Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari


«Veda»lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə23/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

«Veda»lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo‘lgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib. «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob eki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo‘linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sank’ya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa - astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-loyata, tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo‘lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankx’ya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo‘lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) etadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab aloqador bo‘lmagan sabab.
«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtai nazaridan qaraladi. Braxman ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o‘ladigan va o‘lmas, harakatsiz va harakatchan ko‘rinishlarga ega. «Upanishada»da Atman – bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq «Hamma narsa Braxman, Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman o‘zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg‘oqlik; tushli uyqu; tushsiz uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o‘z-o‘ziga teng bo‘ladigan holat).

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin