Reja: diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni



Yüklə 24,93 Kb.
səhifə2/4
tarix16.05.2022
ölçüsü24,93 Kb.
#58122
1   2   3   4
Mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’ri kenglik-fayllar.org

Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.

Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.



Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.

Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir. Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan. Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi,mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi,an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi.Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi. Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin. Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi. Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin. Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”.


Yüklə 24,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin