O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston hududiga donalab keltirilgan) o‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash – metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan akkreditlash doirasida o‘lchashlar birliligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish huquqini rasmiy tan olish.
O‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash – O‘lchashlarni bajarish metodikasining unga qo‘yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqot.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi – O‘lchashlar natijalariga avvaldan ma'lum bo‘lgan xatolik bilan erishishni ta'minlaydigan ishlar va qoidalar majmui.
O‘lchash noaniqligi – Tekshirish- bu belgilangan talablarni to‘laqonli ta’minlash uchun obyektiv dalillar yordamida ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minash.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘lchashlarni bajarish metodikasi – bu hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib, ularni bajarish kafolatlangan aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta’minlaydi.