Reja: Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish


Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə3/5
tarix16.10.2023
ölçüsü99,5 Kb.
#156122
1   2   3   4   5
Maktabgacha ta`lim tashkilotida jismoniy sog`lomlashtruvchi mashqlar kichik va o`rta guruhlarda ertalabgi badan tarbiya mashqlarini o`tkazish

Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.
Ritmik mashqlari sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo‘ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik. Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi. Xis - tuyg‘ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o‘yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar ayniqsa xis-xayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu badantarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiya mashg‘ulotlar yig‘indisi o‘zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga eta bulgan mashqlardan (yugurish, sakrash) tashkari bo‘g‘inlarning cho‘zilishi egiluvchanligi va harakatchanligiuchun kerak bo‘lgan mashqlari shtirok etadi.
Raqslar uchun mo‘ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko‘pgina o‘zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo‘llaniladi Harakatlarning go‘zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o‘zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko‘rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko‘ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:
egiluvchanlikning rivojlanishi, bo‘g‘inlarning harakatchanligining rivojlantirish;
dinamik va statistik kuchlarning rivojlantirish;
chidamlilikni tarbiyalash;
harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
qon-tomirlari va nafas olish organlarni sistemasini rivojlantirish; - harakatlar plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya.
Ritmik badantarbiya guruxlarida shug‘ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog‘lig‘ining xolati, birmuncha yuqori mehnatga yaroklilik darajasi va jismoniy og‘irliklarga moslasha olishligi bilan fark qiladi.

Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin