Reja: Buddaviylik (Buddizm)ning kyelib chiqishi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix24.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161023
dinshunoslik



DINSHUNOSLIK


Reja:
1. Buddaviylik (Buddizm)ning kyelib chiqishi.
2. Muqaddas matnlari.
3. Buddaviylik ta'limoti.
4. Buddaning “to'rt haqiqati”.
5. Diniy marosimlari va oqimlari.
6. Markaziy Osiyoda buddaviylik.
Tayanch tushunchalar:
BUDDAVIYLIK


Budda, to'rt oliy haqiqat, najotning oliyjanob sakkiz yo'li, “Tipitaka”, “Pancha shila”, “mahayana”, 
“hinayana”, “vajrayana”, lamaizm, “botthisatva”, “sansara”, “nirvana”, ahloq, donolik, myediatatsiya.
Mavzu o'quv maqsadi:
Buddaviylik dinining kyelib chiqishi, asoschisi, muqaddas manbasida ilgari surilgan haqiqatlar va ular bilan
bog'liq falsafiy g'oyalar, bu dinning paydo bo'lishidagi tarihiy jarayonlar haqida talabalarga atroflicha
ma'lumot byerish.
Diniy–falsafiy ta'limot sifatida vujudga
kyelgan buddaviylik bugungi kunda e'tiqod qiluvchilar soniga ko'ra, hristianlik, islom dinidan kyeyingi
o'rinda turadigan jahon dinlaridan biri hisoblanadi.
Buddaviylik milodning И asrida Xitoyga tarqalgan bo'lsa, ИВ asrda Koryeyaga, ВИ asrda Yaponiyaga, 
ВИИ asrda Tibyetga yoyildi. Shunday bo'lsa–da, ХИИ–ХВИ asrlarda Mo'g'ulistonga, ХВИ–ХВИИ
asrlarda Buryatiya va Tuvaga,
BUDDAVIYLIK (BUDDIZM) NING KELIB CHIQISHI
ХIХ–ХХ asrlarda amyerika va Yevropa qit'asiga kirib bordi. XИИ–XИИИ asrlarda Hindistonning
Shimoliy hududida boburiylar sulolasi hukmronligi o'rnatilishi va islomning tarqalishi, qolgan hududlarda
hinduiylik dinining to'la qaror topishi natijasida buddaviylik o'zi paydo bo'lgan Vatani Hindistondan siqib
chiqarilganini alohida qayd etish lozim. 


. Buddaviylik miloddan avvalgi ВИ–В asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga kyeldi. Bu davrga
kyelib ko'p hudolikka asoslangan vyedachilik, brahmanlik, jaynizm yangi ijtimoiy sharoitga javob
byera olmay qolgan edi. Buddaning bo'ysunish va itoatkorlik, azob–uqubatlardan qutulishning
asosiy yo'li, aql farmoniga bo'ysunish orqali inson oliy saodatga erishishi mumkinligi haqidagi
g'oyalari o'sha davr ijtimoiy–siyosiy va ma'naviy hayotini yorqin aks ettirar edi.
Buddaviylikning asoschisi Siddhartha (sanskritcha “ezguliklar kyeltiruvchi”) Gautama Shak'yamuni
(mil. av. 567–488 y.) ryeal tarihiy shahs bo'lib, Hindiston va Nyepal chyegarasidagi Kapilavasta
viloyatining Shak'ya qabilasi hukmdori oilasida tug'ilgan. Manbalarda uning ot minish, ov qilish, 
yugurish, kurash, shye'r o'qish, husnihat va boshqa sohalarda mahoratli bo'lgani, bilimlarni oson
o'zlashtirgani uchun donishmandlar unga saboq byerishga ojiz qolganlari qayd etiladi.
azob–uqubat, kasallik, qarilik va o'lim haqidagi haqiqatlardan ogoh bo'lgan Siddhartha umrini inson
boshiga tushadigan azob–uqubatlar sabablarini o'rganish va insoniyatni ulardan halos qilish uchun
bag'ishlashga qaror qilib, 29 yoshida oilasini tark etadi va sayyor darvyeshlarga qo'shiladi. Olti yil
davomida Ganga daryosi qirg'oqlarida rohiblar orasida zohidona hayot kyechiradi. Siddhartha bu
yo'l uni o'z oldiga qo'ygan maqsad, ya'ni insoniyatni azob– uqubatdan qutqarish sari olib
bormasligi, tana faolligini so'ndirish haqiqat yo'li emasligiga amin bo'lgach, rohiblar jamoasidan
ajraladi.


Rivoyat qilinishicha, Siddhartha 35 yoshida myediatatsiya (lotincha – fikrlash, o'ylash, diqqatni bir joyga to'plab,
ongini oliy haqiqatga erishish g'oyasiga qaratish) uchun bir darahtning ostida dam olib o'tiradi va haqiqatni
topmaguncha u yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o'tirishning 49 kuni uning qalbidan “Syen haqiqatni topding” 
dyegan sado kyeladi. Uning ko'z oldida butun borliq namoyon bo'ladi. U hyech bir joyda osudalik yo'qligini, hamma
joyda shoshilish, intilish, harakatni ko'radi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko'zlab o'tib kyetayotgani, yashash, mavjud
bo'lish umidi barchaning tinchini buzib, halok qilayotgani va yana qayta yaratayotganini anglab yetadi. Siddhartha 
maqsadiga erishib, koinotning barcha sir–asroridan voqif bo'lgach, “Budda” (sanskritcha – hotirjam, nurlangan, oliy
haqiqatga erishgan)ga aylangan, dyeb e'tirof etiladi. Shundan kyelib chiqib, Budda soyasida dam olgan daraht
“boddha” (sanskritcha – nurlangan daraht) dyeb ataladi. Budda umrining so'nggi kunlarigacha Hindistonning turli
joylarida bo'lib, o'z ta'limotini kishilarga yetkazishga harakat qildi va 80 yoshida dunyodan o'tadi. Buddaning jasadi
kuydirilib, hoki sakkiz buddaviy jamoaga yuborildi. Uning hoki dafn etilgan joylarda ibodathona (“stupa” –
sanskritcha qabrlar qo'rg'oniga ko'tarilishdagi inshoot turi, murda saqlanadigan joy)lar barpo etildi.
Buddaning hayoti bilan bog'liq ko'plab voqyealarga afsonaviy tus byerilgan. Xususan, rivoyatlardan birida
kyeltirilishicha, Budda 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 
marta tovuq, 8 marta g'oz, 6 marta fil, shuningdyek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida 550 marta qayta
tug'ilgan. So'nggi marta hudolar uni insoniyatni to'g'ri yo'lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar.


Hind podsholari Magadhi Bimbisarye va ajatashatruning buddaviylikni qabul qilishi, kyeyinchalik
impyerator ashoka va Kanishkaning qo'llab–quvvatlashi natijasida buddaviylik davlat dini darajasiga
ko'tarildi. Buddaviy rohiblar jamoasi – “sangha” shakllandi.
Ma'lumki, brahmanlik va hinduiylikda kishilar “kasta”larga bo'linib, odamlar “past” va “oliy” tabaqaga
ajratilgan. Bundan farqli ravishda Budda “inson kim bo'lishidan qat'i nazar, tug'ilishda tyeng huquqlidir, 
biri ikkinchisidan ortiq emas”, dyegan g'oyani ilgari surdi.
Buddaning shogirdlari Yer yuzida birinchi rohiblar, kyeyinchalik rohibalar jamoasi – “sangha”ni
(bungacha ayollar ibodathonaga jalb etilmagan) tashkil etdilar. Impyerator ashoka davrida “Thyeri–gatha” 
(sanskritcha – “Rohibalar qo'shig'i”) nomli tartib–qoidalar va ahloqiy mye'yorlar kitobi yozilishi esa bu
jarayonni yanada mustahkamladi.
Umuminsoniy g'oyalarning targ'ib etilishi hamda har bir millatning Budda ta'limotini o'z tilida o'qib–
o'rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birinchi
asrlarida buddaviylik butunlay boshqacha tus oladi. Budda ilohiylashtirilib, hudo darajasiga ko'tariladi va
unga sig'iniladi.


Budda bilim orqali azob–uqubatlardan qutulish mumkinligini uqtirgan. Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir
inson juda ko'p ezgu va yahshi ishlar qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin.
Budda har bir hikmat va o'gitni shogirdlari qalbiga joy etish va
aytgan so'zlarining ma'nosini anglashga o'rgatish maqsadida o'z pand–nasihatlarini yozib olishlariga yo'l qo'ymagan. 
Shunga ko'ra, Buddaning ta'limoti bir nyecha asr davomida og'izdan–og'izga o'tib, shogirdlari tilidan bayon etib
kyelingan.
Buddaviylik qoidalari va ahloqiy tamoyillarini o'zida mujassam etgan va bugungi kunda din izdoshlari tomonidan
muqaddas, dyeb e'tirof etiladigan “Tipitaka” (yoki “Tripitaka”, sanskritcha – “Uch savat donolik”) milodning
boshlarida kitob shakliga kyeltirilgan. Hozirda “Tipitaka”ning ilk qo'lyozma nushasi Shri Lanka (Tsyeylon) da 
saqlanadi. “Tipitaka” uchta katta bo'limdan iborat.
Birinchi bo'lim – “Vinaya–pitaka” (sanskritcha – “ahloqiy mye'yorlar kitobi”) buddaviylar jamoasi “sangha”
MUQaDDaS MaTNLaRI
tarkibiga kirish tartibi, rohiblarning hulq–atvori hamda diniy ko'rsatmalarga rioya qilish qonun–qoidalari va unga amal
qilinmagan taqdirda byeriladigan jazolar tavsifini o'z ichiga oladi.


Ikkinchi bo'lim – “Sutta–pitaka” (sanskritcha – “Duolar kitobi”) hajm jihatdan savatlarning eng kattasi
hisoblanadi. Unda asosan “to'rt asl haqiqat” haqida so'z yuritiladi. Budda ta'limoti shogirdlari tilidan masal, 
suhbat, nasihat, afsona, hikmatli so'z, dostonlar shaklida bayon etilgan. Shuningdyek, ushbu bo'limda Budda
jamoasi (“sangha”)ning tuzilishi va uning shogirdlariga oid ma'lumotlar ham kyeltiriladi. Uchinchi bo'lim –
“abhidharma–pitaka” (sanskritcha – “Diniy–falsafiy masalalar kitobi”)da diniy ta'limotning asosiy qoidalari
ifodalanib, buddaviylik amaliyotining falsafiy mazmun–mohiyati ochib byerilgan. Matn yozilish uslubi va
tili murakkabligi uchun buddaviy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta'lim olish yo'li bilan o'zlashtirganlar.
“Tipitaka” matnlariga vaqt o'tishi bilan o'zgartish, tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan. Bunday o'zgarishlar
buddaviylikda o'ziga hos yo'nalishlar paydo bo'lishiga zamin yaratgan.
“Tipitaka”ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan bo'lsa ham, vaqt o'tib asl matnlar yo'qolib kyetgani uchun
faqat tibyet, hitoy va yapon tillariga tarjima qilingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan “vyeda” 
(sanskritcha – muqaddas bilim) va brahmanlik falsafiy qarashlaridan holi bo'lgan buddaviylik manbalari, 
o'zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy halqqa tushunarli bo'lgan. Masalan, “mahayana” aynan shu
hususiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyoga yoyilishini ta'minlay olgan. Milodning
birinchi asridan boshlab buddaviylik Xitoy, Koryeya, Yaponiya Shri Lanka, Birma, Tailand, Vyetnam, 
Kambodja, Laos sarhadlarigacha yetib borgan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin