Tasviriy san’at bilan tanishtirish Birinchi navbatda, bolalarni chiroyli rasm lardan, tanish illyustratsiyalardan, o’yin-choqlardan zavqlanish idrok qilish malakalarini o’stirish. Ulardagi yorqin ranglar jozibasini sezishga undash, ma’lum mavzu bo’yicha ishlangan rasmlarni ko’rish, aks ettirilgan voqealarni, qahramonlar harakatini tushunish va so’zlab berish. Keyingi galda rang va hajmnni sezishni o’rgatishda davom etish. Bolalar qalbida rasm chizishga tabiiy extiyoj, xoxish uygotish ham muhim vazifa hisoblanadi. O’rta guruh bolalarida esa tasviriy san’at turlari bilan tanishtirish ishlari o’tiladi. Kichik hajmdagi xaykalchalarga qiziqish va mashhur rassomlar ishlari bilan tanishtirish jarayonida ularni mashaqqat bilan yaratilganla-gini aytib bu faoliyat turiga nisbatan hurmat bilan qarashni o’rgatish ham bir qatorda olib boriladi.
asliga qarab va tasavvur bo’yicha buyumlar, va o’yinchoqlarning rasmini chizishga, o’lchamini, fazoviy joylanishini shuningdek, bolalarni mo’yqalam bilan mustaqil ishlashga o’rgatish; bolalarni badiiy ifoda vositalaridan foydalanib manzaralar go’zalligini, tabiatni husnini, kattalar mehnatiga oid ijtimoiy voqealardan olgan taassurotlarini aks ettirishga o’rgatish zarur. Xalq amaliy san’ati asarlari asosida naqshlar ishlash ham bolalarni ularga bo’lgan qiziqishni, hurmatni uyg’otadi.
Ayniqsa bu ishlarni tashkil etishda tarbiyachining raxbarligi katta o’rin egallaydi.
Birinchi galda, bolalarni loyning xususiyatlari bilan tanishtirish ( yumaloq, bo’laklarga bo’linadi, undan narsalar yasash). Tarbiyachi loy ishida birinchi navbatda saranjom sarishtalikka orgatib borishi, loy ishini faqat maxsus taxtacha ustida bajarish mumkinligini uqtirih lozim. Bunda asosan qo’l malakasini oshirish talab etiladi. Buyum yasashda etibor beriladigan jihatlar narsaning tuzilishi, hajmi, qismlar orasidagi mutanosiblik va sifat.