Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Axborotning himoyalashning kriptografik usullari



Yüklə 117,48 Kb.
səhifə15/17
tarix02.01.2022
ölçüsü117,48 Kb.
#37970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Axborotlarni himoyalovchi dasturiy vositalar bilan ishlash

Axborotning himoyalashning kriptografik usullari

Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo'llaniladi.

 Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma'lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo'yicha o'tkazish jarayoniga aytiladi.

 Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya'ni malumotlarni maxsus algoritm bo'yicha o'zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo'li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to'siq qo'yish usuliga aytiladi.



Stenografiyaning kriptografiyadan boshqa o'zgacha farqi ham bor. Ya'ni uning maqsadi - maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo'ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun). Kompyuter texnologiyalari stenografiyaning rivojlanishi va mukammallashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo'nalish - kompyuter stenogryafiyasi paydo bo'ldi.

Kompyuter stenografiyasi rivojlanishi tendentsiyasining tahlili shuni ko'rsatadiki, keyingi yillarda kompyuter stenografiyasi usullarini rivojlantirishga qiziqish kuchayib bormoqda. Jumladan, ma'lumki, axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi doim kuchayib bormoqda va axborotni himoyalashning yangi usullarini qidirishga rag'batlantirilayapti. Boshqa tomondan, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu axborotni himoyalashning yangi usullarini joriy qilish imkoniyatlari bilan ta'minlayapti va albatta, bu jarayonning kuchli katalizatori bo'lib umumfoydalaniladigan Internet kompyuter tarmog'ining juda kuchli rivojlanishi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko'p qo'llanilayotgan soha bu - kriptografik usullardir. Lekin, bu yo'lda kompyuter viruslari, «mantiqiy bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta'siriga bog'liq ko'p yechilmagan muammolar mavjud. Boshqa tomondan, kriptografik usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda oxirigacha yechilmay turibdi. Kompyuter steganografiyasi va kriptografiyalarining birlashtirilishi paydo bo'lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo'li bo'lar edi, chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo'qotish mumkin.

Kriptografiya nuqtai - nazaridan shifr - bu kalit demakdir va ochiq ma'lumotlar to'plamini yopiq (shifrlangan) ma'lumotlarga o'zgartirish kriptografiya o'zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.

 Kalit - kriptografiya o'zgartirishlar algoritmining ba'zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo'lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko'rsatkich bo'lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.

Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar quyiladi:

· etarli darajada kriptomustaxkamlik;

· shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;

· axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;

· shifrlashdagi kichik xatolarga tasirchan bo'lmasligi.

· Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:

· o'rinlarini almashtirish;

· almashtirish;

· gammalashtirish;

· analitik o'zgartirish.

O'rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo'yicha boshlang'ich matn belgilarining matnning ma'lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o'rinlari almashtiriladi.

 

Almashtirish shifrlash usuli bo'yicha boshlangich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtirilali.

  Gammalashtirish usuli bo'yicha boshlang'ich matn bel­gilari shifrlash gammasi belgilari, ya'ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi.

 Maxliliy o'zgartirish usuli bo'yicha boshlang'ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o'zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko'paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo'lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi.

O'rinlarni almashtirish usullari

Ushbu usul eng oddiy va eng kadimiy usuldir. O'rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- shifrlovchi jadval;

- sehrli kvadrat.

Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo'llaniladi:

- jadval o'lchovlari;

- so'z yoki so'zlar ketma-ketligi;

- jadval tarkibi xususiyatlari.

Misol.

Quyidagi matn berilgan bo'lsin:



KADRLAR TAYYoRLASh MILLIY DASTURI

Ushbu axborot ustun bo'yicha ketma - ket jadvalga kiritiladi:



K

L

A

L

I

Y

T

A

A

Y

A

L

D

U

D

R

Yo

Sh

L

A

R

R

T

R

M

I

S

I

Natijada, 4x7 o'lchovli jadval tashkil qilinadi.

Endi shifrlangan matn qatorlar bo'yicha aniqlanadi, ya'ni o'zimiz uchun 4 tadan belgilarni ajratib yozamiz.

KLAL IYTA AYAL DUDR YoShLA RRTR MISI

Bu yerda kalit sifatida jadval o'lchovlari xizmat qiladi.

 

Sehrli kvadrat deb, katakchalariga 1 dan boshlab sonlar yozilgan, undagi har bir ustun, satr va diagonal bo'yicha sonlar yig'indisi bitga songa teng bo'lgan kvadrat shaklidagi jadvalga aytilali.



Sehrli kvadratga sonlar tartibi bo'yicha belgilar kiritiladi va bu belgilar satrlar bo'yicha o'qilganda matn hosil bo'ladi.

Misol.


4x4 o'lchovli sehrli kvadratni olamiz, bu yerda sonlarning 880 ta xar xil kombinatsiyasi mavjud. Quyidagicha ish yuritamiz:

16

3

2

13

5

10

11

8

9

6

7

12

4

15

14

1

 Boshlangich matn sifatida quyidagi matnni olamiz:

DASTURLASh TILLARI

va jadvalga joylashtiramiz:

I

S

A

L

U

T

I

A

Sh

R

L

L

T

R

A

D

 

Shifrlangan matn jadval elementlarini satrlar bo'yicha o'qish natijasida tashkil topadi:

I SAL UTIA ShRLL TRAD

Almashtirish usullari

Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullarni keltirish mumkin:

- Sezar usuli;

- Affin tizimidagi Sezar usuli;

- Tayanch so'zli Sezar usuli va boshqalar.

 

Sezar usulida almashtiruvchi xarflar k va siljish bilan aniqlanadi. Yuliy Sezar bevosita k = 3 bo'lganda ushbu usuldan foylalangan.



k = 3 bo'lganda va alifbodagi harflar m = 26 ta bo'lganda quyidagi jalval hosil qilinadi:

  Misol.


Matn sifatida KOMPUTER so'zini oladigan bo'lsak, Sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo'ladi: NRPSBXHU.

Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o'z navbatida, bir xil harflarga almashishidir.

Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida tijorat axborotlari bilan almashishda uchta asosiy algoritmlar, ya'ni DES, CLIPPER va PGP algoritmlari qo'llanilmoqda. DES va CLIPPER algoritmlari integral sxemalarda amalga oshiriladi. DES algoritmining kriptomustahkamligini quyidagi misol orqali xam baholash mumkin: 10 mln. AQSh dollari xarajat qilinganda DES shifrlash ochish uchun 21 minut, 100 mln, AQSh dollari xarajat kilinganda esa 2 minut sarflanadi. CLIPPER tizimi SKIPJACK shifrlash algoritmini o'z ichiga oladi va bu algoritm DES algoritmidan 16 mln, marta kuchlirokdir.

PGP algoritmi esa 1991 yilda Filipp Simmerman (AQSh) tomonidan yozilgan va elektron pochta orqali kuzatiladigan xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladigan PGP dasturlar paketi yordamida amalga oshiriladi, FGP dasturiy vositalari Internet tarmog'ida elektron pochta orqali axborot jo'natuvchi foydalanuvchilar tomonidan shifrlash maqsadida keng foydalanilmoqda.

PGP (Pretty Good Privacy) kriptografiya dasturining algoritmi kalitli, ochiq va yopiq bo'ladi.

Ochiq kalit quyidagicha ko'rinishni olishi mumkin:

 U shbu ochiq kalit bevosita Web sahifalarda yoki elektron pochta orqali ochiqchasiga yuborilishi mumkin. Ochiq kalitdan foydalangan jo'natilgan shifrli axborotni axborot yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o'qiy olmaydi. PGP orqali shifrlangan axborotlarni ochish uchun, superkompyuterlar ishlatilganda bir asr ham kamlik qilishi mumkin.

Bulardan tashqari, axborotlarni tasvirlarda va tovushlarda yashirish dasturlari ham mavjud. Masalan, S-toots dasturi axborotlarni BMP, GIF, WAV kengaytmali fayllarda saqlash uchun qo'llaniladi.

Kundalik jarayonda foydalanuvchilar ofis dasturlari va arxivatorlarni qo'llab kelishadi. Arxivatorlar, masalan PkZip dasturida ma'lumotlarni parol yordamida shifrlash mumkin. Ushbu fayllarni ochganda ikkita, ya'ni lug'atli va to'g'ridan-to'g'ri usuldan foydalanishadi. Lug'atli usulda bevosita maxsus fayldan so'zlar parol o'rniga qo'yib tekshiriladi, to'g'ridan-to'g'ri usulda esa bevosita belgilar kombinatsiyasi tuzilib, parol o'rniga qo'yib tekishriladi.

Ofis dasturlari (Word, Excel, Access) orqali himoyalash umuman taklif etilmaydi. Bu borada mavjud dasturlap Internet da to'siqsiz tarqatiladi.




Yüklə 117,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin