Reja: Etiket tushunchasi va uning qoidalari



Yüklə 331,7 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü331,7 Kb.
#97660
Reja Etiket tushunchasi va uning qoidalari



53-mavzu:Zamonaviy rahbarga xos diplomatik etiket madaniyati.
Reja:
1.Etiket tushunchasi va uning qoidalari.

2.zamonaviy rahbar brendi qanday bo'lishi kerak.


Etiketni bir joyda qotib qolgan deb tushunish kerak emas: etiket madaniyati


jamiyat bilan birga rivojlanib boradi. Hozirgi zamon jamiyatida etiket ijtimoiy


xayotning borishi va demokratik jarayonlarni aks ettiradi, yanada erkin va tabiiy


bo'lib boradi. Hozirgi vaqtda etiket barcha insonlarga nisbatan e‘tiborli va


hamjihat bolish ma‘nosiga ega bolib bormoqda.


Etiketning oltin qoidasi:

1. Har doim yaxshi narsalarga qarab intilish kerak, bu birinchi qoida.


YAxshilik deganda, yaxshi xizmat, jamoat va rahbar tasarrufida siz haqingizda


yaxshi fikr qoldirish kerak


2. Sadoqat bilan xizmat qilish. Har sohaning mas‘uliyati bor, unga amal qilish


zarur.
3. Kasbdoshlar orasida o‘zaro hurmat va ishonch qozonish, bir-biriga do‘stona


va yaxshi muomalada bo‘lish. Jamoani va o‘z-o‘zini hurmat qilish har bir


mutaxassis uchun kerak.


4. Kasbdoshlaringiz bilan do‘stona munosabatda bo‘lishingiz kerak.


5. Haqqoniy, adolatli bo‘lish – har bir insonning ma‘naviy aspekti. Bu


xususiyatni ish jarayonida har bir insonda ijobiy jihatlarini namoyon o‘lishida


kuzatish mumkin.


6. Bilimli, hissiyotli, xulq atvorli bo‘lish va boshqalarga namuna bo‘lish ish


jarayonining eng yaxshi xislatlaridan biridir.


7. Har bir inson odob-axloqli va namunali xulqli bo‘lishi, etiket qoidalariga


amal qilishi doimo kerak.


8. Har doim har bir inson sahiy, ko‘ngli toza, shaxsiy hayotda xushxulqli


bag‘rikeng bo‘lishi talab qilinadi.


9. Har qanday axborotni (sirni) har bir inson saqlay bilishi, shundagina jamoa


oldida hurmat qozonishi va kareraga ega bo‘lishi va jamoat oldida katta hurmat


qozonishi lozim.


10. Barchaga siz yaxshi xulk-atvoringiz va kasbiy mahoratingiz bilan


namuna bo‘lishingiz zarur.


Etika va etiket falsafa fani bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, ular bir xil

masala, ya‘ni axloq bilan shug‘ullanadi. Agar falsafa axloqning kelib chiqish


tarixini va uning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgansa, etika va etiket esa uning


amaliy tomonlarini o‘rganadi. SHunday qilib, falsafa axloqning nazariy masalalari


bilan shug‘ullanadi, etika va etiket esa jamiyatda qo‘llaniladigan axloqiy qoida va


me‘yorlarni o‘rganadi.


Psixologiya va etika va etiket fanlari o‘rtasida ham ma‘lum bog‘liqliq


mavjud. Agar ruhshunoslik fanining mehnat psixologiyasi bo‘limi mehnat turiga


xos xossalarning odamga ruhiy ta‘sirini o‘rgansa, etika va etiket fani esa turli kasb


egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini o‘rganadi.


Etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya qismiga


aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‘liqligi, ayniqsa


oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma‘lumki, jamiyat a‘zolarining tabiat qonunlariga


rioya qilmasligi va undan yovuzlarcha foydalanishlari natijasida oxirgi yillarda


ekologik fojiali holatlar vujudga kelmoqda. Ulardan biri dunyoda o‘rtacha yillik


haroratning oshib borishi va uning natijasida muzliklarning erishi, yoki ba‘zi bir


mintaqalarda, masalan Orol dengizi ko‘rfazida kurg‘oqchilikning yuzaga kelishi va


boshqalar. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fojialarning oldini olish va tabiatdan


oqilona foydalanish uning qoida va me‘yorlarini amalga zudlik bilan tadbiq


etishni talab qilinadi. Ma‘lumki, amaliy me‘yor va qoidalarni ishlab chiqish etika


va etiket fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi.


Madaniyatshunoslik va etika fanlarining o‘rtasida ham o‘zviy bog‘lik

mavjud, chunki etika fani odamlarga va kasb guruhlariga axloqiy qonun va


qoidalarni o‘rgatish orqali ularning va jamiyatning umumiy madaniyatini


oshirishga yordam beradi.


Etika fani maxsus fanlar, chunonchi «Sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni


tashqil etish» fani bilan ham bevosita aloqador. Uning boisi shundan iboratki,


sayyohlarga va aholigi xazmat ko‘rsatishda ovqatlanish korxonalari xodimlari


etika qoidalariga qat‘iy rioya qilishlari shart. SHundagina mehmonlar kayfiyati


buzilmaydi va iste‘mol qilingan taom yaxshi hazm bo‘ladi.


Etiket axloqiy madaniyatning yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar

ko‘rinishlaridan biri sifatida ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro


munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishi boshqaradi.


Aslida etiket tushunchasining kelib chiqishi eramizdan avvalgi 2,5 - 3 ming


yillikda Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket atamasi esa XVII asrning oxirida


vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta‘b, rasm-rusm hamda odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq, qabilalarda mavjud bo‘lganligini


asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki


qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat


axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarni


ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a‘zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. SHu


tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning


ijtimoiy muammollariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. YA‘ni bu qoidalar tabiiy


jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila


yoki jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi.


Keyinchalik esa bu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy


me‘yorlar darajasida ko‘rila boshlandi. Qadimgi SHarqda, jumladan, Somir


alqovlarida inson hatti harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarida –


giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Kadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar


majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday


qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik


Xudoning qahri bilan qaytarilishi ta‘kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy


yodgorligi ―Edda eposida nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki hatto


mezbon sharafiga tilak aytish me‘yorlarini o‘zida mujassam etganini asoslaydi.


Bu kabi xatti-harakatlar me‘yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini


belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni


farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga


kelishiga sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga o‘zaro davlatlarning tashqi


munosabatlarini ham belgilar edi.


Profesional etika beshta tamoyilga asoslanadi:


1. YAxlitlilik Siz barcha sohaning ishchan munosabatlarida sodiqlik va


to‘g‘rilik xususiyatiga ega bo‘lishingiz kerak


2. Ob‘ektivlik Ish jarayonida boshqalarga kasbiy va xizmat yuzasidan ob‘ektiv


bo‘lish, hamkasblaringizning ishiga tahdidlar bo‘lishi kerak emas.


3. Kasbiy kompetentlik va ish haqida qayg‘urish.


4. Konfedetsiallik, ya‘ni o‘z kasbiy sohangizdagi ma‘lumotlardan o‘z

manfaatlaringiz uchun foydalanish tavsiya etilmaydi.


5. Kasbiy xul-atvor. Har qanday sohada o‘z kasbingizga sodiq bo‘lish darkor.


Etiketning qoidalari – odobga, odob – hushxulqqa, xushhulq - axloqiylikka


olab boradi. Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba‘zan umumbashariy ahamiyatga


ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi,


insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma‘naviy hodisa sifatida nafaqat shaxsni,


balki butun bir jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois


etiketni bugungi kunga kelib texnika asri kishisining zamon talablariga javob


beradigan madaniy maishiy turmush tarzini go‘zallashtirishga, o‘zaro


munosabatlar tizimini madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‘i


deyish mumkin.


Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 yilda qadimgi Misr fir‘avni hamda


xett qiroli Xattush III bilan kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‘la oladi.


Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, qirol uchun Misr kabi davlat


bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. SHu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik


etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‘ldi,


desaq adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar


qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero, bunday qabullar juda katta


dabdaba va va haddan ziyod qoidalar va rusmlar bilan amalga oshirilar edi.


Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi.


Qadimgi YUnonistonda esa elchilar maxsus ―Germes nishonlari deb


nomlangan vaqillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro


etiketning bilimdonlari sifatida, ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun-


qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi


Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar


qabulining avvali ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifni tugallanishida esa


ikki tomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan.


Etiketga keladigan bo‘lsak odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun

hisoblangan. Zero, odob rasm-rusmlar – asosan tashqi ta‘sirga emas, balki ichki


jihatlarga – insoniylikni, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. YA‘ni


etiket ―muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda shiori


ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasliq aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish


va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Odob


insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali


takomillashadigan tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi.


SHu ma‘noda, ―Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa,

jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega


bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga


oladi. Bundan tashqari, odob insonlarni ranjitmasliq Jan Pol Sartr aytganideq erkin


jamiyatda erkin bo‘lish, ya‘ni boshqalarni erkini ta‘minlashga, odamlarni


axloqiylikka, ular orasida munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu


atamalarning ilmiy asosiga murojaat qilsaq ularning mazmun-mohiyati yanada


aniqroq namoyon bo‘ladi. SHu ma‘noda etiket birinchidan, inson va jamiyat


o‘rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy mezonlarga asoslanishini belgilasa ikkinchidan, siyosat va ijtimoiy voqelikni bir–biri bilan “murosayu – madora”


qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.


Garchi bu ikki soha insoniy munosabatlarini go‘zallashtirishga qaratilgan


bo‘lsa-da, ularning rivojlanishi individual harakterga ega. CHunonchi, insonlararo


munosabatlarda SHarq e‘tiborni odob va axloqqa qaratib, uni pandnomalar orqali


rivojlantirgan bo‘lsa, G‘arbda esa etiket qoidalari diplomat munosabatlardagi hatti-


harakatlarga asoslanadi. Bu borada 1716 yilda Hamburgda nashr etilgan


Montesning ―YUqori tabaqali insonlar va ayollar bilan qanday mulozamat qilish


hamda ayollarning bizga nisbatan o‘zini qanday tutishi haqidagi kitob deb


nomlangan kitob misol bo‘ladi. Unda turli tantanali qabullarning etiket bilan


bog‘liq barcha murakkabliklari tasnif qilingan.


O‘rta asrlarga kelib etiket koidalari cherkov talablari asosida belgilandi.


Ruhoniylarning inson munosabatlarini boshqarishga bo‘lgan intilishi boshqa


sohalar kabi etiket qoidalari asosida munosabatlar tizimida turg‘unlikni paydo


qildi. Ammo yangi davrga kelib G‘arbda etiket rivojlana boshladi. YUqori


tabaqali kishilarning moliyaviy imkoniyatlarini yo‘naltirish, ularning jamoatda o‘z


o‘rniga ega bo‘lishiga doir etiketning qoidalari takomillashdi. Yigitlarning


uylanishi va qizlarnnig turmushga chiqishi yoki moddiy imkoniyatlari kam


yigitning o‘z mavqeini tiklab olish uchun etiket juda katta ahamiyat kasb eta


boshladi, xatto dasturxon atrofida o‘zini tutish etiketi siyosiy darajaga ham etdi.


Biroq, bu kabi munosabatlarda me‘yorning buzilishi G‘arb ziyolilarini g‘ashini


keltira boshladi. SHarqda esa bu masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida


rivojlantirildi. Misol uchun musulmon SHarqida taom tanovul qilish paytiga kelib


qolgan mehmon mezbonni rad etishi, Alloh bergan rizqdan voz kechish, o‘zini


Xudodan ustun deb hisoblash deb tushunilar edi. YA‘ni taom tanovul qilish ham


ma‘lum ma‘noda o‘ziga xos ibodat hisoblandi. CHunki inson kim ekanligini,


hayotning mayda-chuyda tashvishlarini, muhimi asosiy maqsad – o‘z-o‘zini


anglashni unutib qo‘ymaslik tanovul paytida unga rizq bergan Zotning erdagi


ajoyibotlari, borliq borasidagi mushohadaga chorlashi lozim edi. G‘arbda esa,


taomga taklif qilingan mehmon taklifni qabul qilishdan avval bashang va yuksak did bilan kiyingan bo‘lishi shart edi. Agar mehmon taklifni qabul qilsayu,


yuqoridagi qoidani unutsa, bu xolat mezbonga nisbatan haqorat tarzida qabul


qilinishi mumkin edi. YA‘ni, kiborli jamiyatga ―arziydigan inson bo‘lishdan


―toyilish shu jamiyatga qarshi borish bilan barobar bo‘lgan.


SHuning uchun etiket qoidalarini buzuvchi mayda-chuyda jihatlar, arzimagan


xatolar kechirilmas va kelajakka qattiq ta‘sir qilar edi. Bu esa Evropaning yuksak


darajadagi kiborli jamiyatida yashab ketish oson emasligini va faqatgina a‘lo


insonlargina bu borada ijobiy natijalarga erishadilar, degan ma‘noni anglatar edi.


Bunday talablar keyinchalik bir qator olimlarni yillar davomida etiketga qarshi


borish va uni deyarli yo‘qqa chiqarishga intilishiga sabab bo‘ladi. Zero, o‘rta


asrlarda cherkov aqidalari paydo qilgan turg‘unlik bu paytga kelib sekin-asta o‘z


ta‘sirini yo‘qota boshlagan, ijtimoiy munosabatlar tizimida SHarqning axloqiy


qadriyatlariga asoslana boshlagan edi. SHuning uchun axloqiy tarbiya masalasini


etiket qoidalaridan yuqori turishini nazariy jihatdan asoslashga harakat qilindi.


Masalan, ruhiy tahlil falsafasi bu borada o‘ziga xos yondoshuvni vujudga keltirdi.Etiketning mohiyatini tushuntirar ekan, faylasuf Abdulla SHer ―Etiket –


takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida


ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u


asl axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‘ladi:


etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish


ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin, degan fikrni bildiradi.Etiket qoidalari to‘g‘risida A.Q.Bayburin, A.L.Toporkovlar shunday fikr


bildirganlar:


―Butun jamiyat va uning har bir a‘zosini hamisha, har qanday

vaziyatda hurmat qilish, o‘zi bilan teng mavqeda qo‘rish etiketning OLTIN


QOIDASIDIR.


Etiket:

- YAxshi xulq;

- Jamoatchilik joylarida o‘zini to‘g‘ri tuta olish;


- Tashqi qiyofa;


-Muomala madaniyati kasb tarkibiy qismlardan iborat.

O‘zbekiston fuqarolarining fuqarolik burchlari O‘zbekiston Respublikasining


asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiyaning 47-52 moddalarida (XI bob) ko‘rsatilgan.


Masalan, Konstitutsiyaning 52- moddasida «O‘zbekiston Respublikasini himoya


qilish - O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar


qonunda belgilangan harbiy va muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar»


deyilgan.


Rahbarlik (fors yo‘lboshchilik) o‘z faoliyati sohasida yuksak

ko‘rsatgichlarga (natijalarga erishgan) (V.Paretov) harizmatik (M. Veber)


boshqalardan inteliktual va axloqiy jihatdan ustun bo‘lgan (D.Yuverje) siyosiy


munosabatlarda eng faol hokimiyat uchun intilayotgan (Mills) Jamiyatning


tashkillashgan ozchiligi (G.Moska) biyologik va irsiy kelib chiqishi sababli


jamiyatda yuqori darajaga erishgan. Mutaxassislarning fikricha tashkilot rasman


mavjud joyda qaror topadi, ledirlik esa psixologik munosabatlar asosida vujudga


keladi. Rahbar ledirlikdan qonuniy o'lchovlarga egaligi, rasmiy tashkilot bilan


yuzaga kelishi, huquq asosida funksiyaga kirishuvi bilan farq qiladi. Rahbar


ijtimoiy nazorat va hokimiyat vositachisi bo‘lsa ledir guruhga birlashgan


sub’yektlar meyor va maqsadlarning favqullotda yuzaga chiqishi bilan bog’liq


psixologik munosabatlar xosilasidir.


Rahbarning faoliyati huquqiy meyorlar bilan ta’minlanadi, ledirning


faoliyati esa hamkorlikdagi aloqa va munosabatlarning ma’naviy ruhiy meyorlari


bilan kafolatlanadi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan maqsad yo‘lida


birlashuvi yoki birlashtirilishi guruhni tashkil etadi. Guruh mavjud joyda esa


rahbar faolyat ko‘rsatadi.


Rahbar har qanday guruh yoki tashkilotda umumiy

va cheklangan vazifalar oldidagi ma’suliyatlardir. Rahbar deganda rahbar


tomonidan oshirilgan va amalga oshirlayotgan hamda amalga oshirilishi ko‘zada


tutilgan faoliyatlar xatti-harakatlar nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra rahbar


boshqaruvning asosiy mazmunini tashkil etadi.


Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual.
Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi sharifi bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda xajviyadan foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson qalbining ko’zgusi hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij sanaladi. Atrofdagilarga innovatsiyani olib kirish.
Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, ong ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda o’z vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, uyishxonada emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, innovatsiyani pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini olib borish, g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli ham deyishimiz mumkin.

Imij turlari


1. KORPORATIV IMIJ (kompaniya, firma, korxona, muassasa, siyosiy partiya, jamoat tashkiloti va hokazolarning imiji);


Ob’ektiv – sub’ektiv. Bu tashkilot (korxona, korporatsiya) faoliyatining sirtdagi ko’rinishlari sifatida tushuniladi. Bunda tashkilot (korxona, korporatsiya) mahsuloti, xodimlarining uniformasi va xulq-atvor uslubi, korporatsiya doirasidagi munosabatlar kiradi.


Tabiiy – sun’iy. Tashkilot imijini ikki xil usul yordamida yaratish mumkin. Birinchisi, kompaniya tovarlarini xarid qilish, xizmatlaridan foydalanish. Ikkinchisi, o’ziga vazifa “yuklash” xususiyatlariga qaratilgan.


Kognitiv – emottsional. Tashkilot imiji xayoliy obrazlar va ruhiy komponentlar yig’indisi sifatida tavsiflanadi. Xayoliy obrazlarga kognitiv jarayon tavsiflari, ya’ni eshitish va ko’rish orqali axborot olinganidan so’ng yaratiladigan obrazlar vositasida fikrlash tizimlari kiradi. Imijning emotsional jihatlariga ayni holda assotsiatsiyalar, sezgilar, ruhiy holatning shaxsiy xususiyatlari, sharoit ta’siri va hokazolar kiritiladi.


Rahbar shaxsining milliy e’tiqodi va ma’naviy qiyofasi. Rahbarlik odobi.

Djonatan Svift ta’kidlagan: «Jamiyatda yorqin ko’rinish ko’pchilikka ham berilavermaydi, ammo ko’pchilik insonlar yoqimtoy bo’lishi mumkin».


Imijda Notiqlik san’ati asosiy o’rinni egallaydi.


Napoleon shunday degan edi: «Nutqini ushlay olmaganlar, rahbar bo’la olmaydilar». Rahbar - boshqaruvchilik yuz tuzilishi, auditoriya oldida hamkor bo’lsin yoki qo’l ostidagi ishchi bo’lsin so’zlashni bilishi zarur.


5-7 minutlik ma’ruzada ishdagi hamkorlarga yoqishi uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:


birinchidan, o’z aqlingiz bilan fikrlang.


ikkinchidan, auditoriyaning sizga bergan tavsiyalarni tezda tutib olishingiz zarur. O’zingiz xohlagan narsalarni gapirmang. Ba’zan auditoriya uchun dolzarb bo’lgan muammoda to’xtalib o’tishingiz mumkin.


uchinchidan, asosiy nuqtalarga e’tiboringizni qarating, real hayotni qanchalik bilishingizni ko’rsating, insonlarning turmush sharoiti hamda biznesda nimalarga erishishni xohlashi haqida so’zlang va b.q.


to’rtinchidan, o’z fikrlaringizni mantiqan o’ylab gapiring.
beshinchidan, ma’ruzada insonlarning e’tiborini tortadigan joylarni aniqlab oling. Siz ko’tarib chiqqan muammolarning eng asosiy va echishi lozim bo’lganlari tushunarli bo’lishi lozim. Nima uchun siz bunday o’ylaganingiz haqda, albatta, aytib o’tishni unutmang.

oltinchidan, auditoriya sizning fikrlaringizni qo’llab quvvatlamog’i lozim.


ettinchidan, sizdan oldingi ma’ruzachidan qolgan taa’surotlardan auditoriyani olib chiqishga o’rganing.


sakkizinchidan, tinglovchilarga qarata ajoyib so’zlarni aytish mumkin. Masalan, hamkorligi, tushungani uchun o’z minnatdorchiligingizni bildiring. qanchalik jarangdor qilib aytilsa, shunchalik siz bilan muloqotga kirishuvchilar ko’payaveradi.


Rahbar obro’siga putur yetkazuvchi unsurlar.


SIZDA HECH QACHON IKKINCHI BOR


TA’SSUROT QOLDIRISH IMKONI BO’LMAYDI.


Aristotel

Rahbar xodim ish samarasining uning yordamchilari sababli kamaytirish faktorlari.


Rahbar xodim ishi samarasi birinchidan uziga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, uning yordamchilariga bog’liq; kuyida rahbar xodim ishi samaradorligini kamaytiruvchi ayrim faktorlarni keltirib utamiz.

SHunday kilib rahbar xodim:


1. O’zini xam, kollektivni xam ish rejani tuzmaydi.


2. Avvalo uziga yokadigan va tanish bulgan ishni bajara-di.


3. O’z yordamchilariga ishonmaydi, ularning ishini xam uzi bajaradi.


4. Ish uchun uz ishchilaridan foydalanishni bilmaydi.


5. Xodimlar ishini mayda-chuydasigacha uzi bajarishiga intiladi, umumiy maksad va masalalarni aniklash bilan shugullanmaydi.


6. Yordamchilari urniga uzi karorlar kabul kilib, ularni maxkam ushlab turishga xarakat kiladi, amalda yordamchilar Usishiga tuskinlik kiladi va uzini ortikcha ish bilan kiynaydi.

7. O’z yordamchilarini yaxshi bilmaydi, ularni ishi bilan kizikmaydi.


8. O’z yordamchilari bilan ochik-oydin ganlashishni bilmaydi yoki gaplasha olmaydi.


9. O’z xodimlarini kobiliyatiga ishonmaydi.


1. O’z ishlarini muxim darajasini aniklab chika olmaydi va ish kuni tartibini belgilab chikolmaydi.


1. O’z rahbariga murojaat kilish uchun tayyorlangan masalani xar tomonlama tayyorlamay, rahbarning ishiga xalakit beradi, bekorga vaktini isrof kiladi.


2. O’zi karor kabul kilishga kuruib doimo rahbarga murojaat etadi.


3. O’z ishi vautidan tugri foydalanishni uylamaydi, toshpirilgan topshiriklarni uz vaktida bajarmaydi va shu tarika rahbarning rejali ishlariga tuskinlik kiladi.


4. O’z ish faoliyatini, xak-xukuklarini anik bilmaydi.


5. O’zi bajara olmaydigan ish bilan band bulib, konkret topshirilgan topshirikni bajarish bilan shug’ullanmaydi.


6. O’z rahbari bilan ish soxasida suxbatlashish kobiliyati yuk.


7. Olingan topshiriklarni chukur taxlil kilishga urganmagan, xar doim tayyor, anik topshirik. Va yo’riknoma asosida ishlashga o’rgangan.


8. O’z xayotida nimaga intilayotganini bilmaydi.


Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari.


(a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish qobiliyati, u o’ta yuqori bo’lmasligi, aksincha, o’rtachadan yuqori bo’lishi kerakligi e’tirof etildi);

(b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati hamda shunga mos motivlar);


(v) o’ziga ishonch (kompetentsiya va da’vogarlikning yuqori darajasi hamda bahosi) kabi sifatlar takror-takror uchraydi.


RAHBARLIK MA’NAVIYATI-rahbarning shakllangan (ichki) ruhiy

quvvati. Uning ma’naviy psixologik madaniayti ajdodlar ibratiga asoslanib,


qadriyat darjasida qadrlanadigan, shaxs ma’naviy olamini tartibga soladigan


ko‘nikma darajasiga yetgan hissiy ko‘nikmasiga darajasiga yetgan hissiy bilimlar


majmuyidir. Rahbar o‘z rahbarlik salohiyatini takomillashtirish uchun ma’naviy


olamini boyituvchi bilimlarni egallash tashabbuskorlik qobiliyatini oshirishi zarur.


Rahbarning ma’naviy mulkiga aylangan bilim uninga xohish istaklarini chegaralay


bilish, o‘zini tashqi tazeq va ta’sirlardan himoya qilishiga vosita bo‘ladi. Ya’ni


ma’naviy jihatdan barkamol rahbar bo‘lib, ularning qadriyatga aylangan qismini


ijodiy rivojlantirishni nazarda tutadi. I.A.Karimovning milliy qadriyatlarni tiklash,


bobolar qoldirgan ma’naviyatni ulug’lash, undan ibrat olish, o‘zlikni anglash


lozimligi1 haqidagi fikrlar muhimdir.


Zero ma’naviyati qashshoq o‘zining dunyo qarashi fikriga ega bo‘lmagan


odamga har qanday voyronkorg’oya o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Chunki


Prezidentimiz ta’kidlaganidek. “O‘zbekistonimizning egtangi kuni ma’naviy


madaniy barkamol ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega


bo‘lgan zamonasining ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga mos kasb-hunar


mahoratini o‘zida mujassam etgan g’ururi baland iymoni butun irodasi baquvvat


chinakkam vatanparvar insopli va oriyatli insonlar qo‘lida va hakazo”.




Yüklə 331,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin