Reja: Elektr toki va uning paydo bo’lishi



Yüklə 277,24 Kb.
səhifə11/19
tarix31.12.2021
ölçüsü277,24 Kb.
#50066
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
fizika

Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. 54-rasmda tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi. Ketma-ket ulashni o’rganamiz.
1. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi. Asboblar ketma-ket ul- angan zanjirning istalgan nuqtasida tok kuchi bir xil bo’Iadi. Agar shunday bo’lmaganda edi, elektr zaryadlar biror joyda to’planib qolardi. Bu suvquvur tarmog’idagiga o’xshaydi: bir joydan qancha suv oqib o’tsa. boshqa joydan ham shuncha suv oqib o’tishi kerak.



Zanjirning hamma nuqtalarida tok kuchi bir xil bo’lishiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Ketma-ket ulangan zanjirning turli joylariga ampermetrlar ulaymiz. Bu 55-rasmda uchta ampermetr yordamida ko’rsatilgan. Bu ampermetrlar bir xil tok kuchini ko’rsatadi.
Shunday qilib,

I1 = I2 = I3 = … In .   (1-formula)




Yüklə 277,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin