Reja: Er-xotin majburiyatlarining vujudga kelish asoslari



Yüklə 1,05 Mb.
tarix25.09.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#148173
Adaptatsiya va oilada Er -Xotin birligi


Oila munosabat psixalogiyasi
Mustaqil ishi
Mavzu: Adaptatsiya va oilada Er -Xotin birligi
Bajardi Usmanova A A
Tekshirdi Mardieva F

Reja:

Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi


Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni
tuzganlar er-xotin hisoblanadilar va ular o‘rtasida
huquq va majburiyatlari vujudga keladi.

Endi ular o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalarigina bilan emas, balki qonunlar va huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi.

Ayollar siyosiy jihatdan erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda ular bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar.

Er va xotinning familiya tanlash huquqi


Nikoh asosida ikki xil — shaxsiy va mulkiy munosabatlar kelib chiqadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarni hal etish, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.

Nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda uning xohishiga binoan unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.

Er-xotinning bolalar tarbiyasidagi ishtiroki va turmush masalalarini hal qilishi


Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z
ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish,
ular bilan birga yashash huquqiga ega.

Ota-ona bolalar tarbiyasiga bir xilda mas’uldirlar. Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanish, manfaat ko‘rish, har taraflama kamol topish, insoniy qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.

Ota-onasi nikohining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.

Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili hisoblanadi, chunki ular o‘z huquqi va majburiyatlarini mustaqil himoya qila olmaydilar.

Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganida va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanishi huquqiy vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.

Ota-ona nafaqat teng huquqlidir, balki bolalarni moddiy jihatdan ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqiy sog‘lom qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida ham bir xil majburiyatga egadirlar.

Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolani moddiy juhatdan ta’minlash uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (yoki ularning biridan) aliment undirish haqida qaror qabul qiladi.

Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi) mumkin.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin