Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


II.3. Virusdan himoyalanish dasturiy vositalarining tavsifi



Yüklə 117,48 Kb.
səhifə4/17
tarix02.01.2022
ölçüsü117,48 Kb.
#37970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Axborotlarni himoyalovchi dasturiy vositalar bilan ishlash

II.3. Virusdan himoyalanish dasturiy vositalarining tavsifi


Hozirgi vaqtda viruslarni yo`qotish uchun ko`pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antivirus dasturlar deb ataladi. Antiviruslarni, qo`llanish usuliga ko`ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar.

Detektorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) bo`yicha tezkor xotira va fayllarni ko`rish natijasida ma'lum viruslarni topadi va xabar beradi. Yangi viruslarni aniqlay olmasligi detektorlarning kamchiligi hisoblanadi.

Faglar — yoki doktorlar, detektorlarga xos bo`lgan amallarni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi

Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga o`rnatiladi. Natijada dastur zararlangan deb hisoblanib, virus tomonidan o`zgar- tirilmaydi. Faqatgina ma'lum viruslarga nisbatan vaktsina qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu antivirus dasturlari keng tarqalma- gan.

Privivka — fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi.

Filtrlar — qo`riqlovchi dasturlar ko`rinishida bo`lib, rezident holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi.

Revizorlar — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo`lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o`zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi.

Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va aniqlangan viruslar haqida xabar beradi.

Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki ularni davolab, dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, DrWeb dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Yangi viruslarning to`xtovsiz paydo bo`lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarini ham yangi versiyalari bilan almashtirib turish lozim.

Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo`lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.

Bu harakatlar quyidagicha bo`lishi mumkin:


  • fayllar atributlarining o`zgarishi;

  • disklarga doimiy manzillarda ma'lumotlarni yozish;

  • diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma'lumotlarni yozib yuborish.

Tekshiruvchi (revizor) dasturlar virusdan himoyalanishning eng ishonchli vositasi bo`lib, kompyuter zararlanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va diskning tizim maydoni holatini xotirada saqlab, doimiy ravishda yoki foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlang`ich holatlarini birbiri bilan solishtiradi. Bunga ADINF dasturini misol qilib keltirish mumkin.

Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan saqlash va axborotni ishonchli saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:



-kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta'minlash;

  • disketalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tekshirish;

  • qimmatli axborotning nusxasini har doim arxiv fayl ko`rinishida saqlash.

Kompyuter viruslariga qarshi kurashning quyidagi turlari mavjud:

  • viruslar kompyuterga kirib buzgan fayllarni o`z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;

  • kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;

  • disklarni yozishdan himoyalash;

  • litsenzion dasturiy ta'minotlardan foydalanish va o`g`irlangan dasturlarni qo`llamaslik;

  • kompyuterga kiritilayotgan dasturlarda viruslarning mavjudligini

tekshirish;

  • antivirus dasturlaridan keng foydalanish;

  • davriy ravishda komp'yuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish.

II.4. Axborotlarni himoyalash usullari


Yüklə 117,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin