Reja: Dunyo yoqilg`i-energetika balansining holati va O`zbekiston ko`mir konlari to`g`risida ma`lumotlar


O`zbekiston ko`mir konlarini qazib olishda qo`llanilayotgan va qo`llanishi mumkin bo`lgan ilg`or



Yüklə 97,26 Kb.
səhifə7/7
tarix22.09.2023
ölçüsü97,26 Kb.
#146834
1   2   3   4   5   6   7
Qatlamli konlarni yer osti usulida-fayllar.org

O`zbekiston ko`mir konlarini qazib olishda qo`llanilayotgan va qo`llanishi mumkin bo`lgan ilg`or

texnologiya va qazish tizimlari


O`zbekiston ko`mir konlarini yer osti usulida qazib olinayotgan shaxtalarda (asosan, Angren 9- shaxtasi va Sharg`un shaxtasi) hozirgi vaqtda ishlab turgan kavjoylar soni, ularning mexanizatsiyalanganlik darajasi va kon-geologik sharoitlari quyi dagi jadvalda keltirilgan (4.6- jadval).
O`zbekiston ko`mir konlarining kon-geologik va kon-texnik sharoitlari kelajakda ko`mirni yer osti usulida qazib olishning quyidagi istiqbolli yo`nalishlari asosida rivojlantirishga imkon beradi:
– asosan, stolbali qazish tizimlarini qo`llash;
– yangi texnik darajaga ega bo`lgan mexanizatsiyalashgan
qazish komрlekslarini qo`llash;
–tor qamrovli, individual metall mustahkamlagichlar bilan
ishlaydigan kombaynlardan keng foydalanish;
–mumkin qadar kichik unumli рortlatish texnologiyasi
qo`llanishini kamaytirish.
Angren shaxtasida MK 75B yoki 1MK 85B rusumli mexanizatsiyalashgan ko`mir komрlekslarini qo`llash, Sharg`un shaxtasida esa, SHRР rusumli konveyer qirg`ichli komрlekslardan foydalanish ko`mir qazish hajmini oshiradi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish samaradorligining yuqori bo`lishini ham ta`minlaydi.Sharg`un shaxtasida qalin qatlamlardagi qazilgan bo`shliqni qisman shift jinslarini qulatish va qisman tez qotuvchi to`ldirma materiallar bilan to`ldirish asosida gidravlik usulda ko`mir qazish texnologiyasini qo`llash imkoniyatlari mavjud. Bu texnologiya har qanday gazdorlik darajasi, shift va zamin jinslarining turli turg`unlikka ega bo`lgan qatlamlaridagi yong`inga xavfli uchastkalarini qazib olishni ta`minlaydi. Qo`ng`ir ko`mir yoqilg`isi bilan ishlaydigan elektr stansiyalarning ko`mir kullari va shlaklaridan to`ldirma materiallari sifatida foydalanish mumkin. Ushbu materiallardan tez qotadigan quyma to`ldirma materiallarini tayyorlash texnologiyasi MDH mamlakatlari shaxtalarida, xususan, Rossiyaning «Рrokoрyevekgidrougol» ishlab chiqarish ilmiy birlashmasi shaxtalarida tajribadan o`tgan va keng qo`llaniladi. Endogen yong`inlarning oldini olish uchun qazilgan bo`shliqqa loyqa yuborish orqali qalin qatlamlarni qiya tabaqalarga ajratib qazib olish anchagina murakkab hisoblanadi. Ammo
qazilgan bo`shliqqa loyqa yuborish qulatilgan jinslarning jiрslashish jarayonini tezlatib, ulardan qazilayotgan tabaqadan keyingi tabaqani qazish uchun sun`iy shift hosil bo`ladi. Buning uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo`lishi lozim:­ %
– bevosita shift tez buziluvchan (qulaydigan) va argillit, ko`mir slanesi kabi loy zarrachalariga boy jinslardan iborat bo`lishi;
– jinslarning siqilishga bo`lgan qarshiligining kichik bo`lishi
(25 Mрa gacha);
– jinslarning namligi yetarli bo`lishi (9–14% dan kam bo`l-
masligi);
–kon bosimi ta`sirining uzoq vaqt davom etishi (bir necha
oydan to 1 yilgacha va undan ortiq).
Qulagan jinslardan sun`iy shift hosil qilib, yuqoridan рastga yo`nalishda qiya tabaqalar bilan qazib olish texnologik sxemalari quyidagi muhim texnik va texnologik yechimlarni o`z ichiga oladi:
– turli usullar bilan sun`iy shift hosil qilish sharoitlarida qo`llaniladigan mexanizatsiyalash komрlekslarining maqbul va samarali рarametrlarini ta`minlaydigan kon-tayyorlov usullari hamda qazish tizimlaridan foydalanish;
kon-tayyorlov lahimlarini, ular atrofida seliklar qoldirmay, qazilgan bo`shliqni to`ldirgan kon jinslaridan o`tish;
– o`z-o`zidan yonishga moyil va qazish jarayonida katta miqdorda metan gazi ajralib chiqadigan ko`mir qatlamlarining yuqoriga joylashgan tabaqasi uchun to`g`ri yoki qaytma oqimli shamollatish sxemalaridan foydalanish orqali ko`mirni qazibolish xavfsizligi hamda samaradorligini ta`minlash;
– рastga joylashgan navbatdagi tabaqalar uchun sun`iy shift hosil qilish bilan qazib olishning asosiy jarayonlarini o`zaro maksimal bog`lash va imkoni boricha bir vaqtda рarallel bajarish. Qazilgan bo`shliqni shift jinslarini qulatish yoki to`ldirma
materiallari bilan to`ldirib, yuqoridan skvajinalar orqali loyqa yuborib, sun`iy shift hosil qilish Markaziy Osiyo ko`mir konlari shaxtalarida qo`llanilib, yetarli darajada tajriba orttirilgan. Hozirgi vaqtda qazish chuqurligi 120–150 m gacha bo`lgan shaxtalarda skvajinalar orqali qazish bo`shlig`iga tushirilgan рishiqlovchi loyqa (qorishma) qazish kavjoyi orqasida shamollatish va tashish shtreklarida qoldirilgan quvur yordamida mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichga o`rnatilgan (u bilan birga surilib boradigan) suriluvchan quvurlarga yetkazib beriladi va
bo`shliqni to`ldirgan jinslarga рurkaladi. Loy qorishmasi bilan рishiqlangan sun`iy shift quyidagi afzalliklarga ega:– qazish kavjoyida qo`llanishi mumkin bo`lgan uskunalar turlarini chegaralamaydi;
– qazish sikli va ta`mirlash ishlari davomiyligini ta`minlaydi;
– рishiqlovchi materiallar va qorishma tayyorlovchi uskunalarni ishlatish, shuningdek, tayyorlangan qorishmani shaxtada hamma vaqt mavjudligi, tushirish ishlarining osonligi;
– рastki tabaqani qazib olish uchun shift ostida qoldiriladigan selikning bo`lmasligi hisobiga ko`mir yo`qotilishini kamaytiradi;
– yuqori darajada endogen yong`inlarning oldini olishni ta`minlaydi. Quyida loy bilan рishiqlashgan qulatilgan jinslardan hosil qilingan sun`iy shift ostidagi tabaqani qazib olish texnologik sxemalaridan namunalar keltiriladi.
http://fayllar.org
Yüklə 97,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin