Reja: Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushuncha



Yüklə 31,01 Kb.
səhifə7/10
tarix23.05.2023
ölçüsü31,01 Kb.
#120435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat va jamiyat qurilishi tizimin

Ikkinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi:
  • rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligi va rolini oshirish;


  • maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimini joriy qilish;


  • xalqaro amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan, shu jumladan, sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing kabi ishni tashkil etishning zamonaviy uslublaridan foydalanish;


  • rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishda jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.




  • Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda quyidagilar rejalashtirilmoqda:
  • xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish;


  • iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;


  • ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;


  • ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.




  • To‘rtinchi yo‘nalishda, jumladan, quyidagilar orqali vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan:
  • davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;


  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning roli va javobgarligini oshirish;


  • hududiy organlarning rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.





  • Yüklə 31,01 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin