Zamonaviy obyektga yo`naltirilgan va vizual dasturlash tillari. So`ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta`minoti rivojlanishi asosiy yo`nalishlaridan biri bu obyektga yo`naltirilgan dasturlash sohasi bo`ldi. Obektga yo`naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga yo`naltirilgan dasturlash (OYD) tizimlari ham ammviylashdi.
Birinchi OYD elementi Simula-67 (1967 y., Norvegiya) tili bo`ldi. Turbo PASCAL da 5,5 versiyasidan boshlab OYD vositalari paydo bo`ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni yakuni sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo`ldi. Ushbu sistema yordamida tez va oson murakkab bo`lgan grafik interfeysni dasturlash imkoniyati mavjud. 1991 yilda Visual BASIC ning I versiyasidan boshlab bu til to`laligicha obyektga yo`naltirildi (1997 yil).
1985 yilda Bell Labs (AQSH) layuoratoriyasi S++ dasturlash tili yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til OYD tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi Born Straustrupdir.
OYD tillaridan yana biri 1995 yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. Uni ishlab chiqishda maxsus o`rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad qilingan.
JAVA tili maksimal darajada S++ tiliga o`xshash bo`lishi uchun yaratilgan yaratilgan JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So`ngi yillarda Microsoft kompaniyasi tomonidan C++davomchisi sifatida S# (Ci sharp) tili yaratildi.