Reja: Boshlang’ich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi


O’quv – bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari



Yüklə 259,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix11.05.2023
ölçüsü259,22 Kb.
#111119
1   2
Reja Boshlang’ich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuz

O’quv – bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari 


 1. Og`zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya berish, 
o`quvchilar oldida muommallar qo`yish, ularni hal qilish yo`llarini ko`rsatish imkonini beradi. 
Bu metodlar o’quvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
a) Tushuntirish metodi - bunda o`qituvchi materialni bayon qiladi, o`quvchilar esa bilimlaрni 
tayyor holda qabul qiladilar. Materialni aniq tushunarli va qisqa bayon qilish kerak. 
M: 1 yoki 0 ga ko`paytirish hollarini tushunib olishga ko`paytirish haqidagi tarkib topgan 
bilimlari yetarli bo`lmaydi. O`qituvchi bu bilimlarni tayyor holda berishi kerak. Tushuntirish 
metodida nazariy ma'lumotlar bilan tanishtirishda, o`quv qurollaridan foydalanish yo`l – 
yo`riqlar berishda foydalaniladi. 
b) Suhbat - eng ko`p tarqalgan, yetakchi o`qitish metodlaridan biri bo`lib, darsning turli 
bosqichlarida, har xil o`quv maqsadlarida qo`llanilishi mumkin. Suhbat – bu o`qitishning savol 
– javob metodidir, bunda o`qituvchi, maxsus tanlangan savollar sistemasi va ularga beriladigan 
javoblar yo`li bilan o`quvchilarga qo`yilgan ta'lim – tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga olib 
keladi. 
Suhbat metodidan ko`pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda qonuniyatlar 
tipidagi bilimlar (arifmetik amal xossalari, amal komponentalari va natijalari bog`liqligi) bilan 
tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi. 
Katexizik suhbat shunday savollar sistemasi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari 
o`zlashtirilgan bilimlarni oddiygina qayta eslashni talab qiladi. Undan bilimlarni tekshirish va 
baholashda, yangi materialni mustahkamlash va takrorlashda foydalaniladi. 
Evristik suhbat (grekcha – topaman, ochaman) da tayyor bilimlar berilmaydi, balki qo`yilgan 
savollar orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari 
asosida yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kelishga olib keladi. M: « 34 - 20 va 34 – 2 
» hollarni o`rganishda dastlab ( 50 + 8) - 30, ( 40 + 5 ) - 4 so`ngra 28 = 20 + 8 …. Nimani 
yozdim? Shunday yozish mumkinmi?
Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voqea – hodisalar va faktlarni 
taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi bog`lanishlarni 
izlashga majbur qilish kerak. 
M: Nega? Buni qanday tushunish kerak? 
v) H i k o ya bilimlarni tushuntirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan asosan 
matematika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni berishda foydalaniladi. 
g) O`quvchilarning kitob bilan ishlashlari. O`qish malakalarini egallashlariga qarab 
o`quvchilarni kitobda berilgan matnni mustaqil o`qishga jalb qilish zarur, ammo matematik 
matnni o`qish o`quvchilar uchun yangi va qiyin ishdir. O`quvchi darslikdan nimani o`qimasin, u 
tushungan yoki tushunmaganini tekshirish kerak. 


Darsliklarda har xil mashqlardan oldin berilgan ko`rsatmalarni o`qishga e'tibor berish zarur. 
Rasmlar, chizmalar, sxemalarni o`qish malakasi ham katta ahamiyatga ega. 
Bunday ishning yakuni rasm, chizma, og`zaki ifodalar, matematik yozuvlar yordamida yangi 
bilimlarni mustaqil egallash uchun darslik ochib beradigan imkoniyatlarning hammasidan 
foydalanishdan iborat bo`lishi kerak. 
1. Ko`rsatmali metodlar. 
O`qitishning Ko`rsatmali metodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish 
imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol formasidir, bundan o`qitishda keng 
foydalaniladi. Atrof – borliqdagi predmet va hodisalar, ularning turli – tuman modellari, (har xil 
tipdagi ko`rsatma - qo`llanmalar) kuzatish Obyektlari hisoblanadi. 
O`qitishning ko`rsatmali va og`zaki metodlari o`zaro chambarchas bog`liqdir. Ko`rsatma 
qo`llanmalarni namoyish qilishni har doim o`quvchilar va o`qituvchilarning tushuntirishlari 
bilan birgalikda olib boriladi va uning tadqiqotlarda aniqlanishicha 4 ta asosiy shakli mavjud. 
1. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi; 
2. Og`zaki tushuntirish uning yordamida Obektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari 
haqida ma'lumotlar beriladi. 
3. Ko`rsatma - qo`llanmalar – og`zaki tushuntirishlarni tasdiqlaydi va aniqlashtiruvchi 
illyustratsiya bo`ladi. 
4. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi. 
2. Amaliy metodlar 
Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan 
metodlar o`qitishning amaliy metodlari hisoblanadi.
Xususan, bunday metodlarga yozma va og`zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, 
mustaqil ishlarning ba'zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq 
qilish, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish vazifasini bajaradi. 
Mashq deb, biror amalni o`zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil 
qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish, ijodiy kabi turlarga 
bo`linadi. Hozirgi vaqtda o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida ijodiy mashqlarga keng 
o`rin berilgan. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan 
yechish, ifoda bo`yicha masala tuzish, muommali xarakterdagi masalalarni yechish mashqlari va 
boshqalar kiradi. 
Miqdorlar va ularning o`lchanishi bilan tanishtirishda amaliy va laboratoriya ishlaridan keng 
foydalaniladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini o`tkazish o`quvchilarning bilim va 
ko`nikmalarini faol egallashlariga imkon beradi, mustaqil hukm chiqarish va xulosalar qilishga 


oid elementar tadqiqotchilik ko`nikmalarini rivojlantiradi, o`quvchilar tasavvurini boyitadi va 
ularning bilim doiralarini kengaytiradi. 
Keyingi yillarda dasturlarda geometrik materiallarning ko`payishi munosabati bilan amaliy 
ishlarning ham salmog`i ortdi. Geometrik figuralarni tayyorlash, ularni chizish, qirqish, qog`oz 
varag`ini buklash yo`li bilan to`g`ri burchak hosil qilish va modellashtirish, atrofdagi 
narsalardan va chizmalardan ma'lum figuralarni tanlash, o`quvchilarda eng ko`p ishlatiladigan 
o`lchash asboblari bilan ishlash malakasini shakllantirishga yo`naltirilgan maxsus mashqlar 
bajarish ishlari sistematik amalga oshiriladi. 
O`quvchilar o`zlarining shaxsiy amaliy ishlari asosida qaralayotgan figuralarning ba'zi 
xossalari bilan tanishishlari, olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishda ishlatishni 
o`rganib olishlari kerak. 
2) Induksiya, deduksiya, analogiya. 
Bu uchta metod yangi bilimlarni egallashning har bir holi asosida yotuvchi xulosalarning 
xususiyatlariga qarab bir – biridan farq qiladi. 
Induksiya metodi bilishning shunday yo`liki, bunda o`qituvchining fikri birlikdan 
umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosalarga boradi. Bu metoddan foydalanib biror 
qonuniyatni yechish yoki qoidani chiqarish uchun o`qituvchi misollar, masalalar, Ko`rsatmali 
materiallarni puxtalik bilan tanlaydi. 
M: 1 – sinf o`quvchilariga yig`indi bilan qo`shiluvchi orasidagi bog`lanishni tushuntirish 
uchun o`quvchilarni xulosaga induktiv yo`l bilan olib kelamiz.
4+3=7, 7-4=3, 7-3=4. 
kabi bir qator mashqlar bajarilgandan keyin o`quvchilar quyidagicha umumiy xulosani 
ifodalaydilar. Agar yig`indidan birinchi qo`shiluvchi ayrilsa, ikkinchi qo`shiluvchi qoladi, agar 
yig`indidan ikkinchi qo`shiluvchi ayrilsa, birinchi qo`shiluvchi qoladi. Agar 7-5 ko’rinishdagi 
misolni bajarish uchun, 7 sonini 5+2 ko’rinishda ifodalab olsak, 5+2-5=2 bo’ladi. Shunday 
qilib, o’quvchilar yig’indi va qo’shiluvchilarning orasidagi bog’lanishlarni o’zlashtirganliklarni 
asosida yangi umumiy bilimga ega bo’ladilar. Bu indiktuv xulosa chiqarish noto’la induksiya 
bo’ladi. Yig’indi har doim qo’shiluvchilarning har biridan katta, degan xulosa naturol sonlar 
qatori uchun o’rinli bo’ladi. Sonlarning nolni o’z ichiga olgan kengaytirilgan qatari uchun bu 
xulosa noto’g’ri bo’ladi. Shuning uchun o’qitish jarayonida o’quvchilarga qanday shartlarda 
chiqarilgan xulosa yetarlicha va qanday hollarda yetarlicha emasligini ko’rsata borish muhim 
hisoblanadi. 
Deduksiya metodi bilishning shunday yo`liki, bunda umumiy xulosadan foydalanib xususiy 
xulosalar chiqarishga deduktsiya metodi deyiladi 


O’quvchilarni ko’paytirish amali bilan tanishtirishda, o’qituvchi ko’paytirish bu bir xil teng 
qo’shiluvchilarni yig’indisi ekanini tushuntiradi. Bunda faqat deduksiya metodi bilan ish 
ko’riladi. Masalan, 2+2=2·2=4, 3+3+3=3·3=9, 4+4+4+4+4=4·5=20, 5+5+5+5+5+5=5·6=30 va 
hokazo. 
Deduksiyadan foydalanishda yo`l qo`yiladigan xatolar ko`pincha o`zlashtirilgan umumiy 
qoida aniq hol uchun qo`llanilishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlay olmaslikdan kelib 
chiqadi. Bu holni o`qituvchi nazarda tutib, masalan, ko`paytirishning aniq mazmunini 
mustahkamlashda 4+4+4 kabi misollar bilan bir qatorda 4+4+3+4 kabi hollarni ham qarash 
zarur. 
Analogiya - shunday xulosaki, bunda predmetlar ba'zi belgilarning o`xshashligi bo`yicha bu 
predmetlar boshqa belgilari bo`yicha ham o`xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. 
Analogiya «xususiydan xususiyga boradigan» bir aniq fikrdan boshqa aniq fikrga boradigan 
xulosadir. 
M: 3 xonali sonlarni qo`shish va ayirishning yozma usullarini ko`p xonali sonlarni qo`shish 
va ayirishga o`tkazish analogiyaga asoslangan. Ko’p xonali sonlarni yozma qo’shish va 
ayirishni o’rgatishda va shunga doir misollarni mustaqil bajarishda o’qitishning analogiya 
metodidan foydalaniladi. 
Masalan:
246
752

3246
4752

43246
54752

425
837

22425
6837

52425
76837

Bunday misollarni yechgandan keyin o`quvchilarning o`zlari ko`p xonali sonlarni yozma 
qo`shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo`shish va ayirishdek bajariladi deb xulosa 
chiqarishadi. 
Ba'zida o’quvchilar analogiyadan foydalanib noto`g`ri xulosa qiladilar. Masalan, birinchi 
sinfning ayrim o’quvchilari 12-6 misolni yechishda 14 javobni topadilar. Bunda qo’shish bilan 
ayirish orasidagi noto’g’ri analogiya ta’sir qiladi. Yani o’rin almashtirish xossasini ayirishga (6-
2) qo’llanish natijasidan kelib chiqadi. 
Bu metodlardan foydalanish asosida aqliy operatsiyalar: analiz, sintez, taqqoslash, 
umumiylashtirish va abstraksiyalash yotadi. Butunni uning tashkil etuvchi qismlarga ajratishga 
yo`naltirilgan fikrlash usuli analiz deb ataladi. 
Predmetlar yoki hodisalar orasidagi bog`lanishlarni o’rnatishga yo`naltirilgan fikrlash usuli 
sintez deb ataladi. 
Analiz va sintez metodlarini mazmun va mohiyatini anglash uchun quyidagi misollarni 
keltirish mumkin: o’qituvchining bir o’nlik va ikkita birlikdan tuzilgan son qanday ataladi. 


O’quvchilar sitez usulidan foydalanadi (bir o’nlik va ikkita birlik, bu 12 sonidir) degan savolga 
javob berishda sintez qilinadi, o’qituvchining 25 sonida nechta o’nlik va nechta birlik bor degan 
savoliga javob berishda o’quvchilar analiz usulidan foydalaniladi. 
Analiz bilan sintez usullari o`zaro bog`liqdir. Matematik masalalarni yechishda analiz va sitez 
usullaridan o’zaro bog’langan holda keng qo’llaniladi. Bunga quyidagilarni misol qilib keltirish 
mumkin: 
“Bir tup g`o`zadan 6 ta chanoq, ikkinchi tupdan 4 ta chanoq paxta olindi. Ikkala tup 
g`o`zadan necha chanoq paxta olingan” 
Masalaning analizi - uni berilgan va izlanayotganlarga ajratishdan iborat. Sintez –masala 
savoliga javob berishda 6 va 4 sonlarini birlashtirishdan iborat. Analiz usulining to’la bo’lishiga 
ham etiborni qaratish kerak, chunki noto’la analiz xato sintezga olib kelishi mumkin. Ko’p 
hollarda o’quvchilar qo’shish so’zini “olib kelishdi” ,“uchib keldi”, “sotib oldi” va hokazo 
so’zlar bilan almashtirishadi; ayirishni esa “olib ketishdi”, “ketib qoldi” ,“uchib ketdi”, 
“yo’qotishdi” va hokazo so’zlari bilan almashtirishadi va natijada masalani yechish uchun amal 
tanlashda yuqoridani so’zlarga amal qilinadi. Yani xato sintezga olib keladi. 
Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarninng o`xshash va farqli 
alomatlarini ajratishdan iborat. 
Boshlang`ich sinflarda matematika kursi taqqoslash usulining qo’llanilishi uchun katta 
imkoniyatlar ochib beradi. Sonlarni taqqoslash, sonli ifodalarni taqqoslash, masalalarni 
taqqoslash va hokazolar. 
Yangi matematik tushunchalarni, qonunlarni o`rganishda o`quvchilar umumlashtirishga duch 
keladilar. 
Umumlashtirish bu o`rganilayotgan ob'ektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va 
ularni nomuhimlardan ajratishdan iborat. O`quvchilarda to`g`ri umumlashtirishlarni 
shakllantirishning zaruriy sharti tushunchalarning, xossalarning va faktlarning muhim 
alomatlarini o`zgartirmagan holda nomuhim alomatlarini o`zgartirishdan iborat. 
Bu qoida o’quvchilarda matematik tasavvurlarni va matematik tushunchalarni 
shakillantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan,o’quvchilarda to’g’ri to’rtburchak haqidagi 
tasavvurlarni hosil qilish uchun to’rtburchakning har xil rangdaligi to’rtburchak qanday 
materialdan tayyorlanganligi, tekislikdagi holati, tomonlarining uzunliklarining har xilligi 
kabilari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. 
Muhim alomatlarni o`zgarishsiz qoldirish kerak, ya'ni hamma burchaklari to`g`ri 
burchakligiga va qarama - qarshi tomonlari tengligicha qolishi kerak. 
3. O`qituvchi boshchiligida bajariladigan ishlari. O`quvchilarning mustaqil ishlari. 


Boshlang`ich sinflarda, ayniqsa o`qitishning dastlabki bosqichida o`qituvchining bevosita 
boshchiligida bajariladigan o`quv ishlaridan keng foydalaniladi, o`qituvchi o`quvchilarning 
ishlarini kerakli izga mohirlik bilan yo`naltirib turishi kerak. 
Har bir yangi tushunchalar ilgari o`zlashtirilgan bilimlar sistemasiga qo`shilishi kerak. 
Shuning uchun mustahkamlash bosqichida bilimlarni sistemalashtirishga doir mashqlar 
kiritiladi. Masalan: birinchi o`nlik sonlarni nomerlashni o`rganib bo`lgandan so`ng, o`quvchilar 
o`qituvchi boshchiligida son haqidagi bilimlarni sistemalashtiradilar, bunda ular natural qatorda 
har bir son o`zidan keyingi sondan qanday hosil bo`lishini, u oldingi sondan nechta ortiq, 
keyingi sondan nechta kichik ekanligini ko`rsatadilar. 
O`quvchilar matematikadan bilimlarni o`zlashtirishlaridan tashqari hisoblash, o`lchash, grafik 
o`quvlar va malakalarni egallashlari va masalalar yechishni o`rganishlari zarur. Bunda albatta 
nazariy materialdan foydalanishni o`qituvchi beradi.
Keyingi paytlarda o`qitish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ta'sirli metod sifatida 
o`quvchilarning mustaqil ishlariga ko`proq e'tibor berilmoqda. O`quvchilarning mustaqil ishlari 
o`qitishning hamma bosqichlarida qo`llaniladi.
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasini har xil ta'riflanadi. B.P. Yesipov bergan 
ta'rif eng to`g`ri deb tan olingan: 
O`quvchilarning o`qitish jarayonidagi mustaqil ishlari; bu o`qituvchining bevosita 
raxbarligisiz o’quvchilarning, maxsus ajratilgan vaqt davomida aniq topshiriqlar bo`yicha 
bajaradigan ishlari: bunda o`quvchilar topshiriqda qo`yilgan maqsadga erishishga o`z kuchlarini 
sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror formada ifodalab, ongli ravishda 
intiladilar. 
Mustaqil ishlar quyidagilarga ko`ra o`zaro farq qiladi: a) didaktik maqsad bo`yicha. Bu ishlar 
o`quvchilarni yangi materialni qabul qilishga, tayyorlashga, yangi bilimlarni o`zlashtirishga, 
mustahkamlashga, ilgari o`tilgan materialni takrorlashga yo`naltirilgan bo`lishi mumkin; b) 
O`quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo`yicha: darslik bilan, didaktik material ustida 
bosma asosli daftarlar ustida ishlash va hokazo; 
v) O`quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo`yicha: Bu nuqtai nazardan ishlarni 
berilgan namuna bo`yicha, berilgan qoida bo`yicha farq qilinadi; 
g) Tashkil qilinish usuli bo`yicha: umumiy sinf ishi, bunda sinfning hamma o`quvchilari bitta
ishning o`zini bajarishadi; gruppaviy ish, bunda o`quvchilarning har xil guruhlari har xil 
topshiriqlar ustida ishlashadi, individual ish, bunda har bir o`quvchi maxsus topshiriq ustida 
ishlaydi. 
Boshlang’ich sinflarning har bir matematika darsida 2-3 ta qisqa vaqtli mustaqil ish o’tkazish 
maqsadga muvofiq. Chunki bu mustaqil ishlarni o’tkazish jarayonidagi o’quvchilar mustaqil 
ishlarga tayyorlana boradilar. 


Muammoli o`qitish deganda nimani tushuniladi? 
Hozirgi vaqtda uning yagona ta'rifi yo`q. Ammo N.M. Skatkin, T.I. Shamova, 
L.Sh.Levenberg kabilar muammoli o`qitish yagona ta'lim sistemasining muhim tarkibiy va 
muammoli vaziyatlar yaratish va ularni hal qilish usullarini keng qo`llanish asosida 
o`quvchilarning reproduktiv va ijodiy faoliyatlarining tarkibiy birlashtirilishini ko`zlaydi degan 
yagona nuqtai nazarni bildirishmoqdalar. 
Muammoli o`qitish deganda – bu muammoli vaziyatlar hosil qilish, muammoni 
shakllantirish, hal qilishda o`quvchilarga zarur yordamlarni berish, olingan bilinlarni sistemaga 
solish va mustahkamlash jarayoniga rahbarlik qilish kabi ishlarning to’plamini tushunamiz. 
Muammoli o`qitish asosida o`quv muammosi yotadi, bu muammoning mohiyati o`quvchiga 
ma'lum bo`lgan bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan tushuntirmoq va tushuntirish uchun yangi 
faktlar zaruratidan iborat. (didaktik M.I. Maxmutov). 
Demak, o`quv muammosi amaliy va nazariy qiyinchiliklarni tashkil qiladi, buni hal qilish 
uchun o`quvchilardan tadqiqotchilik aktivligi talab qilinadi. 
Muammoli o`qitishning eng muhim xususiyati muammoli vaziyatlar yaratishdir. 
Muammoli vaziyat - bunda o`qituvchi o`quvchilar oldiga ularning bilimlari yyetishmasligi 
sababli birdaniga to`la javob bera olmaydigan savol qo`yadi. Muammoli vaziyatning markaziy 
elementi o`quvchilar tomonidan yechilishi kerak bo`lgan noma'lum yoki qo`yilgan muammoni 
hal qilish uchun zarur bo`lgan bilimlardir. 
Boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishdan foydalanish mumkinmi? Buning 
begumonligini M.I. Moro, A.M. Pishkalo, A.S. Sharipova kabi olimlar o`z tadqiqotlarida 
isbotlaganlar. 
Psixolog A.M. Matyushkinning boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishning o`lchami va 
xaraktyeri haqida fikrlari diqqatga sazovordir: «Boshlang`ich sinf o`quvchilari hal intellektual 
faoliyat metodlariga ega emaslar hamda grammatika va matematik qoidalar haqida diskussiya 
olib borish yoki ularni tadqiq qilish uchun yetarlicha bilimga ega emaslar. Ta'limning dastlabki 
bosqichlarida muammoli o`qitish metodlaridan foydalanish o`quvchilar oldiga maqsadga 
muvofiq tanlangan, muammoli vaziyatlar hosil qiluvchi topshiriqlar berish va bu topshiriqlarni 
hal qilishlari uchun optimal sharoitlar yaratishni nazarda tutadi». 
Masalan, o`qituvchi birinchi sinf o`quvchilariga bir nechta to`rtburchaklar va beshburchaklar 
tasvirlangan plakatni ko`rsatadi. tasvirlar har xil tartibda, to`rtburchaklar qizil rangga 
beshburchaklar esa yashil rangga bo`yalgan. O’qituvchi plakatdagi qizil rangga bo’yalgan 
hamma feguralarni to’rtburchaklar, yashil ranglilarini esa beshburchaklar deb atash 
mumkinligini aytadi. Shundan keyin sinfga qarata bunday savol beriladi: “Siz nima deb 
o`ylaysiz, nega qizil rangili figuralarni to`rtburchaklar, yashillarini beshburchaklar deb atash 
mumkin?” Bu savolga javob topish uchun o`quvchilar qator kuzatishlar o’tkazishlari, 


taqqoslashlarni, qarshi qo`yish ishlarini bajarishlari kerak. masalan, o’qituvchi tomonidan 
kiritilgan to’rtburchak va beshburchak tomonlarini fikran tasdiqlashlari kerak. o’quvchilar bu 
so’zlarni amaliz qilib, ularni qismlarga ajratish kerak, bunda ular yangi terminlarning qismlarini 
ajratib ko’rsatishlari kerak. to’rt va burchak, besh va burchak. O’quvchilar tomonidan bunday 
analiz, taqqoslash o’quvchilarda yangi fikrlashlarga kelishiga turtki bo’lishi mumkin. Bu o’rinda 
o’quvchilar yana bir qator kuzatishlarni, solishtirish va taqqoslashlarni bajarishlari natijasida, 
haqiqatdan ham qizil feguralarning hammasida to’rtta burchak, yashil feguralarning hammasida 
beshta burchak borligiga ishonch hosil qiladilar.
Muommali o’qitishning eng muhim xususiyati muommali vaziyatlar hosil qilish ekanligi 
yuqorida keltirilgan fikrlardan ma’lum. Qanday qilib va qanday usullardan foydalanib 
muommali vaziyatlar yaratish mumkin? 
O`quv - metodik adabiyotlarda, ilg`or o`qituvchilar ish tajribalarida boshlang`ich sinflarda 
matematika o`qitishda muammoli vaziyatlar hosil qilish usullari dan asosiylaridan sakkiztasi 
keng tarqalgan. 
1-usul. O`quvchilarni predmet va hodisalarning umumiy tomonlarini aniqlash va faktlarni 
oldindan umumlashtirish maqsadida kuzatishlar, taqqoslashlar, qarshi qo`yishlar va qarshi 
qo’yishlar o’tkazishga undash. 
2- usul. O`quvchilar uchun yangi shartlar yaratish, bu shartlar ma'lum usullar bilan 
o`zgartirilishi va zarur o’zgartirishlarni bajaring degan talablar qo’yilishi mumkin. 
3-usul. O`quvchilarni amaliy masalalar bilan tanishtirish, bu masalalar ularni bilimlar 
sistemasi bilan yangi masalalarni yechishda ulardan qilinadigan talablar orasidagi mos 
kelmaslik faktlarini analiz qilishga undaydi. 
4-usul. O`quvchilarning amaliy masalalarni mustaqil yechishda paydo bo`ladigan hayotiy 
vaziyatlardan foydalanish va muammoni ifodalash uchun bu vaziyatlarni tahlil qilish. 
5-usul. O`quvchilarni oldin olingan bilimlardan foydalanishning yangi amaliy shartlari bilan 
to`qnashtirish. Bu holda bolalar qilinayotgan ishlarni yangi vaziyatga o`tkazish imkoniyatlarini 
tushunishlari kerak. 
6-usul. O`rganilayotgan materialni tegishli bir qator faktlarni hisoblash yoki masala 
yechishning ratsional usulini topish maqsadida jalb qilish. 
7-usul. Ma'lumotlari yetishmaydigan masalalarda foydalanish. Masalani yechish uchun 
etishmaydigan ma’lumotlarnitopish kerak, shunday qilib muommali vaziatlar hosil bo’ladi. 
8-usul. Aniq masala shartiga qo`yilgan savol ham muammoli vaziyat hosil qiladi. Muommali 
vaziatlar hosil qiluvchi bu sakkizta usullarning bazilarini misollar bilan oydinlashtiramiz. 


Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs- munozarada 
fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun 
faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga 
tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim oluvchilarning 
soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta‘limning davomiyligi, 
o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga olinadi. 
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga 
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu 
metodlar qo‘llanilganda ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. 
Ta‘lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‘lgan 
yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ta‘lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish o‘rganish 
ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi 
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi 
ta‘lim jarayoni ta‘lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi 
ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi 
amalda bajarish orqali o‘rganilishi ikki taraflama fikr - mulohazalarga sharoit yaratilishi. 
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab 
o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda 
muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.



Yüklə 259,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin