Reja. I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 136 Kb.
səhifə11/19
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#169554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
ISTEMOLCHI TANLOVINI

Befarqlik egri chizig‘i.
Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.

Iste’mol tovarlarining turli xil assortimenti





Turli xil tovarlar to‘plami

Oziq-ovqat mahsuloti turlarining miqdori

Kiyim turlarining miqdori

A

20

30

B

10

55

C

40

20

D

30

45

E

10

20

F

10

45

Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi.


Byudjet chegarasi – ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.

Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari va byudjet chizig‘i





Turli tovarlar to‘plami

Oziq-ovqat (F)

Kiyim (C)

Umumiy sarflar, dollar

A

0

20

40

B

10

15

40

C

20

10

40

D

30

5

40

E

40

0

40



Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili
Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘­lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisob­lanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xaj­mini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z ho­xish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘r­gani­ladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi me­zon­larini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byud­je­ti­ning chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chega­rali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daro­madi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.
Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asosla­nadi:

    1. Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘­rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. A>B, B

    2. Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitiv­ligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: A>B, BS.

    3. To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovar­lar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi.


Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin