1-sinf ”Tarbiya” darsligidan ixtiyoriy bitta mavzu ustida ishlang
Reja:
1.Daftarlar bilan ishlash metodikasi.
2. 1-sinf matematika darsligi o'quv materiallarini o'rganish.
3. Masalani tanlashni o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish.
Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma’iumotlarning o‘rni. Boshlang‘ich sinf matematikasi va matematika o‘qitishning bosqichlari orasidagi uzviyiik. o‘quvchilaming o‘quv yili oxiridagi bilim, ko‘nikma hamda malakalariga qo‘yilgan dastur talablari asosida nazorat tahliii. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. o‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bogliqlikdir. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interaktiv metodlardan Foydalaninsh asosan yaxshi natija beradi. Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari ham muhim metoddir . Mantiqiy mashqlar, o'yinlar, didaktik material bilan amaliy ishlar, bosma asosli daftar bilan amaliy ishlar darsda nisbatan katta o'rin olishi kerak, ammo bular bilan bir qatorda o'qitishning oddiy metodlaridan ham foydalaniladi, bu metodlar ham qaralayotgan holda ma'lum xususiyatga ega. Masalan, 6 yoshliklar bilan ishlashda uzoq tushuntirishlar bo'lmasligi kerak. Tushuntirish ko'pincha tayyorlovchi suhbat formasida olib boriladi. Kitob bilan ishlash, odatda, o'qituvchi rahbarligida o'tadi, ammo yil oxirigacha bolalarni kitob bo'yicha ba'zi topshiriqlarni mustaqil bajarishga o'rgatish kerak (misollarni uncha qiyin bo'lmagan kichik matnli masalalarni yechish). Olti yoshli bolalar bilan mashg'ulotlarni tashkil qilishning muhim talablaridan biri shunday sharoit yaratishdan iboratki, bu sharoitda bolalar faoliyatlarining turi o'z vaqtida almashtirilishi va bajarilayotgan topshiriqlarning xilma-xil bo'lishi ta'minlanishi kerak (kuzatishlar, didaktik materiallar bilan amaliy ishlar, rasm solish, suhbatda qatnashish, daftarda mustaqil ish bajarish, kitob bilan ishlash, sinfning og'zaki frontal ishida qatnashish, darsning borishida o'yinli dam olish va shu singarilar). Yangi materialni kiritishda darsni shunday tashkil qilish kerakki, unda ish doska oldida o'qituvchi yoki chaqirilgan o'quvchi tomonidan bajariladigan har xil namoyishlardan, har xil predmetlar bilan amaliy ishlar bajarishdan bosh- lanadi (masalan, bolalar navbat bilan doska oldiga chiqishadi, tokchada turgan o'yinchoqlardan olib juftlar hosil qilishadi), shundan keyin partada individual sanoq materiallari bilan ish bajariladi, bunda o'yinning borishida o'qituvchi yordamga muhtoj o'quvchilarga yordam beradi. Bunday ish odatda kollektiv ravishda natijani tekshirish bilan tugaydi (masalan, kerak bo'lib qolganda topshiriqni bajarish usulini tushuntirish bilan). Shundan keyin kitob bilan ishlash o'qituvchi rahbar- ligida boshlanadi, undan keyin esa boshqa sanoq materiallari bilan yana amaliy ishlar bajarishga o'tiladi (masalan, masalalar tuzish uchun ko'rsatmali rasmlardan foydalaniladi). Bundan keyin esa o'qituvchi doskada tushuntirgani bo'yicha daftarda mustaqil ish bajariladi. Darsning borishida, o'qituvchining xohishiga qarab, bolalarda charchash alomatlari sezishi bilanoq, jismoniy tarbiya o'tkazish foydalidir, darsga bolalarning kayfiyatini ko'taruvchi, masalan, hazil masalalar, qiziqarli, yorqin, g'alati rasmlar, j advallar va shu singari qiziqarli elementlarni kiritish foydalidir. Shu xildagi ba'zi materiallar darslik sahifalarida berilgan. Ta'limning o'quv, tarbiyaviy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga mashg'ulotlarning butun sistemasi bilan, ya'ni kuzatishlar, har xil didaktik materiallardan foydalanib amaliy ishlar o'tkazish, darslik, bosma asosli daftar bilan ishlash va shu singarilar bilan erishiladi.
Bunda asosiy qo'llanma darslik hisoblanadi. Darslik bilan ishlash darsda ozgina vaqtni olsada, ammo aynan shu dars sistemasining izchilligini aniqlaydi, programma talablarini ochadi va aniqlashtiradi, darsning har bir masalasi qaysi darajada qaralayotganini ular qanday ketma-ketlikda o'rganilishini ko'rsatadi.
Darslikni yaxshi bilish o'qituvchiga darsni rivojlantirish mantiqini (mazmunni, ishni rejalashtirishni, ba'zan esa uni tashkil qilishni, shu bosqichda foydalanilishi maqsadga muvofiq bo'lgan ko'rsatmalilik turlarini) tasavvur qila olishga yordam beradi. Shu sababli darslik xususiyatlarini chuqur bilib olish kerak. III. Darslikning asosiy xususiyatlari 1. Darslik dastur bo'yicha tuzilgan (har bir sahifa bir dars). Har bir sahifada yangi darsda qaralishi kerak bo'lgan yangi materialgina berilgan bo'lmay, balki ilgari o'tilgan- larga asoslangan material ham berilgandir. Bunda dars- lik mualliflari o'z oldilariga har bir yangi masalani qarash uchun oldindan tayyorgarlik ko'rishni va sistemali ravishda ilgari berilgan biletlarni rivojlantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashni, shakllantirilayotgan bilim va malakalarni takomillashtirish hamda puxtalashni maqsad qilib qo'yishgan. Lekin darslikda har qaysi darsga mo'ljallangan umumiy o'quv vazifasi aniqlanmaydi, chunki darsda asosiy o'rinni namoyishlar, kuzatishlar, didaktik materiallar bilan birga bosma asosli daftarlarda o'tkaziladigan amaliy ishlar egallashi kerak. Bu ishlarning mazmuni darslikda aytiladi, ammo ularning soni va turini har bir darsga tayyorgarlik ko'rishda bolalarning tayyorgarliklari, sinfning ish sur'ati va shu singarilarni hisobga olgan holda o'qituvchi aniqlaydi. Sinfda ishlashda darslik bilan bir qatorda bosma asosli daftar asosiy qo'llanma hisoblanadi. Daftarda berilgan mashqlar darslik materialini tarkiban to'ldiradi. Mazmuniga ko'ra u darslik bilan uzviy bog'langan, har bir darsning konkret vazifalariga erishishga yordam beradi va shu bilan bir vaqtda o'quvchi faoliyatiga xilma-xillik kiritadi, bunda u o'quvchiga rasm solish, chala ishlangan rasmni chizib tugatish, bo'yash, chiziqlar bilan birlashtirish, o'rash va shu singari imkoniyatlarni beradi.
Bu bola qo'lini raqamlarni yozishga yaxshi tayyorgarlik bo'lib xizmat qiladi. Shuni qayd qilamizki, 6 yoshli bolalar qo'llarining mayda mushaklari 7 yoshli bolalarnikiga qaraganda bo'shroq rivojlangan, harakat koordinatsiyalari darajasi pastroq. Bu xususiyatlarni bolalarni raqamlar yozishga o'rgatish va boshqa matematik yozuvlarni bajarishga o'rgatishda hisobga olmasdan bo'lmaydi. Mana shularni hisobga olib, bosma asosli daftarlarda kataklar kattaroq qilib chizilgan, bu daftarlar kataklari odatdagi o'quvchilar daftaridagiga qaraganda 1,5 marta katta (7 x 7mm). Daftarda raqamlarni yozishga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rish ishi nazarda tutilgan, bolalar oldin rasmlarni bo'yab, belgilangan kontur bilan o'rab chiqishni mashq qiladilar. Shundan keyin katakli qog'ozda ishlashga tayyorgarlik boshlanadi, satrni, ustunni ajratishga yordam beruvchi mashqlar beriladi nihoyat, punktir bilan belgilash chiziqlarini, jiyaklarni, yozuv namunalarini o'rab chiqishga oid ko'p sondagi, mashqlar berilgan. Shunday tayyorgarliklardan keyingina raqamlarni mustaqil yozish kiritiladi, so'ngra misollar va masalalar yechimlarining yozuvlari ham kiritiladi. Har gal daftarda navbatdagi topshiriqni bajarishdan oldin bolalar uni qanday bajarishlari kerakligini albatta ko'rsatish kerak (nimadan boshlash kerak, qaysi yo'na- lishda harakat qilish lozim, u yoki bu figura yoki raqamni o'rashda qalamni uzish kerak yoki kerakmasligi va shu singarilar). Bularning hammasini doskada ko'rsatish kerak, shundan keyin o'quvchilar o'qituvchi tushun- tirishlarini takrorlashadi, qo'llariga qalam (ruchka) olib, o'z daftarlarida bajarishlari kerak bo'ladigan harakat yo'nalishlarini «havoda» ko'rsatadilar, shundan keyingina mustaqil ishga kirishadilar.Daftarning bir sahifasida asosan 3 ta darsga material berilgan, ya'ni darslikning uch sahifasi bo'yicha ishlashga mos keladi (nomerlari daftar sahifasining o'ng yuqori burchagida keltirilgan).Daftarda joylashtirilgan va aniq darsga mo'ljallangan materialni o'quvchilar bilan to'la bajarish kerak.Daftarda mustaqil ishlar bilan bir qatorda odatda, har bir mashg'ulotda har xil didaktik materiallar bilan bajariladigan amaliy ishlar o'z o'rnini topishi kerak.Predmetlar plastmassadan qilingan kichkina o'yinchoqlar: sabzichalar, bodringchalar, olmalar va shu singarilar yig'masi, har xil o'lchamli va rangli geometrik shakllar (doirachalar, uchburchaklar, kvadratlar) sanoq cho'plari va boshqa didaktik materiallar bo'lishi mumkin. Bu didaktik materiallardan foydalanish metodikasi haqida darsning asosiy masalalarini qarashda mufassal gapiriladi. Darsga tayyorlanishda o'qituvchi bunday mashqlar sonini aniqlashda matematika darsi birinchi sinfda vaqt bo'yicha 3 ta taxminan teng bosqichga bo'linishini hisobga olishi kerak: har xil didaktik materiallar bilan amalni ish taxminan 10 minut, darslik bo'yicha ishlash taxminan 10 minut va nihoyat, daftar bo'yicha ishlash - bu ham taxminan 10 minut. Zaruratiga qarab darsda bir yoki ikki fizminutlar o'tkaziladi. Mantiqiy mashqlar, o'yinlar, didaktik material bilan amaliy ishlar, bosma asosli daftar bilan amaliy ishdar darsda nisbatan katta o'rin olishi kerak, ammo bular bilan bir qatorda o‘qitishning oddiy metodlaridan ham foydalaniladi, bu metodlar ham qaralayotgan holda ma‘lum xususiyatga ega. Masalan, bog'cha-maktab o'quvchilari bilan ishlashda uzoq tushuntirishlar bo'lmasligi kerak. Тushuntirish ko'pincha tayyorlovchi suhbat bog'cha-maktab shaklida olib boriladi. Kitob bilan ishlash, odatda, o'qituvchi rahbarligida o'tadi, ammo yil oxirigacha bolalarni kitob bo'yicha ba‘zi topshiriqlarni mustaqil bajarishga o'rgatish kerak (misollarni yechish, uncha qiyin bo'magan kichik matnli masalalarni yechish. Тa‘limning o'quv, tarbiyaviy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga mashg'ulotlarning butun tizimi bilan, ya‘ni kuzatishlar, har xil didaktik materiallardan foydalanib amaliy ishlar o'tkazish, darslik, bosma asosli daftar bilan ishlash va shu singarilar bilan erishiladi. Bunda asosiy qo'llanma darslik hisoblanadi. Darslik bilan ishlash darsda ozgina vaqtni olsa-da, ammo aynan shu dars tizimining izchilligini aniqlaydi, dastur talablarini aniqlashtiradi, darsning har bir masalasi qaysi darajada qaralayotganini korsatadi, ular qanday ketma-ketlikda o'rganilishini ko'rsatadi. Har gal daftarda navbatdagi topshiriqni bajarishdan oldin bolalar uni qanday bajarishlari kerakligini albatta ko‘rsatish kerak (nimadan boshlash kerak, qaysi yo‘nalishda harakat qilish lozim, u yoki bu figura yoki raqamni o‘rashda qalamni uzish kerak yoki kerakmasligi va shu singarilar). Bularning hammasini doskada ko‘rsatish kerak, shundan keyin o‘quvchilar o‘qituvchi tushuntirishlarini takrorlashadi, qo‘llariga qalam (ruchka) olib, o‘z daftarlarida bajarishlari kerak bo‘ladigan harakat yo‘nalishlarini «havoda» ko‘rsatadilar, shundan keyingina mustaqil ishga kirishadilar. Daftarning bir sahifasida asosan 3 ta darsga material berilgan, ya’ni darslikning uch sahifasi bo‘yicha ishlashga mos keladi (raqamlari daftar sahifasining o‘ng yuqori burchagida keltirilgan). Daftarda joylashtirilgan va aniq darsga mo‘ljallangan materialni o‘quvchilar bilan to‘la bajarish kerak. Daftarda mustaqil ishlar bilan bir qatorda odatda, har bir mashg‘ulotda har xil didaktik materiallar bilan bajariladigan amaliy ishlar o‘z o‘rnini topishi kerak. Predmetlar plastmassadan qilingan kichkina o‘yinchoqlar: olmalar va shu singarilar yig‘masi, har xil o‘lchamli va rangli geometrik shakllar (doirachalar, uchburchaklar, kvadratlar) sanoq cho‘plari va boshqa didaktik materiallar bo‘lishi mumkin. Bu didaktik materiallardan foydalanish metodikasi haqida kursning asosiy masalalarini qarashda mufassal gapiriladi. Darsga tayyorlanishda o‘qituvchi bunday mashqlar sonini aniqlashda matematika darsi birinchi sinfda vaqt bo‘yicha 3 ta taxminan teng bosqichga bo‘linishini hisobga olishi kerak.
1-sinf matematika darsligi o'quv materiallarini o'rganish.
Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. Hozirgi kunda xalq ta`limi oldida ta`lim tarbiya samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qo`yildi. Bu vazifa bevosita boshlang`ich maktabning ham vazifasi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sog’lom hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o’zining dolzarbligini yo’qotmaydigan masala hisoblanadi.
1 Ta`lim samaradorligi oshirishning turli yo`llari mavjud. Masalan: talimning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta ko`rib chiqish, davr talabiga mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalana olish va xokazolar. O`quvchi o`quv faoliyatini faollashtirish bevosita o`qituvchi hamda o`quvchi faoliyatlarini to`g`ri tashkil etish va uni boshqarishga bog`liq. Masalalar yechish avvalo bolalarda mukammal matematik tushunchalarni shakllantirishi, ularning o’quv dasturida belgilab berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida muxim axamiyatga ega.
Masala. O’quvchida 4ta rangli va 2ta oddiy qalam bor. O’quvchida hammasi bo’lib nechta qalam bor? Bu masala orqali o’quvchilarda qo’shish haqidagi tushunchani shakllantirish, mustahkamlash va yig’indini topishga doir bilimlar hosil bo’ladi.
Masalalar yechish orqali o’quvchilarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. Masalan, bilimlarning shakllanishida nazariyani amaliyot bilan o’qitishni turmush bilan bog’liq olib borish imkonini beradi Masala yechish orqali xarid qilingan narsaning narxini, kvartira ta’mirlashning baxosi, poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli xildagi amaliy hisoblashlarni hal qilib beradi.
Yuqoridan kelib chiqqan holda masalaning 2ta muhim funksiyasi mavjudligini bilamiz: masalaning bilish xarakteridagi funksiyasi, masalaning tarbiyaviy xarakteridagi funksiyasi. Masalalar yechish jarayonining o’zi metodikada o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum. U aqliy operatsiyalarni; analiz va sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslash, umumlashtirish kabilarni rivojlantiradi.
Turmushda sonlar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hayotiy hisoblashlar vujudga keladiki, uni hal qilish uchun arifmetik amallar bajarishga to’g’ri keladi.
Bunday hisoblash ishini talab qiladigan mazmun masala deyiladi. Har bir masala berilgan (ma’lum) va izlanayotgan (noma’lum) sonlarni o`z ichiga oladi. Masaladagi sonlar, to`plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, Munosabatlarni ifodalaydi yoki topilishi kerak bo`lgan noaniq sonlar bo`ladi. Xar bir masalada shart va saavol bo`ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan sonlar ora sida bog`lanish ko`rsatiladi, bu bog`lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanini bildiradi. Masala: Yengil mashina 4 soat yo`lda 56 km tezlik bilan yurgan. Mashina qancha masofa yurgan?
Sharti: Yengil mashina 4 soat yo`lda 56 km tezlik bilan yurdi (Ma`lum yoki berilgan).
Savol: Mashina qancha masofa yurgan? (izlanayotgan yoki noma`lum) masalani yechish: bu masala shartida berilgan sonlar va izlanayotgan sonlar orasidagi bog`lanishini ochib berisgh va shu asosida arifmetik amallarni tanlash, keyin esa ularni bajarish hamda mnasala savoliga javob berish demakdir.
Masalani tanlashni o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish.
Masala tahlili masala savolidagi berilganlarga qarab boradi:
1. Masalada nimani bilish talab qilinadi? (Kastyumga ketgan materialni).
2. Buni birdaniga bilib bo’ladimi?
(Yo’q).
3. Nega? (Nechta kostyum tikilganini bilmaymiz).
4. Nechta kostyum tikilganini bilib bo’ladimi? (Bo’ladi).
5. Qanday qilib?
(Nechta ko’ylak tikilgan bo’lsa shuncha kostyum tikilgan).
Nechta ko’ylak tikilgan? ( 24 m materialning har 3 m dan bitta ko’ylak tikilgan bo’lsa, 24:3=8 ta ko’ylak tikilgan).
6. Kostyum ham 8 ta bo’lsa, har bira kostyumga 4 m dan material ketsa jami necha m material ketgan? (8*4=32 m)
7. Masala svoliga javob berdikmi (ha)
Psixologiya kursidan ma’lumki tafakkurni rivojlanishi shaxsning ijodiy faolligi orqali aniqlanadi. Chunonchi, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o’qituvchiga o’quvchilarning mumkin bo’lgan aqliy qobiliyatlarini xotirasidan foydalanish imkonini beradi. Bundan masalarning yana bitta, favqulodda muhim funksiyasi kelib chiqadi. Masalarni yechishda predmmetga bo’lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishik rivojlanadi. Masalalar oquvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o’z shahrining, qishlog’ining hayoti bilan, kishilarning ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligidagi mehnatari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mehnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mehnat unumdorligini orttirish yurtimiz fuqolarini farovonligini oshirish, hukumatimizning bolalar haqida, ularning o’qishlari va dam olishlari borasidagi g’amxo’rligi kabi materiallarda tushuntiradi. Masalalar ustida ishlar ekan sistemali ravishda va rejali asosda o’quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o’ylab ko’rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan, masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi.
Masalalar yechish matematika o’qitishning tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan turib matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Matematikada masalalar yechilish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutloqo tabiiy yo’lidir. Matematika masalalar yechishning u yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim ro’lini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi: «Natural sonlar arifmetikasi va nolni o’rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so’z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo’llanilishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan bog’lanadi». Masala deb, tom ma’noda shunday savolga aytiladiki, uni yechish uchun berilgan sonlar va berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi so’zlar bilan ifodalangan bog’lanishga ko’ra izlangan sonini topishga aytiladi.( 5,6,7). 7 Bunday masalalar turmushda va har qanday kasbda uchraydi. Hisob kitobga doir masalalarda amallar tanlash masalasi qiyin bo’lmaydi. Hisob kitobga doir masalalarning ikki xil ahamiyati bor, birinchidan bunday masalalarni yechish arifmetik amallarni bajarish malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Ikkinchidan o’quvchilar arifmetika bilimlarini turmush tajribasidan kelib chiqqan masalalarni hal qilishga tadbiq qilishni o’rganadi. Hisob kitob masalalaridan tashqari matematik mazmuni murakkabroq bo’lgan masalalar ham yechiladi. Bunday masalalarning ko’pchilik qismi metod bilan, ya’ni tenglamalar tuzish va yechish bilan hal qilinadi. Arifmetik yo’l bilan yechish esa ziyraklik mulohaza qila bilishni, ozmi ko’pmi tasavvur qila bilishni diqqat qilishni, qiyinchiliklarni yengishda matonatli bo’lishni talab qiladi. Masalalar yechish bilan quyidagi maqsadlarga erishiladi. (5). 1. O’quvchilar masalalar yechishar ekan, miqdorlar orasidagi bog’lanishni tushunishni, ular orasidagi munosabatni topishni tegishli amalni tanlashni o’rganadilar. 2. Masalalar shartlarida turmushdagi olingan materialdan foydalanish matematikani hozirgi zamon bilan bog’lashga mustaqil respublikamizning qurilish sohasidagi muvoffaqiyatlarimiz haqidagi o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirishga yordam beradi.
1. Masalalarda ko’pincha matematik tushunchalar, masalan, bo’lishning ikki turi ayirmali va karrali nisbatda orttirish va kamaytirish amallar qo’llanishning turli xil hollarni va hokazolar aniqlandi.
2. Masalalar yechishda u yoki bu amalning qo’llanishi matematik amallarni mustaxkamlaydi.
3. Atrofdagi turmushdan olingan masalalarni kishini maktabda olgan bilim asoslarini tushunishda ishlata biladigan qilib tarbiyalaydi.
4. Masalalar yechish matematika mashg’ulotlariga qiziqish va havas uyg’otishiga yordam beradi. 8 O’quvchilar sodda masalalar yechish bilan miqdor orasidagi bog’lanishni tushunishni va u yoki bu arifmetik amalni qo’llanishning turli hollarini ko’rsatib, sodda masalalar yechishni takrorlash foydalidir. qo’shish amali: 1. qo’shiluvchilar berilganda yig’indini topish. 2 berilgan sonni bir necha birlik orttirish kerak bo’lganda ishlatiladi. (8). Ayirishda ikki sonning berilgan yig’indisi va qo’shiluvchilarning biri bo’yicha ikkinchi qo’shiluvchi (qoldiq) topiladi. Shuning uchun ayirish bilan 1-qoldiqni topishga doir masalar 2-sonni bir necha birlik kamaytirishga doir masalar yechiladi, bu yerda izlangan qo’shiluvchi yig’indini topish uchun bir necha birlik (ayiriluvchi) qo’shiluvchi sondir. 3. Sonning ayirmasini topishga doir masalalar (ayirmasini taqqoslash) echiladi. Bu erda kamayuvchini topish uchun noma’lum qo’shiluvchi berilgan qo’shiluvchiga (ayiriluvchiga) qo’shilgan.(8,9,10) Butun songa ko’paytirish vositasi bilan quyidagicha masalalar yechiladi:
1.Teng qo’shiluvchilardan biri (ko’payuvchi) bo’yicha yig’indi (ko’paytma) topiladi.
2.Berilgan son (ko’payuvchi) ko’paytuvchida nechta birlik bo’lsa, shuncha marta orttiriladi. Ikki ko’paytuvchining ko’paytmasi
(bo’linuvchi) va ko’paytuvchilardan biri bo’yicha bo’lish vositasi bilan ikkinchi ko’paytuvchi topiladi. Butun songa bo’lishda izlangan ko’paytuvchi ko’paytuvchi bo’lishi mumkin, u holda bo’linuvchi butun son, bo’luvchi-butun son bo’linadigan teng bo’laklar soni, bo’linma teng bo’laklardan birining miqdoridir. Masalalarda bo’lishni qo’llashning ikkinchi holi bo’luvchida nechta birlik bo’lsa, berilgan sonni shuncha marta kamaytirishdan iborat. Sodda masalalarni yechishda amal tanlash markaziy va shu bilan birga eng qiyin masaladir. O’quvchilar sodda masalani echishda masala shartining mazmunini o’zlashtirib olib, izlagan son bilan 9 berilgan son qanday bog’lanishda ekanligini bilib olishlari va bunday masalani yechish uchun amallar tanlab olishlari kerak. Murakkab masalalar yechish uni sodda masalalarga ajratish va uni shu sodda masalalarni yechishga keltiradi. Shuning uchun o’quvchilar sodda masalalar yechishni o’zlashtirib olganlaridan va etarli darajada hisoblash malakalari hosil qilganlaridan keyinginga murakkab masalalar yechishni boshlash mumkin. Ma’lumki, sodda masalani yechish berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi bog’lanishni topish va orifmetik amallar tanlashdan iboratdir. Murakkab masalalar echishga kirishishdan oldin o’qituvchi bir qator mashqlar o’tkazishi kerak. Bu mashqlar a) izlangan sonni aniqlash uchun savollar tuzish; b) qo’yilgan savolga javob berish uchun ma’lumotlar tanlash; v) masalaning savoliga javob topish uchun amallar ko’rsatishdan iboratdir. Murakkab masalaning echimini quyidagi qismlardan iborat. (18). 1. Masalaning mazmunini o’quvchilar tushunib olish. 2. Masalani tahlil qilish va reja tuzish. 3. Masalani echish va rasmiylashtirish. 4. Yechishni tekshirish. Masalaning mazmunini o’zlashtirish uchun o’quvchilar bilan quyidagi usulni tajriba qilib ko’rish mumkin. O’qituvchi masalaning nomerini aytadi va o’quvchilarga masalaning shartini ovoz chiqarmasdan o’qib chiqishni shartini tushunib olishni buyuradi. Bu usul o’quvchilarni metoddan mustaqil foydalanishga o’rgatadi. Agar o’quvchi masalaning shartini masalalar to’plamidan mustaqil o’qisa, masalani ichida ikki uch marta o’qib chiqishni so’ngra kitobni yopib qo’yib, masala shartini takrorlashni buyuradi. Bunda o’qituvchi masalaning son ma’lumotini emas, balki asosiy mazmunini esda tutishni tavsiya qiladi. O’quvchilar shartlarni o’qishga va uni ichlarida takrorlashga va diqqat e’tibor berishlari uchun o’qituvchi masalaning shartini kitobga qaramasdan takrorlash 10 kerakligi to’g’risida ularni ogohlantiradi. Masalaning shartini eslab qolish maqsadida uning tekstni o’qish o’quvchini
masalaning mazmunini chuqurroq tushunib olishga majbur qiladi. Bu esa o’z navbatida masalani to’g’ri yechishga yordam beradi.Boshlang’ich ta’limda bolalarga mo’ljallangan ixtiyoriy o’qitish o’yini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.
O’yin muhitining yaratish. Bu bosqichda o’yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, o’quvchi-bolalarning psixologik tayyogarligi ta’minlanadi.O’yin jarayoning tashkil etish. Bu bosqichda o’quvchi bolalarga o’yin-qonda va shartlari tushuntiriladi hamda ular orasida bajariladigan rollarni taqsimlash amalga oshiriladi.
O’yinni o’tkazish. Bunda o’yinni o’tkazish maqsadlariamalga oshiriladi.
Yakun yasash. Bu bosqichda qisman o’quvchi-bolalarning o’zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o’yinning borishi, natijalari va qo’yilgan maqsad to’la amalga oshgan yoki oshmaganligi tahlil qilinadi.Shuni ta’qidlash kerakki, o’qitish o’yinlarida faqat bir oddiy o’yin uslubidan foydalanilmaydi. O’yin jarayonida guruhiy, yakkama-yakka, murabbiy va o’quvchi-bolalarning birlamchi muhokamasi, sodda test o’tkazish (masalan, rasmlardan iborat bo’lgan testlar) va so’rov, rasmiy vaziyatlar yaratishlardan foydalanish mumkinO’qitish o’yinlarining uslubi va xususiyatidan kelib chiqqan xolda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
Imitatsion o’yinlar (aniq ishlab chiqarishga kasbga qiziqtirishga) yo’naltirilgan, elementlar ko’nikmalarni shakllantirishga mo’ljallangan o’qitishda foydalaniladi. Mazmunli-rolli o’yinlar (ularning asosida aniq vaziyat-hayoti, ishchanlik yoki boshqa sifatlar yotadi. Bunday holda, o’yinda har bir bola aniq rolni bajaradigan teatr qo’yishni eslatadi). Masalan, “O’yinchoqlar do’koni va xaridorlar”, “sabzavotlar bozori”
kabi o’yinlar o’tkazilishi mumkin. Bular intellektual faoliyat shaklidagi ijodiy o’yinlardir, shuning uchun, ayni holda o’quvchi-bolalarni tayyorlash va o’yin senariyasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega:
Innovatsion o’yinlar (ularning boshda o’yin turlaridan ajralib turadigan farqi harakatli tuzilishga ega ekanligi va o’yinlar bir necha o’qitish-rivojlantiruvchi “fazolarda” masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o’tkazishdir. Innovatsion o’yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan. Agar yuqorida misol keltirilgan o’yin turlari uslubi bilan farq qilgan bo’lsa, u holda oxirgilarini ajratish tamoni-aniq vaziyatni boshqarish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat bo’lgan maqsad o’yinining mo’ljallanishidir). Masalan komp’yuter dasturida amalga oshiriladigan sodda “Labirint” o’yini yoki o’n sonigacha chegarada bajariladigan maxsus “Hisobla!” o’yinlari innovatsion o’yinlarga misol sifatida olinishi mumkin.Tashkiliy- faoliyatli o’yinlar. Bularda etibor ko’proq o’yin vaziyatlarini tashhis qilish va muammoni yechish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtai nazaridan, bu yerda e’tibor ko’proq bolalarning muloqotiga va guruhiy ishlarining boshqa shakllariga qaratiladi.Ishchan o’yin (trening)lar. Eng samarali uslublardan biri ishchanlik o’yinidir. Uni modellashtirish jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi va qo’yiladi, o’yin maqsadi va uni yechish yo’llari izlanadi. Ishchanlik o’yinlari maktabgacha va boshlang’ich ta’lim muassasalarida, shuningdek, ta’limning boshqa turlarida ham qo’llanilishi mumkin. Bunday o’yinlarda “Men murabbiy,” “Men haydovchi,” “Men katta bo’lsam...” kabi o’yinlarda bolalarda ishchanlik o’yin elementlarini shakllantirish mumkin.Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror
harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, ”Teatr” o’yiniga qo’yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. “Doiraviy misollar” o’yinida esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Bolalarga o’yinni o’rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. o’yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. o’yin o’tkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.
Didaktik o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o’yinlar qoidalarini o’quvchilarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o’yinlarning bo’ tarzda tuzilish xususiyatlari o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Masalalarni yechish jarayonida o'quvchilar yangi matematik bilmlarini egallaydilar, amaliy faoliyatga tayyorlana boradilar. Masalalar ularning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek masala yechish o'quvchilarning shaxsiy tarbiyalarida ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchining matnli masala haqida, uning tuzilishi haqida chuqur tasavvurga ega bo'lishi, bunday masalalarni turli usullar bilan echa olishi muhimdir.
Matnli masala biror bir vaziyat (vaziyatlar) ning tabiiy tildagi ifodasi (tavsifi) bo'lib, unda bu vaziyatning biror-bir qismiga miqdoriy xarakteristika berish, uning qismlari orasidagi ba'zi munosabatlar bor-yo'qligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi.
Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat: shartlar va talabalar (savol).
1-masala. Ushbu «Lola 10 ta olma va 5 ta nok oldi, Dilshod esa 7 ta olma oldi. Bolalar nechta olma olishgan?
Yechish.Masalada nok haqidagi ortiqcha ma'lumot bor. Berilgan «5 ta nok» ortiqcha. Hayotda vujudga keladigan muammoli vaziyatlar asosida talabini bajarish uchun yetarlicha ma'lumotlar bo'lmagan masalalar uchrashi ham mumkin. Masalan, «Agar bo'yi enidan 3 m katta ekani ma'lum bo'lsa, to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonning bo'yi va enini toping». Masala yechish nima?Boshlang’ich sinfda sodda va murakkab masalalarni yechish malakasini tarkib toptirish bo’yicha birinchi va ikkinchi sinflarda boshlangan ish uchinchi sinfda davom ettiriladi. Uchinchi sinfda, eng oldin, dastur tomonidan birinchi va ikkinchi sinflar kurslariga kiritilgan sodda va murakkab masalalarni yechish ko’nikma va malakalari yanada mustaxkamlanadi. To’gri bunday masalalarni yechishda o’quvchilar bir xonali, ikki xonali, uch xonali sonlar bilangina emas, balki ko’p xonali sonlar bilan xam tegishli xisoblashlar bajarishadi.Bundan tashkari uchinchi sinf kursida bir qator yangi ko’rinishdagi sodda va murakkab masalalar berilgan. Xususan, bu kursda xarakatga doir sodda masalalar, to’g’ri to’rtburchakni bo’yini, enini va yuzini xisoblashga doir masalalar , u eki bu voqeani boshlanish vaqtini xisoblashga doir masalalar berilgan. Murakkab masalalar orasidan xarakatga doir, proporsional bo’lishga doir, noma’lumni ikki ayirma bo’yicha topishga doir tipik masalalarni ajratish kerak.Uchinchi sinfda o’quvchilarning masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechish usulini egallashlariga doir asosiy ish amalga oshiriladi.Xususan uchinchi sinfda 11 no’malumni topishga doir sodda masalalarni yechish ko’nikmasi mustaxkamlanadi. Shu bilan birga bolalar ayirma yoki munosabat tushunchalari bilan bog’lik bo’lgan sodda masalalarni va xar xil murakkab masalalarni algebraik yechish usuli bilan birinchi marta uchrashadilar. Matnli masalalar echish u eki bu tushunchani,munosabatni, xisoblash malakalarini tarkib toptirishdan tashqari, o’quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishga, ba’zi miqdorlar va ular orasidagi bog’lanishlarni chuqurroq tushuntirshga imkon beradi. O’quvchilarning masalani taxlil qilishning umumiy metodini qay darajada egallab olganliklarini va masala echimini mustaqil topishda ularga erdam beradigan vositalarni qanday qo’llana olishlari masalalar yechish malakasini xosil qilishda muxim rol o’ynaydi.Masalaning mazmunini o’zlartirish masalaning qisqa yozuvini bajarish, echish rejasini tuzish, echimni tegishli yozma yoki og’zaki tushuntirishlar bilan yozish, yechimning to’griligini tekshirishdan iborat. Masala ustida ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi.O’quvchilar masalani o’qib chiqib, unda aks ettirilgan xayotiy vaziyatni aniq tasavvur qila olishlari kerak.Uchinchi sinf o’quvchilari buni mustaqil bajara oladigan bo’lishlari kerak. Masalani qisqa yozish malakasini tarkib toptirilishiga birinchi sinfdan boshlaboq katta e’tibor beriladi. Shu bilan birga, birinchi sinfda masalaning qisqa yozuvi, asosan,o’qituvchi raxbarligida amalga oshirilgan bo’lsa ikkinchi va uchinchi sinflarda bolalarni masalaning qisqa yozuvini mustaqil bajarishga tayyorlash vazifasi qo’yiladi.Shuni eslatib o’tamizki,masalaning sharti qiyin bo’lganda, berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tushunib olish qiyin bo’lganda yangi xil masalalarni echishda qisqa yozuv maqsadga muvofiqdir. 12 Bir qator masalalarni rasm va chizmalar bilan tasvirlash katta yordam beradi. Shuni eslatib
o’tamizki, masalalarga chizma yoki rasm yasash uchun biror umumiy ko’rsatma berib bo’lmaydi.Ko’pincha,bir masalaning o’ziga doir grafik tasvirlarni xar xil usul bilan berish mumkin.Shu sababli o’qituvchining vazifasi bu ishga doim raxbarlik qilishdan,grafik model yasashning eng ratsional formalarini tanlashda o’quvchilarga yordam berishdan iborat.
Har bir masalani yechishda keltirilgan rejaga qat’iy amal qilish umuman shart emasligini nazarda tutish kerak. Agar masalan tanish ko’rinishdagi masala berilsa va o’quvchi uni birinchi marta o’qishdan keyinroq yechi yo’linitasavvur qila olsa, rejaning hammasini qat’iy bajarish ortiqcha vaqt sarflashga sabab bo’lar edi.Bunday holda o’quvchi masalani tez yechadi va yechimini tekshiradi.Bitta masalani o’zini bazi o’quvchilar birdaniga yechishlari mumkin, boshqa o’quvchilar qisqacha yozish bilan yechishlari mumkin va hokozo.Agar o’qituvchi masalan ,bolalar qisqacha yozishni qanchalik bilishlarini aniqlashni xohlasa, o’quvchilarning hammasidan qisqacha yozishni bajarishlarini yoki masalaga oid chizma chizishni talab qilishi mumkin. Bolalarga eslatma sifatida qanday ishlash mumkinligini tanishtirishni bunday amalga oshirish mumkin: - Bugun siz masala ustida boshqacha ishlashni o’rganasiz.Qo’lingizdagi ko’rgazmalarda yozilgan topshiriqlardan foydalanib masalalar yechamiz.Agar siz ko’rgazmalardan foydalanishni bilib olsangiz masalani mustaqil yecha olasiz. Masalan, “ Bochkada 40 chelak suv bore di. Gullarni sug’orish uchun ertalab 12 chelak, kechqurun 15 chelak suv olindi. Bochkada necha chelak suv qoldi. ” -Qumri, birinchi topshiriqni o’qing. (O’quvchi eslatmadagi birinchi topshiriqni o’qiydi.) -Topshiriqni bajaring. ( Hamma masalani ichida o’qiydi.) -Po’lat ikkinchi topshiriqni bajaring (O’qiydi) Bor edi-4 10 chelak Olindi-12 va 15 chelak Qoldi-? Masala. Ustaxonada ko’ylaklar va ko’ylaklar qancha bo’lsa, shuncha kostyum tikiladi, har bir ko’ylakka 3
m, har bir kostyumga 4 m, material ketdi. Agar hamma ko’ylaklar uchun 24 m, material ketgan bo’lsa, hamma kostyum uchun qancha material ketgan? Masalaning qisqa yozuvi ushbu ko’rinishga ega. 15 Bitta kiyim uchun sarf normasi Kiyimlar soni Umumiy material sarfi Ko’ylak Kostyum 3 m 4 m Bir xil 24 m ? Bu masalani yechish muammoli savollar tuzish usuli bilan olib boriladi. O’tkazilgan eksperiment va kuzatishlar natijasida ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilim faoliyatlarini aktivlashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish umumiy qonuniyatlar ishlab chiqiladi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat: 1.O’rganilayotgan mavzu materiallari yuzasidan muammoli savollar sistemasi tuzish. 2.Qo’yilgan muammoli savollar sistemasi asosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materialini o’rganish va uning tub mohiyatini ochib berish. 3. Muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi o’quv vazifalarini qo’yish. Yuqoridagi bosqichlar asosida o’quv materiali tushuntirilganda o’quvchilar o’zlari darrov tushunib etmaydigan akt va tushunchalarga duch keladilar. Natijada o’rganilayotgan mavzu materiali bilan o’quvchilar orasidagi muammoli vaziyat hosil bo’ladi. (20). Ta’rif o’rganilayotgan ob’ekt (bilimga doir nazariy material yoki misol va masalalar) bilan o’rganuvchi sub’ekt (o’quvchi) orasidagi o’zaro harakatlarning o’zaro harakatlarning o’ziga xos bo’lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi. Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchilarning aktiv fikrlash o’quvchilarning aktiv fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik xususiyatlarini 16 hisobga olish asosida o’quv jarayonini olish jarayonini qayta ko’rish muammoli ta’limning asosiy g’oyasini belgilab beradi. Muammoli ta’lim metodi (plassik muammoli metod) ta’lim metodlari mazmuni va bundagi o’qish muammolariga
bog’liq quyidagi 4 muhim farazlar mavjud. (7). 1.Muammoli xolat (vaziyat, situatsiya) hosil qilish. 2.Muammolarni shakllantirish va ular echish taxmin (faraz) qilish. 3.Taxmin qilgan yechimni tekshirish. 4.Amaliy va nazariy xarakterdagi boshqa masalalarda topilgan natijalarni qo’llash, ularni tartibga solish va sistemalashtirish. O’quvchi muammoni yechar ekan o’zi uchun juda muhim bo’lgan «kashfiyot» qiladi. Bu o’quvchida o’z kuchiga ishonch yaratadi. Bu metodning xarakterli belgisi shuki, o’qitishning o’qitish oldidagi ustunligini ko’rsatadi. O’quvchining mustaqil fikrlay olishiga jiddiy e’tibor beriladi. O’quvchining ijodiy fikrlashi rivojlantiriladi. (4). Muammoli ta’lim metodining shakllaridan biri ijodiy metoddir. Ijodiy metodlar deb o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni turli xolatlarda tadbiq eta olish, masala yechishning turli yo’llarini izlash (o’qituvchi ko’rsatmagan, aytmagan) metodlarga aytiladi. Bu metodlar muammoli metod sinfiga kiradi. Muammoli ta’lim metodining boshqa shakllari ko’p bo’lib g’oyalar xazinali (balli) yoki aqliy xujum deb ataluvchi metodlar haqida qisqacha ma’lumot: bu metodning mohiyati shuki, bir masalani bir guruh o’quvchilar yechmoqda deylik. Masalani yechish haqida guruhda turlicha g’oya (fikr, takliflar) aytiladi. Qanchalik g’oyalar ko’p bo’lsa shunchalik yaxshi bo’lib, masalaning to’g’ri yechimini topish g’oyasini shakllantirishga yordam beradi. Masalani echish haqidagi g’oyalar turlicha bo’lib, kutilmagan g’oyalar bo’lsa, guruhda o’quvchilar orasida musobaqalashish va erkin fikr yuritish muhiti paydo bo’ladi. Masalani yechish haqidagi barcha g’oyalar aytib bo’lingandagina guruh va takliflarni baholaydi. Bu metodda barcha takliflar aytilgandan so’ng masalani 17 echish muhokama qilinadi. Shuning uchun bu metodni bilimni kechikib baxolash metodi ham deyiladi. Odatdagi an’anaviy usulda masala echilsa, faqat izlanayotgan taklifdagi masala echimini muhokama qilib qolgan
g’oyalarga o’rin qolmaydi. Yosh g’oyani oshkora aytishga xalaqit beradi, yoki imkoniyat bermaydi (g’oyalarni tormozlaydi). Bu metod quyidagi usullardan iborat: 1.Muammoli vaziyat hosil qilish. 2.G’oyalar (takliflar) ni shakllantirish. 3.Eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va tanlashdan iborat. Hayotiy tajribalar ko’rsatadiki, matematika beqiyos rivojlanib bormoqda. Matematika haqidagi bilim to’plami kengayib bormoqda. Matematika fanining eng zamonaviy yutuqlarini ta’limga olib kirish kerak. Ma’lum qismini eng katta yoshdagi o’quvchilarga xuddi shuningdek ma’lum qismini kollej, litsey, maktabga o’qishga yetkazish lozim. Tabiiyki, bunda matematikaning mazmuni ham fan texnikani rivojlanishga hamda davr talabiga mos o’zgarib turadi. Ma’lumki, matematika fanining turli yoshdapgi bolalarga o’rgatish uchun uning metodikasini o’rganishi kerak bo’ladi. Bu o’ziga xos ma’lumotlari bo’lgan jarayondir. Komplekt ishlarini amalga oshirishi lozim. Ma’lumki, matematika ta’limi juda murakkab jarayon hisoblanadi, chunki matematika fani o’zining xususiyatlari bilan tabiiy yoki ijtimoiy fanlardan farq qiladi. Matematika fanining o’qitilishi murakkabligi (dars berayotgan o’qituvchi qurollaridan) tashqari matematikaning boshqa fanlarga tabiiy ahamiyati bilan ham baholanadi. Matematika o’qitish jarayonining o’ziga xos qonuniyatlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |