Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar



Yüklə 48,35 Kb.
səhifə2/5
tarix21.05.2023
ölçüsü48,35 Kb.
#119088
1   2   3   4   5
Materiallar hisobi

Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma’lum darajada ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar;

  • Yoqilg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;

  • Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari;

  • Qurilish materiallari - bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini ko‘tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan yog‘och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;

  • Idish va idish materiallari - turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;

  • Inventar va xo‘jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo‘jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi;

  • Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar - korxona balansida turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o‘zga korxonaga berilgan o‘simlikchilik, chorvachilik hamda o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlari kiradi;

  • Boshqa materiallar - yuqoridagi satrlarda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa materiallar kiradi. Ularga chiqitlar, tuzatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar misol bo‘ladi.

    Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:

    • xizmat muddati bir yildan oshmagan;

    • xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli.

      1. Materiallar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish

    Materiallar harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni ta’minlaydi. Korxonalarga materiallarning o‘z vaqtida keltirilishini ta’minot bo‘limi nazorat qilib boradi. Ta’minot bo‘limi xodimlari mol yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo‘yicha e’tirozlar va da’volar qo‘yish, korxonaga o‘z vaqtida yetib kelmagan yuklarni topish vazifalarini bajaradilar.
    Mol yetkazib beruvchilarning shartnoma shartlariga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borish ishlab chiqarishni to‘xtovsiz, o‘z vaqtida davom etishini ta’minlaydi.
    Mol yetkazib beruvchilardan olingan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari, eng avvalo, korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ular tekshiriladi, so‘ngra o‘z vaqtida ro‘yxatga olinadi. Shundan so‘ng bu hujjatlar korxonaning ta’minot bo‘limiga topshiriladi. Har bir schyot bo‘yicha uning to‘lanishi yoki to‘lanmasligi aniqlanadi. Agar shartnoma shartlariga mol yetkazib beruvchilar to‘la amal qilgan bo‘lsa, schyotni to‘lashga rozilik beriladi. To‘lanishi lozim bo‘lgan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari materialni qabul qilish uchun omborga beriladi. Materiallar korxonaga keltirilgunga qadar hamma hujjatlar maxsus papkada saqlanadi. O‘z vaqtida yuborilmagan materiallar to‘g‘risida ombor mudiri korxonaning ta’minot bo‘limiga tegishli chora ko‘rilishi uchun xabar beradi.
    Odatda, mol yetkazib beruvchi korxonalardan materiallarni ta’minot bo‘limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda ta’minotchi idish, plomba, tamg‘a hamda materiallar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga da’vo qo‘yish huquqini beradigan dalolatnoma tuziladi.
    Korxona o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan kelgan materiallar uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo‘llanma hujjatlar (to‘lov talabnomasi, schyot- faktura, tovar-transport yukxatlari) oladi.
    Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan materiallarni qayd qilish uchun ochilgan M-1 shaklidagi maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi hamda shartnomada ko‘zda tutilgan talablarga mos kelishi nazoratdan o‘tkaziladi.
    Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun buxgalter ekspeditorga M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi.
    Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnoma - korxona mol yetkazib beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o‘z vakiliga beradigan hujjatidir.
    Korxona ishonchnomaning ikki – M-2 va M-2a shaklidan foydalanadi. M-2 shaklidan foydalanganida berish-olishlar haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma varaqasining qo‘shimcha qismiga (koreshogiga) yoziladi, bu holda berilgan ishonchnomani maxsus daftarga yozib qo‘yishga hojat qolmaydi.
    Korxona moddiy boyliklarni ommaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
    Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan holda beriladi, so‘ngra u M-2b shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda daftarga imzo chekadi.
    Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan materiallarni omborga topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishi shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar belgilangan muddati o‘tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o‘tib ketgan ishonchnomalar bo‘yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man qilinadi.
    Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo‘lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo‘lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr qo‘yishga ruxsat etiladi. Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki boshqa manfaatdor bo‘lmagan korxona vakillari ishtirokida tuziladi. Dalolatnoma tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi.
    Ombordan tsexlarga sarflash uchun beriladigan materiallarga limit-zabor kartalari, talabnoma hamda yukxatlar rasmiylashtiriladi. Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan xarajat qilinishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat iste’molchi tsex, bo‘lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi.
    Ombordan tsexlarga materiallar muntazam berib borilsa, u holda limit-zabor kartalari qo‘llaniladi. Limit-zabor kartasi korxonaning ishlab chiqarish yoki reja bo‘limi tomonidan yoziladi. Unda shu tsex yoki uchastkaga berilishi lozim bo‘lgan material ma’lum turining oylik cheklangan me’yori ko‘rsatiladi. Cheklangan me’yor tsex yoki uchastkaning ishlab chiqarish rejasi va shu tsex yoki uchastkada materiallarni sarflash me’yori asosida aniqlanadi. Limit kartasi ikki nusxada yoziladi, bir nusxasi omborga, ikkinchisi esa tsexga beriladi. Materiallar berilgandan so‘ng limit kartasining tsex nusxasiga imzo qo‘yadi, tsex xodimi omborchining nusxasiga o‘z imzosini qo‘yadi. Omborchi har bir operatsiyadan keyin foydalanilmagan limit qoldig‘ini hisoblab chiqadi.
    Limit yetmagan taqdirda limitdan tashqari materiallar xarajati talabnoma bilan rasmiylashtiriladi.
    Materiallarning sarflanishi bo‘yicha limitning shu tariqa belgilanishi me’yordan ortiqcha sarflar haqida korxona rahbarlariga o‘z vaqtida xabar qilish imkonini beradi. Limit kartalarining qo‘llanilishi hujjatlar sonini kamaytiradi va ularni qayta ishlashni yengillashtiradi.
    Materiallarning ichki ko‘chishida, ya’ni bir ombordan ikkinchi omborga, bir tsexdan ikkinchi tsexga berilganida hamda chiqindilar omborga qabul qilinganida qabul qilish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi.
    Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo‘yicha hamda turli xatlar, og‘zaki farmoyishlar asosida berish taqiqlanadi.
    Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish.

    Korxona omborida materiallarning but saqlanishini tashkil etish ularni to‘g‘ri hisobga olib borilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ombor xo‘jaligi ishlarini tashkil qilishga muayyan talablar qo‘yiladi.
    Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to‘g‘ri tashkil qilinishi materiallarni hisobga olish usuliga, hisob ro‘yxati (registri)ning turiga, miqdoriga, foydalanilgan ko‘rsatkichlarga va ularning o‘zaro solishtirilishiga bog‘liq.
    Korxona ombori ixtisoslashtirilgan bo‘lishi kerak, chunki xilma-xil materiallarning kimyoviy hamda fizik xossalari ularni turli xil sharoitlarda saqlashni talab qiladi. Omborxona tegishli materiallar joylashtiriladigan stellajlar, tokchalar, shkaf va yashiklar bilan jihozlanishi lozim. Materiallarning har biriga ularning nomi, nomenklatura raqami, navi, o‘lchami, o‘lchov birligi ko‘rsatilgan yorliq yozilib, saqlash joyiga yopishtirib qo‘yiladi.
    Tez yonishga moyil bo‘lgan materiallar maxsus omborlarda saqlanishi lozim. Bu omborlar yong‘inga qarshi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
    Ochiq havoda saqlanishi lozim bo‘lgan materiallar omborxona hovlisida maxsus ajratilgan, yog‘ingarchilikdan saqlanadigan bostirmaga joylashtiriladi. Hamma omborxonalar tosh-tarozi, o‘lchov idishlari va boshqa shunga o‘xshash zarur moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
    Ombor mudiri moddiy ma’sul shaxs hisoblanib, omborxonada saqlanayotgan hamma materiallar harakati faqat u orqali amalga oshiriladi. Omborchini ishga olish, boshqa lavozimlarga o‘tkazish va xizmat vazifasidan ozod qilish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ombor mudirini ishga qabul qilishda uning to‘la ravishda shaxsiy moddiy javobgarligi haqida shartnoma tuziladi. Uni ishdan bo‘shatish saqlanayotgan mollarning to‘liq inventarizatsiyasi o‘tkazilib, javobgarligi ostidagi moddiy boyliklar boshqa shaxsga o‘tgandan keyingina amalga oshiriladi.
    Omborda materiallarning qoldiqlari to‘g‘risida to‘liq malumot olish maqsadida ularni alohida turlari, navlari, razmeri va nomenklatura raqamlari bo‘yicha hisobga olish zarur.
    Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo‘yicha analitik hisobni to‘g‘ri yuritish muhim. Shu sababli ular hozirgi paytda uch xil usul bo‘yicha yuritiladi:

      1. Materiallar harakatini hisobga oluvchi daftarda;

      2. Materiallar harakatini yurituvchi kartochkalarda;

      3. Operativ-buxgalterlik (qoldiq) usuli.

    Materiallarni to‘g‘ri hisobga olishda ularning faktura bahosini aniqlash muhimdir. Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bo‘yicha materiallarni joriy hisobda hisobga olishda ularning haqiqiy qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy qiymatliklar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklarning sug‘urta to‘lovlari, eksport soliqlari va bojxona yig‘imlarining malum tartibda qoplanishi va uni tomonlar qoplanishini belgilash zarur.
    Omborlarda materiallarning miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi yuritiladi. Buning uchun materiallarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqlar ochiladi. Ular material harakati bilan bog‘liq kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar asosida to‘ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim operatsiyalari yozilgandan keyin material qoldig‘i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi haqiqiy qoldig‘i meyordagi qoldiq bilan solishtiriladi va o‘rtadagi farqdan taminot bo‘limi xodimlari xabardor qilinadi.
    Kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
    Materiallarning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida hisobga olinadi. Ushbu usullarning mohiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordagi hisobi son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan hisob materiallarning harakati bo‘yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlardagi malumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang‘ich hujjatlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar to‘g‘riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo‘limida imzo bilan tasdiqlanadi. Hisobot oyining oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob malumotlari bilan taqqoslanadi. Buning uchun esa har bir ombor bo‘yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda ombor varaqalari asosida material qoldig‘i yoziladi va u pul ko‘rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq vedomostidagi material qoldig‘ining umumiy summasi buxgalteriyada materiallar harakati bo‘yicha yuritiladigan 10- vedomost malumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to‘g‘ri kelishi hisobot oyi davomida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to‘g‘riligidan dalolat beradi.


      1. Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish

    Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi.
    Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib chiqish uchun qaytariladi.
    Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg‘aruv qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.
    Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin:
    1010-«Xom-ashyo va materiallar»
    1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar» 1030-«Yoqilg‘i»
    1040-«Ehtiyot qismlar» 1050-«O‘urilish mollari»
    1060-«Idish va idish materiallari»
    1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar» 1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»
    1090-«Boshqa materiallar».
    Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar qoldig‘ini aks ettiradi.
    Mol yetkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
    D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
    K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
    Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
    D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
    K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
    Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchilar hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material schyotlari debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i kreditlanadi.
    Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga quyidagicha provodka beriladi:
    D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
    Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
    D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» K-t 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».
    Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish

    Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi. Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi.
    Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi.
    Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi.
    1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq korxonaga hali kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
    Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi.
    Sarflangan materiallar qaysi hisobvaraqlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, transport-tayyorlov xarajatlari summasi ham shu hisobvaraqlarga yoziladi. Haqiqiy tannarxning rejadan oshish ulushini topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Bu yerda farq shundaki, og‘ishish (tejalgan yoki ortiqcha xarajat) bo‘lishi mumkin. Ortiqcha xarajat transport-tayyorlov xarajatlariga o‘xshab, reja tannarxini ko‘paytiradi, tejalgan summa esa uni kamaytiradi. Tejalgan summa minus yoki qizil storno bilan yoziladi.


      1. Materiallar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish

    Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin:

    • ishlab chiqarishga sarflanganida;

    • ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.

    Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
    D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo) K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
    Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo‘yicha 10-jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1-jurnal-orderga yoziladi.
    Moddiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo‘lmagan materiallarning bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishi lozim. Agarda korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin.
    Masalan, korxonada haqiqiy qiymati 20000 so‘mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona uni 30000 so‘mga boshqa korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

    • materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.

    D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 20000 so‘m K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 20000 so‘m.

    • materialning sotish qiymati aks ettirildi:

    D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 30000 so‘m
    K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m. O‘O‘S hisoblandi 4000 so‘m;
    D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»-4000 so‘m K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 4000 so‘m.

    • ortiqcha materillarni sotishdan foyda olindi (30000-20000-4000)=6000 so‘m;

    D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 6000 so‘m
    K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 6000 so‘m.
    Xarid qilingan materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish

    Xom-ashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (O‘O‘S) bilan birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan O‘O‘Sni byudjetga to‘laydi.

    Yüklə 48,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin