Blade-server HP Proliant BL495c G5 Blade serverni yuqoridagi vertikal ko‘rinishdagi HPP roliant BL495cG5 misolida ko‘rsak bo‘ladi. Ushbu server virtual serverlar infratuzilmasi uchun keng qo‘llaniladi. 4 yadroli 2.7 GGs chastotaga ega markaziy protsessor bilan ta’minlangan. Operativ xotira 4 Gb ni tashkil qiladi. Kesh – xotira 2 – darajada 512 Mb, 3-darajada 6 Mbni tashkil etadi.
Blade-shassi NR BladeSystem s7000 Enclosure Blade – shassi 16 ta 2 protsessorli yoki 8 ta 4 protsessorli Bleyd – serverni o‘ziga sig‘dira oladi. Shassida barcha komponentlar mavjud. Yuqoridagi rasmda NR BladeSystem s7000 Enclosure bleyd-shassisi keltirilgan. Ushbu tizim 8 ta kommutatsion moduldan tashkil topgan. Blade tizimni boshqarish paneli Onboard Administrator barcha komponentlar holati xaqida to‘liq ma’lumot berib boradi.
Serverlardan biri ishdan chiqib qolsa uni almashtirish tizim administratoriga hech qanday noqulayliklar keltirmaydi. Yangi blade – serverga OTni lokal tarmoqdan, admin o‘zining mashinasidan o‘rnata oladi. Ushbu shassida barcha komponentlar dublikatsiyaga egaligi uning ishchi holatini yillar davomida saqlab qolishiga kafolat beradi.
Blade-serverlarning afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin.
Elektr manba ta’minoti va sovutish tizimi ishonchliligining yuqoriligi va
energiya iste’moli va issiqliq ajralishining kamligi;
qo‘llanish masshtabining erkin kengaytirilishi.
Foydalanuvchi so‘rovlarini tushunishi uchun, kompyuterga dastur o‘rnatiladi. Bu web dastur deyiladi, kompyuter esa, web serverga aylanadi. Hozirgi vaqtda web dastur emas, umumiy holda web server deb atalmoqda.
Web server — mijozdan kelayotgan so‘rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo‘natadigan dasturdir. Kliyent sifatida web brouzer(http, https protokoli orqali), mobil telefon (wap protokoli orqali), ba’zi dasturlar(antiviruslar) bo‘lishi mumkin. Web server orqali butun sayt boshqariladi, ya’ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP adreslarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshiradi.
Web serverga o‘rnatiladigan web dastur turlari ko‘pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta “Apache” xisoblanadi. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Quyida ba’zi web serverlar nomlarini keltiramiz.