Reja: Bulutli texnologiyalar tushunchasi. Bulutli texnologiyalarning asosiy turlari



Yüklə 23,94 Kb.
tarix15.05.2023
ölçüsü23,94 Kb.
#113623
Bulutli va blokcheyn texnologiyalari bilan ishlash


Mavzu:Bulutli va blokcheyn texnologiyalari bilan ishlash
Reja:
1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi. Bulutli texnologiyalarning asosiy turlari
2. Blokcheyn texnologiyalari tushunchasi
3. Bank-moliya tizimida blokcheyn texnologiyalarini tutgan o‘rni
4. Soliq, buxgalteriya va bank tizimlarida bulutli texnologiyalarni joriy etish tamoyillari

Bugungi kunda “bulutli hisobashning” ko’plab ta’riflari mavjud. Ularning ko’pchiligi o’z ma’nosi va aktsenti bo’yicha takrorlanadi. Quyida bunday ta’riflarning bir nechtasi “bulutli hisoblash”ni har xil nuqtai nazardan tushunish uchun keltirilgan.


Bulutli hisoblash Internet vositasida taqdim etiladigan servis ko’rinishida tashqi hisoblash zahiralaridan foydalanishning dinamik masshtablanadigan usulni bildiradi, bu holda foydalanuvchidan “bulut” infrastrukturasi haqida biror bilimlarni yoki bu “bulutli” texnologiyani boshqarish bo’yicha biror ko’nikmalar talab etilmaydi.
Cloud Computing – bu dasturiy-apparat ta’minot bo’lib, foydalanuvchilarga Internet yoki lokal tarmoq orqali servis ko’rinishida taqdim etiladi, bunda foydalanuvchilarga alohida zahiralarga (hisoblash zahiralari, dasturlar va ma’lumotlar) murojaatning qulay interfeysi ham beriladi.
Bu holda foydalanuvchi kompyuteri tarmoqqa ulangan terminal hisoblanadi. Bulutli hisoblashni amalga oshiruvchi kompyuter “hisoblash buluti” hisoblanadi. Bu holda “hisoblash buluti”ga kiruvchi kompyuterlar orasidagi yuklanish avtomatik taqsimlanadi.
Shaxsiy bulutlarga o’tishda buyurtmachilar ko’plab afzalliklar olishi mumkin, ular orasiga ATga xarajatlarni tushirish, servisni taqdim etish sifatining oshirilishi va tijoratning dinamikligini kiritish mumkin.
“Bulut” informatsion xizmatlarni olish va taqdim etish uchun yangi tijorat-model hisoblanadi. Bu model operativ va kapital xarajatlarni tushirishga harakat qiladi. U AT departamentlariga o’z ma’lumotlarni qayta ishlash markazini boshqarish masalalarida qotib qolmasdan, strategik loyihalarga diqqat qaratishga imkon beradi.
Bulutli hisoblash – bu faqatgina AT sohasidagi innovatsion texnologiyagina emas, balki kichik aholi yashash punktlaridagi kichik AT-mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining bozorga o’z xizmatlarini tezkor taklif etish va o’z tijorat-g’oyalarini amalga oshirishga imkon beradigan yangi tijorat-modellarini yaratish usullarini ham taqdim etadigan texnologiyadir. Bulutli hisoblashni investitsiya bilan birgalikda qo’llab-quvvatlash yosh kompaniyalarda tez rivojlanadigan ekotizim yaratiladi.
Bulutli hisoblash AT sohasida autsorsing (tashqi manbaadan yoki zahiradan foydalanish) rolining kuchayishiga va tizimli maxsuslashtirishga bozorli javob hisoblanadi. Mohiyatiga ko’ra, bulutli hisoblashga o’tish mahoratli tashqi ishlab chiqaruvchilarning an’anaviy AT-infrastrukturani boshqarish jarayonlarini autsorsing qilishni bildiradi. Ko’plab bulutli hisoblash sohasidagi zamonaviy yechimlarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) faqatgina mavjud bulutli platformalardan foydalanishni taqdim etadilar, balki buyurtmachilarning texnologik va huquqiy talablariga javob beradigan o’z platformalarini yaratish imkonini beradi.
Bulutli hisoblash quyidagicha ishlaydi: ilovalarni ishga tushirish uchun o’z serverini sotib olish, o’rnatish va boshqarish o’rniga, Microsoft, Amazon, Google yoki boshqa kompaniyaning serverini ijaraga olish amalga oshadi. So’ngra foydalanuvchi ijaradagi serverni Internet orqali boshqaradi, bunda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun foydalanilgan zahira uchun to’lov amalga oshadi. Hisoblash buluti millionlab foydalanuvchilar bir vaqtda ishlatadigan ma’lumotlar markazlarida (Data Center) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Bunday katta masshtabli infrastrukturani samarali boshqarishning zaruriy sharti maksimal to’liq avtomatlash hisoblanadi. Bundan tashqari, har xil foydalanuvchilarni (bulutli operatorlar, servis-provayderlar, o’rtakashlar, AT-ma’murlar, ilovalar foydalanuvchilari) ta’minlashda hisoblash zahiralariga himoyalangan murojaat uchun bulutli infrastruktura o’z-o’zini boshqarish va vakolatni ta’minlash imkoniyatlarini qarab chiqishi kerak bo’ladi
Bulut texnologiyasi bu ommabop texnologiya bo'lib, unda foydalanuvchilar Internet-platformada IT-resurslarda ma'lumot kiritish yoki olish uchun ishlatadilar. Bu texnologiya ma'lumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydigan va foydalanuvchi to'g'ridan-to'g'ri kompyuterning qattiq diskida saqlash o'rniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarining yana bir yaxshi tarafi bu online serverlardan dunyonining xohlagan nuqtasida turib ma'lumotlarni kiritish yoki qabul qilish mumkin. Bulutli texnologiyalarning turli xil xizmatlari mavjud bo'lib, ular juda mashhur va bugungi kunda dunyoda keng qo'llanilayotgan katta hajmdagi saqlash va uni zaxiralash, dasturlarni sinash va texnik xizmat ko'rsatish, ma'lumotlarni tahlil qilish va kerakli dasturlarni yetkazib berish mumkin.
Bulutli dasturlar texnologiyasi - bu Internetga asoslangan platforma, bu resurslar serverdan mijozga tarmoqlar kanallari orqali ma'lumot yetkazadi. Shu sababli, texnologiya yorug'lik tezligida yangilanayotgan hozirgi dunyoda qaysi texnologiyaga o'tish kerakligini va texnologiyadan to'g'ri foydalanishni bilish juda muhimdir. Shunday qilib, bulutli texnologiyalarning mashhurligi va Internetning salbiy ta'siriga qaramay, u eng tezkor texnologiya bo'lib qoladi va u bugungi bozorning so'nggi tendentsiyasiga aylandi. Demak, undan foydalanishning maqsadi butun dunyo bo'ylab xaridorlarni bir-biriga bog'lash orqali resurslarni diversifikatsiya qilish va o'z vaqtida kerakli resurslardan foydalangan holda ushbu sohadagi mijozlarini saqlab qolish orqali biznes foydalanuvchilariga o'z bozorlarini kengaytirishga imkon berishdir. Mening fikrimcha, hamma bulutli dasturlarni nima uchun ishlatadi, bu bizga har qanday hajmdagi fayllarni zaxira qilishning eng zo'r tizimini taqdim etadi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun bu dunyodagi istalgan joydan resurslarga kirish va ishlash imkoniyatiga ega bo'lgan so'nggi texnologiya tendentsiyasining ulkan o'sishi bo'ldi va mijozlar bilan ishlash va ishlashni yanada moslashuvchan qildi.
Bulutli dasturlar - bu turli xil Internet xizmatlarini bajarish. Bunday vazifalarga misol qilib, ma'lumotlarni saqlash, serverlar, ma'lumotlar bazalari, dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar kiradi. Bulutli dasturlar ma'lumotlarni saqlashni kompyuter fayllariga yoki qattiq diskka emas, balki markaziy tarmoqqa saqlashga imkon beradi. Ko'p sabablarga ko'ra, Cloud Computing - bu jismoniy shaxslar va kompaniyalar uchun mashhur variant, jumladan vaqtni tejash, samaradorlikni oshirish, tezlik va himoya.
Bulutli texnologiyalar va ularning vazifalari
bu model istemolchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli xisoblashlarning yuzaga kelishida «virtualizatsiya» texnologiyalarining axamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960 yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000 yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi.
Model yagona puldagi tarmoqdan qulay va bir vaqtning o’zida konfiguratsiyalangan xisoblash resurslaridan birgalikda foydalanish imkoniyatini yaratadi (misol uchun, tarmoqlar, serverlar, ma’lumotlar bazasi, ilovalar va servislar) shu bilan birga minimal boshqarishda xam oparativ va erkin ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bulutning bu modeli 5 ta asosiy xarakteristika, 3 ta servis model va 4 ta taqdimlash modellaridan iborat.
Tarmoqdan keng holda foydalana olish modeli. Bunda - hisoblash kuchi imkoniyatlari yani tarmoqda standart mexanizimlar orqali katta masofada foydalana olish imkoniyatin beradi. Xar - hil turdagi (yupqa - qalin) mijoz platformasidan (terminal qurilmalar) keng qamrovda foydalanish mumkinchiligini beradi
Resurslarning elastik modeli
Resurslarni birlashtirish modeli. Konfiguratsiyalangan provayder xisoblash resurslarini yagona xovuzga birlashtirish orqali ko’p sonli foydalanuvchilar resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Google-drive xarakteristikasi va imkoniyatlari
Google Drive a fayllarni saqlash va sinxronizatsiya xizmati tomonidan ishlab chiqilgan Google. Google Drive 2012 yil 24-aprelda ishga tushirilgan bo'lib, foydalanuvchilarga o'z serverlarida fayllarni saqlash, fayllarni qurilmalar bo'ylab sinxronlashtirish va fayllarni almashish. A ga qo'shimcha ravishda veb-sayt, Google Drive uchun oflayn imkoniyatlari mavjud bo'lgan ilovalar taqdim etiladi Windows va macOS kompyuterlar va Android va iOS smartfonlar va planshetlar.
Bulutli texnologiyalar – bu model istemolchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli xisoblashlarning yuzaga kelishida «virtualizatsiya» texnologiyalarining axamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960 yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000 yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi.
Bulut – AT - infratuzilma tashkilotlarining innavatsion modeli (konsepsiya) xisoblanib, u aloxida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarni ma’lumotlar markazida yotadi.
Model yagona puldagi tarmoqdan qulay va bir vaqtning o’zida konfiguratsiyalangan xisoblash resurslaridan birgalikda foydalanish imkoniyatini yaratadi (misol uchun, tarmoqlar, serverlar, ma’lumotlar bazasi, ilovalar va servislar) shu bilan birga minimal boshqarishda xam oparativ va erkin ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bulutning bu modeli 5 ta asosiy xarakteristika, 3 ta servis model va 4 ta taqdimlash modellaridan iborat.
Bulut texnologiyalari modellarini aytadigan bo’lsak ularning boshqa turdagi hisoblashlardan farqlarini keltirish o’rinli hisoblanadi.
Talab bo’yicha o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish modeli. Bunda - foydalanuvchi server vaqtini, ma’lumotlar saqlash ombori xajmini, zarur bo’lganda avtomatik
turda, xizmat ko’rsatayotgan provayder bilan o’zaro aloqada bo’lmagan holda, xisoblash kuchini mustaqil turda aniqlash va o’zgartirish mumkin.
Tarmoqdan keng holda foydalana olish modeli. Bunda - hisoblash kuchi imkoniyatlari yani tarmoqda standart mexanizimlar orqali katta masofada foydalana olish imkoniyatin beradi. Xar - hil turdagi (yupqa - qalin) mijoz platformasidan (terminal qurilmalar) keng qamrovda foydalanish mumkinchiligini beradi.
Resurslarni birlashtirish modeli. Konfiguratsiyalangan provayder xisoblash resurslarini yagona xovuzga birlashtirish orqali ko’p sonli foydalanuvchilar resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Resurslarni tezkor elastikligi modeli. Foydalanuvchilarning talabiga qarab bulut xizmatlari kengayishi, tez taqdim etilishi, qisqartirilishi mumkin.
O’lchangan servis modeli. Bulutli tizimlar servis turiga qarab abstraksiyaning bazi bir darajalarida o’lchashni amalga oshirish orqali resurslardan foydalanishni optimallashtiradi va ular ustidan avtomatik nazorat qiladi.
Tarqatish modellari haqida aytadigan bo’lsak ular o’z navbatida 4 ta modeldan iborat va quyidagilardan iborat:
Xususiy bulut (Private cloud) – bu infratuzilma bulutli xisoblashni tadbiq etishda yagona tashkilot doirasida foydalaniladi;
Jamoaviy bulut (Community cloud) – bu infratuzilmada bulutli xisoblashdan faqatgina tashkilotning alohida bir jamoasi yoki bo’limi foydalanishi mumkin;
Ommaviy bulut (Public cloud) - bu infratuzilma bulutli xisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanish imkoniyatiga ega;
Gibrid bulut (Hybrid cloud) – bu infratuzilma tarqatish modellarini barchasini o’z ichiga oladi yani xususiy, jamoaviy va ommaviy.
Servis modellari va asosiy yetkazib beruvchi provayderlari ham o’z navbatida uch toifaga bo’linadi.
Software as a Service (SaaS) – xizmat sifatida dasturiy ta’minot. Istemolchi ushbu modeldan provayder tomonidan bulutli infratuzilmasida ishga tushurilgan dasturdan foydalanadi. Interfeys (veb-brovzer) yoki dastur interfeysi orqali mijoz foydalana olishi mumkin istemolchi bulutli infratuzilma asosini boshqarish va nazorat qilish xuquqiga ega, shuningdek, tarmoqni, serverni, operatsion tizimni, ma’lumotlar bazasini xatto programmalar parameterlarini o’zgartirish imkoniyati berilmaydi.

Platform as a Service (PaaS) – xizmat sifatida platforma. Bulutli xisoblash istemolchiga dasturiy platformadan foydalanish uchun ruxsat berilgan model xisoblanadi, bunda quydagi imkoniyatlardan foydala olishi mumkin: operatsion


sistema, ma’lumotlar bazasi, amaliy dasturiy ta’minot, ishlab chiqish vositalari va dasturiy ta’minot analizi.
Istemolchi uchun, kompyuter platformasiga o’rnatilgan operatsion tizim, web – saytlarni ishlab chiqish, tarqatish va boshqarish uchun maxsus vositalar ijaraga beriladi. Istemolchi bulut infratuzilma asosini boshqarish xuquqiga ega emas, shu jumladan: tarmoq, serverlar, operatsion tizimlar yoki ma’lumotlar bazasini xam lekin tarqatilgan ilovalar va ish olib borayotgan muhit konfiguratsiya parametlarni sozlash imkoniyati mavjud.
Infrastructure as a Service (IaaS) – xizmat sifatida infrastruktura. Istemolchi ushbu bulutli xisoblash modelida ishlov berish vositalarini boshqarish va saqlash, fundamental hisoblash resurslari (virtual serverlar va tarmoq infrastrukturalar) nazorat qilish xuquqiga ega. Bunda istemolchi o’zining xohishiga ko’ra operatsion tizimlar va dasturlarni mustaqil turda o’rnatish mumkin. Shunda istemolchi mavhum hisoblash kuchi (server vaqti, disk maydoni va tarmoq kanallarni o’tkazish qobilyati) yoki autsorsing IT - infratuzilmalardan foydalanish mumkin. Iste’molchi bulut infrasutrukturasini asosini boshqarmaydi, lekin operatsion tizim, saqlanayotgan va tarqalgan ilovalarni boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bulutli ma’lumotlar markazi yoki ma’lumotlarga ishlov berish markazida quydagilar joylashtirilgan bo’ladi: fizik uzkunalar yoki hardware (serverlar, ma’lumotlar saqlash bazasi, ish stansiyalar), tizimli dasturiy ta’minot (OC, virtualizatsiya vositasi, avtomatizatsiya) instrumental va amaliy dasturiy ta’minot, uskunalarni boshqarish tizimi (Equipment management systems), tarmoq infratuzilmasi (Network infrastructure): marshutizator va kommutatorlar (routers and switches) fizik uskunalarni ulash va birlashtirish uchun. Shu jumladan tizim muxandisi ta’minoti ma’lumotlar markazi ishini normal ta’minlaydi (Systems of engineering support).
SaaS sxemasi bo’yicha xar xil turdagi bulut dasturlari xizmat ko’rsatadi. Business Apps, Office Web Apps, Management Apps, Communications, Security va boshqalar. SaaS AQSh da keng tarqalgan model hisoblanadi. Eng ko’p tarqalgan bulutli ilovalarga quydagilar kiradi:
CRM - mijozlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimi; HRM - kadrlar va hodimlar bilan ishlash tizimi;
ERP – resurslar va tashkillashtirish tizimi (misol uchun 1C); offis ilovalari;
kommunikatsiya manbai.
Dunyo miqyosida Salesforce.com kompaniyasi CRM bulutli ilovalarni tarqatishda yetakchi hisoblanadi. Kommunikatsiya vositalaridan biri elektron ro’yhat (misol uchun, Gmail), avdio va video chatlar (misol uchun, Microsoft Lync Online), bulut servisi (Mobile Device Manegement – mobil qurilmani boshqarish). Bulutli servisda MDM mobil qurilmasi orqali korparativ tizimlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
MDM bulutli tizimi boshqaruvida ishlaydigan xar – hil turdagi mobil qurilmalarga ilovalar yani agentlar o’rnatiladi. Bu ilovalar o’z o’rnida markazlashgan mobil qurilmalarni sozlashda bulut xizmatidagi SaaS korparativ tarmog’iga kirish imkoniyatini beradi. Bulut kommunikatsion vositalari boshqa
SaaS bulutli xizmati orqali integratsiya qilinadi, misol uchun, CRM+MDM, Office Web Apps+Lync Online, Google Docs, Gmail, Hangouts va boshqalar. Saas ning asosiy istemolchilari kichik va o’rta biznes tashkilotlari xisoblanadi. Ko’pgina SaaS
ilovalar xodimlarni xamkorlikda faoliyat yurutishi va qo’llab quvatlashi uchun tadbiq etilib, ularni umum masalalarni birgalikda yechimini topishga undaydi. SaaS
ilova arxetekturasi yagona nusxali ilovalarni serverda ishga tushiriladi, koplab istemolchlarga multijara (Multi - tenant) sifatida xizmat qiladi. Xar bir bajarilayotgan ish jarayonida istemolchiga o’z virtual nusxa ilovasi taqdim etiladi.
Bulutli xisoblashda SaaS – xizmatini boshqa hildagilari xam mavjud, Cisco WebEx – web – konferensiyalar o’tkazishdagi bulutli servis; CMS – SaaS modeliga an (SaaS – platform UMI.Cloud); E-Commerce B2B/B2C – SaaS modeliga an; Marketing SaaS ga asoslangan; «Antivirus Dr. Web» SaaS modeliga a-n; SugarCRM – CRM tijorat tizimi ochiq kodlar bilan; BPMonline CRM instrumentlari bilan biznes jarayoni modelashtirish va avtomatlashtirish uchun.
Shuni aytib o’tish joizki, bulutli xisoblash konsepsiyasi istemolchilarga bir qancha qo’shimcha turdagi bulutli xizmatlarni taqdim etadi: Stroge-as-asService, Database-as-a-Service, Information-as-a-Service, Process-as-a-Service, Processasa- Service, Integration-as-a-Service, Testing-as-a-Service va boshqalar, bundan tashqari Storage-as-a-Service ning ko’p sonli bulutli saqlash fayllari mavjud: Amazon Simple Stroge Service (Amazon S3), DropBox, Google Drive, Microsoft OneDrive va boshqalar. Bulutli texnologiyalarni va bulutli xisoblashlarni talim yurtlarida qanday tadbiq qilish mumkin? Google kompaniyasi talim yurtlariga Google Apps for education bulutli ilovani elektron talim sifatida taqdim etadi. Microsoft kompaniyasi esa oliy o’quv yurti talabalariga Office 365 for education (Windows Azure in education) bulut xizmatini tavsiya etadi. Bulutli xisoblashni (Cloud Computing) maktablarga, oliy o’quv yurtlariga tadbiq etish, o’quvchi va talabalarni bilim bilan yetarlicha taminlaydi.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishida ta’lim uzluksiz, individual yo’naltirilgan, moslashuvchan va dinamik jarayon shaklida bo’ladi. YUNESKO XXI asr uchun yuqori texnologiyali taʼlim kompetensiyalari va koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Hamma uchun ta’lim barqaror rivojlanishi, raqamli texnologiyalarning hamma joyga kirib borishi sharoitida inklyuziv bilimlar jamiyat talablariga mos keladigan AKT kompetensiyasi, media va axborot savodxonligi darajasini shakllantirish muammolari va yechimlarini tavsiflashni amalga oshirmoqda, AKT va pedagogika integratsiyasi muammolarni hal qilish yondashuvlari, shu jumladan ochiq ta’lim resurslari va o’quv-uslubiy yordam, ommaviy ochiq onlayn ta’limdan foydalanish, shakllantirish uchun ishlatiladigan innovatsion texnika va texnologiyalar rivojlanishi bunga misol bo’la oladi. XXI asr — yuqori texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar asri. Endi hayotimizni elektron qurilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter, noutbuk, planshet yoki hatto uyali telefon. Ushbu qurilmalar ko’plab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda «bulutli» texnologiyalar barcha rivojlangan mamlakatlarda faol qo’llanilmoqda. Ular biznes, menejment, ta’lim va tadqiqot uchun innovatsion, tejamkor imkoniyatlarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda ma’lumotlarning juda tez o’sishi, bilimning o’zi o’z-o’zidan maqsad bo’lib qolmoqda, ular shaxsning, kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartlaridan biri hisoblanadi.
Shaxsiy bulut: Xususiy bulut (inglizcha privatecloud) — bu bir nechta iste’molchilarni o’z ichiga olgan bir tashkilot tomonidan foydalaniladigan infratuzilma hisoblanadi. Xususiy bulut tashkilotning o’zi yoki uchinchi tomon (yoki ularning kombinatsiyasi) tomonidan egalik qilinishi, boshqarilishi mumkin. Umumiy bulut: Ommaviy bulut (inglizcha publiccloud) — bu keng jamoatchilik tomonidan foydalaniladigan infratuzilma. Ommaviy bulut tijorat, akademik va davlat tashkilotlariga (yoki ularning har qanday kombinatsiyasiga) egalik qilishi, boshqarilishi va tahlil qilinishi mumkin. Gibrid bulut: Gibrid bulut (eng. hybridcloud) — noyob ob’ektlar bo’lib qoladigan, lekin ma’lumotlar va ilovalarni uzatish uchun standartlashtirilgan yoki xususiy texnologiyalar (masalan, qisqa muddatli) bilan o’zaro bog’langan ikki yoki undan ortiq turli xil bulutli infratuzilmalarning (xususiy, jamoat yoki ommaviy) birikmasidir, bulutlar orasidagi yukni muvozanatlash uchun umumiy bulut resurslaridan foydalaniladi. Klan buluti yoki jamoat buluti: Jamoa buluti — umumiy vazifalari bo’lgan tashkilotlar iste’molchilarining ma’lum bir jamoasi (klan) tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan infratuzilma turi. Ommaviy bulut bir yoki bir nechta jamoat tashkilotlari yoki uchinchi tomon (yoki ularning kombinatsiyasi) tomonidan birgalikda egalik qilishi, boshqarilishi mumkin va u jismoniy jihatdan egasining yurisdikatsiyasida ham, tashqarisida ham mavjud bo’lishi mumkin. Shunday qilib, bulutli texnologiyalar — bu ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari bo’lib, unda kompyuter resurslari Internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladi. [1] Bugungi kunda O’zbekiston ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish va isloh qilish zaruratiga duch kelmoqda. Ya’ni, ta’lim jarayonida zamonaviy odam bilim va ko’nikmalarni to’plashi kerak emas, balki mustaqil ravishda, boshqa odamlar bilan birgalikda mazmunli maqsadlarni qo’yishi, o’z-o’zini tarbiyalash vaziyatlarini yaratishi, vositalarni izlash va ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, bu muammolarni hal qilish usullari hisoblanadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bulutli texnologiyalar bu yerda bolalar birgalikda chizish va eslatma olishlari mumkin bo’lgan oddiy onlayn vositalardan tortib, loyihalarda hamkorlik qilish uchun murakkab texnologiyalargacha juda mos keladi. Bunda talabalar faol ishtirok etadilar, talabalarning SaaS texnologiyalaridan foydalanishi evaziga bulutli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin, bundan tashqari IT ilovalari va bulutli veb-xizmatlarni ijaraga olishi, chunki ular orasida mutlaqo bepuli ko’p. [2] Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishga misol sifatida quyidagilarni aytish mumkin: — elektron kundaliklar, jurnallar; — talabalar va o’qituvchilar uchun shaxsiy hisoblar; — interaktiv qabul qilish: — talabalar ma’lumot almashishlari mumkin bo’lgan tematik forumlar; — o’qituvchi yo’qligida yoki uning rahbarligida talabalar muayyan ta’lim muammolarini hal qilishlari mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirish; — bulutli ma’lumotlarni saqlash.
Yüklə 23,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin