Reja: Bolalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish


qobiliyatini rivojlantirish



Yüklə 45,5 Kb.
səhifə2/2
tarix14.09.2023
ölçüsü45,5 Kb.
#143522
1   2
MUSIQA MUSTAQIL ISH 25

qobiliyatini rivojlantirish bolalar musiqa asarlari va asboblari bilan tanishishdan boshlanadi. Maktabgacha tarbiyachilar bilan ushbu tasavvurlarni qaysi tarkibga olib keladiganini tahlil qilish foydali bo'lsa, birgalikda tadqiq qilish tavsiya etiladi qo'shiq. Ota-onalar bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etishi kerak. Agar ular musiqa olamida ishtirok etmasalar va musiqachini tarbiyalamoqchi bo'lsalar ham, bu yo'nalishda bolaga murojaat qilish kerak. Masalan, oddiy o'yinlardan boshlashingiz kerak, masalan, qo'shiqlarni chalish bilan qo'shiqni takrorlash, bolalar qo'shiqlarini kuylash. Bundan tashqari, musiqa qulog'ini rivojlantirish uchun maxsus metodlardan foydalangan holda vazifalarni murakkablashtirish mumkin.
Ijod qobiliyatlari intellektual rivojlanish bilan bir xil muhim rol o'ynaydi. Axir biz bilimni aqliy uchun oziq-ovqat deb hisoblasak, unda ijodkorlik ruh uchun oziq-ovqat deb nomlanishi mumkin.
Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va qat’iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan . Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivozida kuchi ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakillanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqalididni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va manaviy kayfiyatning ulkan manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakillanishiga, uning mazmuninmi tushunish va his yetishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar shakillanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok yetishiga bevosita bog‘liqdir. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta’sir kuchini e’tirof yetgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks yettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. “Tib qonuni” asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, gudakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta’riflaganlar: “Gudakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo‘shig‘i (allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi – ruhiga tegishlidir”. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 1997 yil qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”lariga asosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish yehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq – puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi. Musiqali idrok yetishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalar bilan bog‘liq, umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatga jalb yetish, badiiy musiqaga estetik idrok yetishni va yemotsional o’zlashtirishni rivojlantirish, unga muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalarda badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
http://fayllar.org
Yüklə 45,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin