Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo’lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo’lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste‘mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishga intilishini ko’rsatadi.
Snob samarasi ommaviy iste‘mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste‘molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko’zga tash-lanadi. Kamyob san‘at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamo-naviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi.
Ko’rgazmali iste’mol samarasibu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo’lgan talab ularni boshqa (o’ziga o’xshash) tovar-larga nisbatan yuqori narxda bo’lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro’-e‘tiborga ega, elita ko’rinishida bo’l-ganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o’z asarida aks ettirgan.
Agarda bozordagi iqtisodiy holatni tavsiflovchi taklif ko’rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama bo’lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o’rganilgan bo’lsa, taklif sotuv-chilar tomonidan o’rganiladi. Ana shunda, bozor mexanizmi to’liq tahlil qilinadi va ijobiy natijalarga erishiladi.
Taklif -joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar (ishlab chi-qaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xiz-matlar yig’indisidir.
Taklif xajmi Qs - joriy vaqtda bozorda sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar xajmi, soni. Ularning xajmi doimiy ravishda ishlab chiqarish va sotish xajmi bilan bir xil bo’lavermaydi.
Bir tomondan, agar bozordagi narx sotuvchilar tomonidan o’zlari-ning xarajatlarini qoplash maqsadida belgilanadigan bo’lsa, taklif xajmi real ishlab chiqarishga nisbatan ancha past bo’ladi. Boshqa tomondan, davlat tomonidan biror-bir tovar yoki mahsulotga o’rtatib qo’yilgan yuqori narxlar ishlab chiqaruvchi firmalarda katta qiziqish uyg’otishi mumkin va bu orqali taklif oshib boradi, biroq, xaridorlar va sotuvchilar xatti-xarakati orqali belgilanadigan sotuv xajmi nis-batan past bo’lishi mumkin.
Taklif narxi- joriy vaqtda, joriy joyda, mavjud tovarga sotuvchi tomonidan qo’yiladigan minimal narx.
Bozor kon‘yunkturasini tahlili natijasida taklifni bozor va indivi-dual taklifga bo’lish mumkin. Bozor taklifining xajmini alohida ishlab chiqaruvchilar takliflarni mavjud narxlar asosida qo’shish orqali aniq-lash mumkin. Bunda ishlab chiqruvchi tomonidan foydalaniladigan boshqa omillar (resurslar narxi) narxlari o’zgarmas deb olinadi.
Taklif xajmi nafaqat narxga balki, bozor kon‘yunkturasining boshqa parametrlariga ham bog’liq. Bu bog’liqlik taklif funksiyasi deb ataladi. Uning grafik ko’rinishi taklif egri chizig„i hisoblanadi.
3-rasm. Taklifning egri chizig’i.
Aksariyat bozorlar uchun taklif egri chizig’i o’sib boruvchi xarak-terga ega, chunki bozordagi narx qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chi-qaruvchi firmalar mazkur tovarni ko’proq ishlab chiqarish va sotishni istaydilar. Narxlarning yanada yuqorilab borishi firmalarga qo’shim-cha ishchi kuchi olish evaziga o’z ishlab chiqarishlarini yanada ken-gaytirish va daromadlarini oshirishlariga turtki bo’ladi.
Taklif xajmi va narxi o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik taklif qonuni deyiladi.
Agarda biror-bir tovarga bo’lgan narx o’sib borsa va bunda boshqa parametrlar o’zgarmas xolda qolsa, unda mazkur tovarga bo’lgan taklif xajmi oshib boradi.
Taklif qonuni universal xarakterga ega emas, bozor sharoitida ayrim istisnolar ham bo’lishi mumkin.