Reja: Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta'minlashdagi roli



Yüklə 17,98 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2022
ölçüsü17,98 Kb.
#77087
növüReferat
1   2   3
Abdurahmon 01 referat

2. Qo‘shimcha chora-tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni faol jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.



2. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Elektron onlayn-auksionlarga qo‘yish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlang‘ich narxini) belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi va aloqa kanallarining xarajatlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari kelgusida “Xavfsiz shahar” tizimi bilan majburiy integratsiyasi ta’minlangan holda, tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
4. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasini taqsimlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab 1 yil davomida:
50 foizi — tadbirkorlik subyekti hisobvarag‘iga;
15 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
15 foizi — yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda, yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini to‘liq joriy etish uchun maqsadli yo‘naltiriladi;
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilganidan 1 yil o‘tgandan so‘ng:
25 foizi — tadbirkorlik subyekti hisobiga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
15 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
25 foizi — yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda, yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini to‘liq joriy etish uchun maqsadli yo‘naltiriladi.
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimining o‘rnatilishi va ekspluatatsiya qilinishini nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi faoliyatini doimiy ravishda, bevosita hamda masofaviy tarzda monitoring qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimida hamda “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida (KAATda) muntazam ravishda axborot va kiberxavfsizlik holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik hodisalari hamda tahdidlarini monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi.

Yüklə 17,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin