Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


Misr va Bobil falsafiy maktablari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə22/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Misr va Bobil falsafiy maktablari. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog‘liqekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - o‘sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda mfodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo‘lsa-da aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo‘lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko‘nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo‘q edi. Bu - o‘sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo‘shig‘i», «O‘z hayotidan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati» kabi bitiklari yaqqol namayon bo‘lgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, o‘sha davrdagi odamlarga xos tuyg‘ular bayon qilingan.
Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba - «Veda»larda o‘z aksini to‘gan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so‘zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin