Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash
G PS (Global positioning system) - bu global joylashish holati tizimi bo„lib, GPS qabul qilish qurilmalari tarkibiga o„rnatilgan, kenglik, uzunlik, dengiz sathidan balandlik, shuningdek tezlik, joriy vaqt davomidagi harakatlanish yo„nalishi kabi ko„rsatkichlarni aniqlash funksiyalari yordamida ob‟ektning uch o„lchamli koordinatalariga aniq oydinlik kiritish imkoniyatini beradi.
Ob‟ektning joylashish koordinatalarini GPS yordamida aniqlash tamoyili joylashish koordinatalari aniq bo„lgan, bir nechta su‟niy yo„ldoshlargacha bo„lga oraliq masofani hisoblab chiqishga asoslanadi. Jumladan, kamida 3 ta su‟niy yo„ldoshgacha bo„lgan oraliq masofa qiymati ob‟ektning joylashish koordinatalarini markazi su‟niy yo„ldosh joylashgan, radiusi esa - o„lchanayotgan oraliq masofadan tashkil topgan, sferalarning o„zaro kesishish nuqtasi sifatida aniqlash imkonini beradi.
Zamonaviy su‟niy yo„ldosh tizimlarida qabul qilish qurilmalari kenglik, uzunlik va balandlikdan tashqari, quyidagi ma‟lumotlar haqida axborot bera olish imkoniga ega hisoblanadi:
Aniq vaqt (ayrim qurilmalarda PPS tipidagi chiqish holati mavjud hisoblanadi);
Dunyoning tomonlari bo„yicha mo„ljal olish (o„rnatilgan kompas mavjud bo„lmagan sharoitda, faqat harakatlanish tezligi yo„nalishi bo„yicha);
Dengiz sathidan joylashish balandligi (uchtadan ko„p sondagi su‟niy yo„ldoshlardan signal qabul qilish sharoitida yoki o„rnatilgan balandlikni o„lchash baro-qurilmasi mavjud holatda);
Foydalanuvchi tomonidan belgilangan koordinatalar nuqtasiga nisbatan yo„nalish;
Bosib o„tilgan masofa, joriy tezlik, o„rtacha tezlik;
Yo„llarning holati - ya‟ni, tiqilinch yuzaga kelishi holati, yo„llarda ishlarning olib borilishi holati va boshqalar haqidagi axborotlarni beruvchi ma‟lumotlar (TMS qabul qilish moslamasi bilan jihozlagan qabul qilish qurilmalari modellarida va bu yo„nalishda faoliyat olib boruvchi xizmatlar mavjud sharoitda);
Elektron xaritada joyning joriy holati (xaritalar bilan jihozlagan modellarda); Trekka nisbatan joriy holat (marshrut).
Shunday qilib, ma‟lumotlarning rastr strukturasida har bir yacheyka (katak) atributning bitta qiymati bilan bog„liq hisoblanadi. Rastr tavsifidagi mavzularga oid xaritani yaratish uchun, ma‟lum bir mavzularga oid ma‟lumotlar ikki o„lchamli yacheykalar shaklida yig„ib chiqiladi, bunda har bir yacheyka alohida mavzuning atributlaridan iborat hisoblanadi. Bu ko„rinishdagi ikki o„lchamli massiv - qoplama (coverage) deb nomlanadi. Qoplamadan turli xil tipdagi mavzularga (erdan foydalanish, o„simliklar qoplami, tuproqlarning tiplari, er yuzasining geologiyasi, gidrologiya va boshq.) tegishli ma‟lumotlarni ifodalash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, bu yondoshuv keraksiz chalkashliklarsiz holatda, mavzularning taqsimlanishi va o„zaro aloqadorliklari aks etuvchi ob‟ektlarga diqqat- e‟tiborni qaratish imkonini beradi. Ko„pincha holatlarda har bir qo„shimcha mavzular uchun alohida qoplamalar yaratilishidan foydalaniladi. Bu qayta o„zgartirish jarayonini qavatlardan tashkil topgan pirog pishirishga o„xshatish mumkin, bunda o„rganilayotgan sohaning barcha zaruriy tavsiflari muvofiqlikda modellashtirilishi asosida birlashtirilishi amalga oshiriladi.
Rastrning alohida yacheykalari qiymatlari, ularning atributlari, qoplamalar va legendalar nomlanishlarining manzillarini belgilash va saqlashning bir nechta usullari mavjud hisoblanadi. Bu yo„nalishdagi dastlabki urinishlar orasida GRID/LUNR/MAGI deb nomlanuvchi yondoshuvni eslatib o„tish mumkin, o„z navbatida dastlabki davrlarda yaratilgan rastr tavsifidagi GAT tarkibida aynan, ushbu yondoshuvdan foydalanilgan. Bu modelda har bir yacheyka tarkibida qiymatlarning vertikal ustunlari ko„rinishidagi barcha atributlar mavjud bo„lib, ustunlarda joylashgan har bir qiymat alohida mavzularga tegishli hisoblanadi. Bunda ushbu modelning afzallik jihati albatta, ko„p sondagi mavzularning yoki rastrning har bir alohida yacheykalari uchun qoplamalarning o„zaro solishtirish asosida hisoblab chiqilishi jarayonining oson amalga oshirilishi bilan bog„liq hisoblanadi. Biroq, shu bilan birgalikda bitta qoplama tarkibida joylashgan yacheykalar guruhlarini boshqa qoplama tarkibidagi yacheykalar bilan solishtirishni amalga oshirishda noqulaylik holati yuzaga keladi, ya‟ni har bir yacheyka alohida, yakka tartibda manzillashtirilishi talab qilinadi.
Ma‟lumotlarning vektor strukturasi geografik makonning nisbatan tushunarli usulda ichki his qilinishi imkonini beradi va so„zsiz ravishda, ko„proq darajada bizga tanish bo„lgan qog„oz shaklidagi xaritalarni eslatadi. Ma‟lumotlarning vektor modeli tarkibida vektor ma‟lumotlar strukturalarini birlashtirishning bir nechta uslublari mavjud bo„lib, bu uslublar bitta qoplama ichida yoki turli xil qoplamalar o„rtasida ko„rsatkichlarning o„zaro aloqadorligini o„rganish imkonini beradi.
Masalan, spagetti modeli, topologik model va zanjir vektorlarning kodlanishini ko„rsatib o„tish mumkin. Ma‟lumotlarning nisbatan oddiy vektor strukturasi sifatida - 7-rasmda keltirilgan, spagetti modelini ko„rsatib o„tish mumkin, bu model o„z mazmun-mohiyatiga ko„ra, xaritaning grafik tasvirlanishini «birga-bir» tipida tarjima qilinishini anglatadi. Ehtimol, aynan ushbu model nisbatan tabiiy va ko„proq darajada mantiqiy tasvirlash hisoblanishi mumkin, chunki xarita tafakkurlashga asoslanuvchi model hisoblanadi. Garchi, nomlanishi biroz g„alati tuyulsa-da, biroq bu ko„rinishdagi nomlanish aslida, mazmunmohiyatiga ko„ra aniq holat hisoblandi. Agar, bizning qog„oz shaklidagi xaritamizning bir bo„lagi (ko„p sondagi bo„laklardan bittasi) tarkibida ifodalangan har bitta grafik ob‟ekt qoplamasini makaron deb tasavvur qilsak, u holda siz bu modelning qanday ishlashini etarlicha darajada aniq tasavur qila olishingiz mumkin. Bunda har bir bo„lak bitta oddiy tarkibiy qism sifatida funksiya bajaradi: ya‟ni nuqtalar uchun - juda qisqa, to„g„ri chiziqlar kesmalari, o„zaro oxirgi uchlari bilan birlashtirilgan kesmalar to„plami uchun, sohalar chegaralari uchun - nisbatan uzun tavsifga egaligi qayd qilinadi. Har bir oddiy tarkibiy qism koordinatalar juftligining (X, Y) o„zgaruvchan satrlari sifatida yozilgan, kompyuterda qayd qilingan bitta mantiqiy yozuv shaklidan tashkil topadi.
D ekart koordinatlar tizimida ifodalangan rakamli xarita