Reja: Fizika fani va uning boshqa fanlar bilan aloqasi Fizikaning tadqiqot usullari Asosiy birliklar Qo



Yüklə 325,47 Kb.
səhifə4/13
tarix24.09.2023
ölçüsü325,47 Kb.
#147543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Бьлkirish-fayllar.org

Fizik kattaliklarni o‘lchash uchun o‘lchov birliklari tanlab olinadi. O‘lchash mumkin bo‘lgan fizik kattaliklarning birliklari etalon (namuna) larga ega. Fizik kattaliklarning qiymati deganda, mazkur kattalik etalondan (eski uning nusxasidan) necha marta farqlanishini ko‘rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik o‘lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil tanlash mumkin.

Masalan, yettita fizik kattalik uchungina, o‘lchov birligi ixtiyoriy tanlanadi. Bu fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari asosiy birliklar deb yuritiladi. Qolgan barcha fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari bu kattaliklarni asosiy kattaliklar bilan bog‘lovchi qonunlar (formulalar) asosida tanlanadi. Bunday kattaliklarning o‘lchov birliklari hosilaviy birliklar deb yuritiladi.
1960 - yil oktabrda Xalqaro sistema qabul qilindi.
1961 - yilning 24- avgustida oldingi Sovet Ittifoqida “Sistema Internatsionalnaya” so‘zlarini bosh harflari bo‘yicha SI (“Es-I”deb o‘qiladi) tarzda belgilangan birliklar sistemasi tasdiqlandi. SI da yettita asosiy birlik va ikki qo‘shimcha birlik qabul qilingan:

Asosiy birliklar


Uzunlik, metr (m). Kripton -86 atomining 2r10 va 5d5 sathlari orasida o‘tishga mos bo‘lgan nurlanishning vakuumdagi to‘lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta bo‘lgan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.
Massa, kilogramm (kg). Kilogrammni xalqaro prototipining massasi 1 kilogramm deb qabul qilingan.
Vaqt, sekund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki o‘ta nozik sathlari orasidagi o‘tishga mos bo‘lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul qilingan.
Elektr tokining kuchi, Amper (A).
1 amper tok vakuumdagi bir- biridan 1m masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik to‘g‘ri o‘tkazgichlardan o‘tganda o‘tkazgichning har bir metr uzunligiga 2*10-7 N kuch ta’sir qiladi.


Termodinamik temperatura, Kelvin (K).
Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulushi 1 kelvin deb qabul qilingan.


Modda miqdori, mol(mol).
Uglerod -12 atomining 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (masalan, atom, molekula yoki boshqa zarra)lardan tashkil topgan sistemadagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.


Yorug‘lik kuchi, kandela (kd).
540 . 1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug‘ligining energetik kuchi 1/683 . Vt/sr ga teng bo‘lgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.

Qo‘shimcha birliklar



Yassi burchak, radian (rad).
Aylanma uzunligi radiusga teng bo‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian deb qabul qilingan.
Fazoviy burchak, steradian (sr).
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
Hosilaviy birliklar



Tezlik, metr taqsim sekund (m/s).
1m/s tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta 1s davomida 1m masofaga ko‘chadi.
Tezlanish, metr ,taqsim sekund kvadrat (m/s2 )
1m/s2 tezlanish bilan to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan moddiy nuqtaning tezlanishi 1s da 1m/s2 ga o‘zgaradi.
Impuls, kilogramm - metr taqsim sekund (kg.m/s). 1kg.m/s -1m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 1kg massali jismning impulsi
Kuch, Nyuton (N).



Yüklə 325,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin