rasmi, ranglari jihatidan turlicha bo‘ladi. Kiyim gazlamasini universal o‘lchovlarda mayda va o‘rtacha kattalikda oladi. Gulli gazlamalarga quyidagi talablar quyiladi: kompozitsiya sistemasi oddiy va tushunarli bo‘lishi, rasm kiyimga mos, qiziqarli ishlangan bo‘lishi kerak. Rasmlar asosan klassik uslubida bo‘ladi (chiziqlar, kataklar), bolalar atrofidagi buyumlar rasmining bo‘lishini istaydi. Ularga ashula, ertak, she’rlar misoldir. Ular bolalarning fantaziyasini o‘stiradi. Chaqaloq bolalar kiyimi. Bunga bir yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo‘llari uzun bo‘ladi. Bolaning bosh aylanasi ko‘krak aylanasiga teng. Yelka tengligi bo‘lsa yarimaylanasiga teng bo‘ladi. Tana markazi kindik qismida joylashadi. Bu yoshdagi bolalar 6–8 oy vaqtini karavotda o‘tkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan, yaxshi dazmollanadigan, shu asosda o‘z xususiyatini yo‘qotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishtondir. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Rubashka qornining pastiga davom etadi, bola o‘tirishni boshlaganida unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin (harakat uchun), bosh kiyim ham bo‘shroq bo‘ladi (bolaning boshi erkin harakatlanishi uchun). Gazlamalar chaqaloqqa yorug‘lik, tozalik baxsh etadi. XX asrning 70-yillarda chaqaloqlar uchun tor kiyimlar bo‘lgan. Shundan so‘ng ozgina qo‘shimchalar kiritila boshladi, relyeflar topildi. Shunday qilib chaqaloqlar kiyimi rivojlandi, uning rivojlanishi mantiqiy, utilitar va estetik zavq bera boshladi. Modellar uyida o‘smirlar va bolalar kiyimlari loyihalana boshladi, kolleksiyalar tashkil etildi, unda modelyerlar, konstruktorlar, muhandislar, shifokorlar,
o‘qituvchilar, turli xil tashkilotlar ham ishtirok etdi. Ular fikr almashdilar. Bolalar kiyimiga katta talab qo‘yiladi. Ishlab chiqarish sanoatida kerakli va talab qilingan bolalar kiyimi ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish paytida asosan estetika va modeli nazarda tutiladi. Bolalar kiyimi antropologlarining ko‘rsatmasi va chizgan konstruksiyasiga asosan ishlab chiqiladi. Sanoat usulida bolalar uchun kiyimlar chiroyli, har tomonlama bejirim, qulay, to‘g‘ri hisob-kitob qilingan, har tomonlama talabga javob beradigan qilib ishlab chiqiladi. Maktab yoshidagi bolalar kiyimlari. Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg‘ulotlar, yangi kun tartibi paydo bo‘ladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim olishni o‘zlashtirib, yangi kollektiv hayotiga moslashadilar. Jajji bolakaylar kitob, daftarlari va maktab kiyimini avaylash orqali maktab hayotini hurmat qilishni o‘rganadilar.
Maktab o‘quvchisining garderobida maktab kiyimidan tashqari sport kastumlari (stadion va sport zallaridagi mashg‘ulotlar uchun), mehnat darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o‘ynash uchun kiyimlar hamda bayramona liboslar bo‘ladi. Buyumlarning bu qadar ko‘pligidan bola bir to‘xtamga kelishi zarur. Bunda komplekt uslubida tikilgan kiyimlar unga yordam beradi. 8–10 yoshlarda bolaning qomati sekin-asta o‘zgarib, suyaklar qotib, mushaklari mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi, qorinning chiqqani yo‘qolib, bel ko‘zga tashlanib qoladi. 10 yoshlarda qomat o‘zgarib, boshning balandligi tana uzunligiga ko‘ra 1:6 yoki 1:6,5 ga teng bo‘ladi. 7–8 yashar qizlarning kiyimlari to‘g‘ri siluetda yoki bel chizig‘idan pastga tomon kengaygan bo‘ladi, 9–10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq bo‘ladi. Qismlarning konstruksiyasi har xil. 7–8 yoshdagi qizlarning ko‘ylagi bel chizig‘ining teparog‘idan, biroq tabiiy holatiga yaqin qilib tikilgani ma’qul. 9–11 yoshli qizlarning kiyimi esa qomatga nisbatan sal kengroq bo‘lib, turli vositalar yordamida pastga qarab kengayib boradi. Ko‘ylak bel chizig‘i bo‘yicha kesmali bo‘lishi ham mumkin, bunday tipdagi ko‘ylakning old tomoni yaxlit bo‘lib, bel chizig‘i bo‘yicha ortidan yoki yonidan kesim bo‘ladi. Pastki qismi to‘g‘ri siluetda tikilgan jemper va bluzkalarning kesmasi esa bel chizig‘idan birmuncha pastroqqa tushiriladi. Ko‘ylaklarning bunday joyiga klapanlar, cho‘ntaklar, plankalar, belbandlar qo‘yiladi. 7–8 yoshdagi o‘g‘il bolalar kiyimlari asosan kengroq va
badandan xoliroq bo‘ladi; shuningdek, 9–11 yoshdagi o‘g‘il bolalar kiyimlari uchun to‘g‘ri siluet xarakterlidir, biroq yarmi tor, yarmi kenglik silueti o‘zgarmay qoladi. Bunday siluetda kurtkalar, paltolar tikiladi, to‘g‘ri siluetni esa kurtka va ko‘ylakchalarning pastki qismiga belbog‘lar, qisqichlar hamda vitachkalar qo‘yib, ko‘rimli holatga keltiriladi. Bu yoshdagi bolalar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida jon deb hovlida sport o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar, konkida, chanada, chang‘ida uchadilar va h.k., shuning uchun kiyimning umumiy shakli – xolilikdir (bayramona liboslar va uy kiyimlarini ham shu tarkibga kiritish mumkin). Bu esa koketkalar, pogonlar, ustki cho‘ntaklar, klapanlar, belbandlardan keng miqyosda foydalanish imkonini beradi. Kichik maktab yoshidagi bolalar o‘yin sifatida jamoatchilik uchun foydali ishlarni qiladilar. Shu bilan ular maktab hayotidagi katta ishlarga tayyorlanadilar. Bunda ular o‘zlarini noqulay sezmasliklari uchun ularga badanidan xoli turadigan kiyimlar, ya’ni sport kiyimlari qulaydir. Bu ulardagi ruhiy toliqishni bartaraf etuvchi, ularga o‘ynash va dam olish imkonini beruvchi vositalarning biridir. Har kuni kiyiladigan kiyimlar asosan sport kiyimlari yoki shu fasondagi komplektlardan iborat bo‘lmog‘i, ularning rangi ochiq yoki rangli bo‘lishi lozim. Milliy kiyimlar bayramona uy liboslari yoki kundalik kiyimlarni tikishning manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Milliy kastum uchun rangdor matodan foydalanish kiyimning chiroyli chiqishida muhim rol o‘ynaydi. Qizlar qo‘l mehnati bilan shug‘ullanganda (ustozning boshchiligida) gulli rangdor sharfchalar, kichkina nimchalar to‘qishlari, bluzkalarga gulli kashtalar tikishlari va boshqa turli xildagi murakkab ishlarni bajarishlari mumkin. Buning uchun esa ularga rassommodelyerlarning maslahati kerak bo‘ladi. Yuqori sinf o‘quvchilarining kiyimlari. Shunday qilib maktab o‘quvchilarining kiyimlari jamlanib, ahamiyatiga qarab asosiy turlarga ajratildi. Ammo bolalar turli xil tadbirlarda ishtirok etishlari munosabati bilan, ularning kiyimlari muayyan ko‘rinishga ega bo‘lishi va maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. Endilikda (sport turi, maktab ustaxonalari, to‘garaklar va sh.k.dagi mehnat turlari bo‘yicha) maxsus kiyim-boshlarga zarurat tug‘iladi. Komplekt kiyimlarni tashkillashtirish dolzarb masalaga aylanadi.
Bolalarning o‘sish jarayonida xarakter mujassamlanadi, ishonish qobiliyati shakllanib, o‘zini jamoatning bir bo‘lagiday his qila boshlaydi. Ongi o‘sgan sayin aqli ham rivojlanadi. Maktab darsliklari, badiiy asarlar mutolaasi, har xil to‘garaklar va sport o‘yinlarida qatnashish jiddiy mashg‘ulotga aylanadi. Bolaning qomati o‘zgarib boradi. Tez o‘sishning yangi bosqichi keladi: qizlarda 12–13 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13–14 yoshda. Boshning balandligi gavdaning uzunligiga qarab 1:7 yoki 1:7,5 bo‘ladi. Qizlarda ko‘krak aylanasi paydo bo‘lib, son va boldirlar kengaya boradi, bel qomati paydo bo‘ladi. O‘g‘il bolalarda yelka kengayadi, shu sababli tos ingichkalashib, bel qomati yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi. Qo‘l va oyoqlar uzunlashib, gavdaning umumiy ko‘rinishi kattalarnikiga o‘xshab ketadi. Qizlar uchun kiyimlar silueti to‘rt qismdan iborat. Eng maqbul varianti yarmi tor, yarmi kengidir (uzunligi tizzagacha keladi), undan keyin to‘g‘ri siluet (sport kiyimlari kabi); qomatga mos va pastga qarab kengayib boruvchi trapetsiyasimon siluetlar mavsumbop ustki kiyimlar uchun xarakterlidir. O‘g‘il bolalar kiyimlari o‘rtacha kenglikda to‘g‘ri siluetda tikiladi. Birinchi galda sport kiyimlariga ustki cho‘ntaklar va boshqa detallar qo‘yiladi. Qizlar qomati shakllanishining afzalliklari shundaki, kompozitsiya markazini kiyimning yuqori qismida joylashtirish imkonini beradi, bu yerda turli xildagi koketkalardan sborkalar (yig‘imlar) va relyeflar yordamida zarur bo‘lgan hajmni yaratish mumkin. Bo‘yin kesmasi va yoqalarning shakli har xil bo‘ladi. Ko‘proq oddiy stoykalar va stoykali yoqalardan foydalaniladi. Yeng shakllari ham kiyimning bichimiga qarab har xil bo‘ladi. Kompozitsiya markazi kiyimning bel qismida joylashishi ham mumkin. To‘g‘ri siluetdagi kiyimlarda, bel qismidan boshlab kengayib boruvchi yubkalarda u ozgina pastga tushgan belbog‘ vazifasini o‘taydi. Qiz bolalar garderobiga maktab kiyimi, shim, yubka, bluzka, sarafan, sport kurtkasi, plash, palto va ko‘ylaklar kiradi. O‘g‘il bolalar kiyimlari o‘zining sportchilarga xosligi bilan kattalarning yoshlarbop kiyimlariga o‘xshab ketadi. Reglan va vtach usulidagi yenglar – bunday kiyimlar bichimining asosidir. Detallarni dekorativ-konstruktiv usulda tikish keng qo‘llaniladi. O‘g‘il bolalar garderobi maktab kiyimi, shim, yarimkombinezon, short, jemper, ustki ko‘ylak, sport kurtkasi, palto yoki yarim paltodan iborat bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘zining yuqori jamoatchilik faolligi bilan ajralib turadi. Sport musobaqalari, bayramlar, har xil kechalarning katta qismini asosan ular o‘tkazadilar. Ular tayyorlagan kastumlar zarur bo‘lgan atmosferani yaratishda yordam beradi. O‘quvchilar oromgohlaridagi har xil tashkiliy ishlar katta qiziqish bilan o‘tkaziladi. Bolalar korxona va qurilishlarda ekskursiyada bo‘ladilar. Maktab ustaxonalarida turli xil ishlarni bajarishda ularga yarimkombinezonlar, ish fartuklari, chiroyli emblemali xalatlar juda qo‘l keladi. Keyingi paytlarda yangi turdagi matolar, otdelkalarning yangi xillari paydo bo‘lishi munosabati bilan bolalar kiyimlari assortimenti sezilarli darajada kengaydi: bolon mato va yupqa jun matodan – kapyushonkali tikishsiz ustki nakidkalar; ikki qatli va ikki tomonlamali gazlamadan – astarsiz palto va kastumlar; paxtadan qilingan plashbop gazlamadan, velvet, jinsi va tivitli matolardan – sport komplektlari va dam olish uchun kiyimlar; chidamli matolar va trikotajdan – sport komplektlari, charm va trikotaj bezakli shimlar, kombinezonlar, shortlar, yubkalar, gulli paypoqlar, trikotaj maykalar, sviter va jemperlar.
Nazorat uchun savollar:
1. Bolalar kiyimini ifodalovchi qanday omillar mavjud
Dostları ilə paylaş: |