Reja: Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv fiziologik asoslari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/2
tarix10.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#128130
1   2
Diqqat haqida tushuncha 2

Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashkdri hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorkin rangli narsalar, o’zining tashki ko’rinishi jixatidan odatdagi narsalardan keskin farq kiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattik, tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, xikoya o’qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning kattik; va baxaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb kiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qatiy bir maksad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va xodisalarga qaratnshimizga aytiladi.
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni uqish, o’yin va mexnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf kilishlikni talab etadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo`lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan maqsadlar bilan bog`liq bo`ladi va ongli qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o`xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli bo`lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.
Diqqat xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda karatib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi.
Ma`lum bo`lishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi ro`y bermagan. Demak, o`quvchilar butun dars davomida to`xtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, o`quvchilar bunday uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda o`quvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bo`lsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi turiga o`tkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qo`shilib va o`zaro bir-biri bilan chirmashib, ob`ekt bilan mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bo`linishi psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida ikkita yoki undan ham ko`p ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan ham bo`linishi mumkinmi? O`tgan asrning oxirida o`tkazilgan ayrim tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ayni biror vaqtning o`zida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror she`rni o`qish va shu bilan bir vaqtda qog`ozga katta bo`lmagan sonlarni qo`yish mumkin.
Diqqatni jamlash
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil bo`ladi. Bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari bir - birini kuchaytiradi.
Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda ko`pincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qo`yadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yo`li bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi uo`zilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning ko`lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob`ekt ustida to`xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi.
Bu davrda bola dastavval tashqi qo`zg`atuvchilardan, ularning keskin o`zgartirishlaridan ta`sirlanadi. Masalan: To`satdan paydo bo`ladigan qattiq ovozlardan harakatning o`zgarishidan va boshqa narsalardan ta`sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to`lgandan so`ng yoki ikki yoshga qadam qo`ygan davrda paydo bo`la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o`rgatadilar. Bolalar o`z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o`zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to`g`ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go`daklik shakli bo`lsa ham onglilik namoyon bo`ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma`lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o`rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog`cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o`yin katta ahamiyatga egadir. Bog`cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo`ladi. Mashq qilish usuli bilan o`z diqqatini to`plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi.
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin