O\'quvchilarning og\'zaki nutqini rivojlantirishda ta\'lim texnologiyalarining ahamiyati
III.Ta'lim texnologiyalarining ahamiyati 3.1.Nutq va uni o‘stirish tushunchasi O’quvchilar nutqini o’stirishda quyidagi amaliy tadbirlar qo’llanadi:
1.Adabiiy talaffuzni har bir darsda o’rganiladigan qoidalarga bog’lab o’rgatish.
2.Boshqa fanlarni o’qitishda ham nutq o’stirishga e’tibor berish.
3.O’quvchi nutqidagi adabiiy tilga xos bo’lmagan dalillarni tushuntira bilish.
4.Fonetika o’qitishda aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan tovushlar talaffuziga e’tibor berish.
5.Orfografik malakalarni mustahkamlashga oid darslar.
6.O’quvchilarni turli tadbirlarda va yig’inlarda chiqib so’zlashga odatlantirish.
7.She’riy va nasriy asarlardan parchalar yod oldirib borish.
Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi maktab ma’muriyati va o’qituvchilar jamoasi oldiga o’quvchilarning savodxonligini oshirish, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish ishida faol ishtirok etish vazifasini qo’yadi. Bunda savodxonlik va nutq madaniyatini o’stirishda yagona talab amalga oshiriladi.
Yagona orfografiya va nutq rejimi quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab qiladi:
Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat uyg’otishni ko’zda tutadi.
Og’zaki nutiqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang/ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib boorish bog’anishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi.
Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir.
Savod o’rgatish darslarida amaliy mashg’ulatlarga keng o’rin berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o’yin va o’yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she’r va maqollardagi notanish so’zlar o’qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Masalan, “Kim sezgir” , “Bu nima” , “Nomini ayt” o’yinlari3.
Mashqning bu turlari o’quvchilarga yangi harf o’rgatilgandan keyin uni qay darajada o’zlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
O’qituvchi doskaga o’rnatilgan harflarni ma’lum bir tartibda teradi va uni o’qigach, oquvchilarga ham navbat bilan o’qitadi. So’ngra bolalarga sezdirmay ayrum harflar almashtirib qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning sezgirligi, topgirligi baholanib, rag’batlantiriladi.
Mehnat ta’limi darslarida ham o’quvchilarning nutqini o’stirishga katta e’tibor berilib, o’rgatuvchi xarakterdagi o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Masalan: “Mehmon kutamiz”, “sabzavotlar va me’valar do’koni”, “Shar shaklidan kim ko’p narsa yasaydi?”.
O’yinlar orqali milliy qadriyatlarimizdan, o’zbekona me’rosimizdan foydalanib, qadr-qimmat, mehir-oqibat, odob-axloq, ota-ona va kattalarni hurmat qilish kabi xislatlarni bola qalbiga singdirish mumkin. Masalan: “Odobli bola”, o’yinida sinf guruhga bo’linib, har guruhdan bir o’quvchi ishtirok etadi.
O’qituvchi: -Xo’sh bolalar, odobli bola ertalab, o’rnidan turib nima qiladi”.
O’qituvchi: -Odobli bola erta barvaqt turib, badan tarbiya qiladi, ota- onasiga va oila a’zolariga salom beradi.
O’quvchi: -Odobli bola qanday salom beradi?
O’qituvchi: -“Assalomu alaykum” deb salom beradi, keyin nonushta qiladi.
O’qituvchi: -Odobli bola dasturxon atrofida qanday o’tiradi.
O’qituvchi: -Odobli bola kattalardan pastda o’tiradi, “Bismillohir rahmonir rahim”, deb dasturxonga kattalardan keyin qo’l uzatadi, og’zida ovqat bilan gapirmaydi.
Shu kabi savol-javoblardan keyin guruhlar javobi izohlanib, to’plagan ballar e’lon qilinadi va rag’batlantiriladi.
Bu xildagi dars-o’yin turdagi mashg’ulotlar bolalarni mehnatsevarlikka tayyorlaydi, ularning mustaqil, ijodiy faoliyatini, lug’at boyligini oshirib, nutqini rivojlantirishga yordam beradi va darslarning uzviy bog’liqligini mustahkamlaydi.
Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo’lishidan qat’iy – nazar, birinchi galdagi vazifamiz o’quvchilarning ongli, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishiga erishishimiz, nutqini o’stirishga harakat qilmog’imiz lozim.
Bu tadbirlar o’quvchilarning yil davomoda olgan bilimlarini namoyish qilishga, tahlil etishga va mustahkamlashga, og’zaki nutqini o’stirishga, eslash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
XULOSA Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o‘xshatishga harakat qiladilar.
Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar bolalarning nutq normalarini (me'yorlarini) muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati rivojlanishiga, og‘zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi.
So'zlashish-suhbat metodidan bolalar lug‘atini faollashtirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metod orqali bola lug‘atidagi so‘zlardan o‘rinli foydalanishga, gaplarni to‘g‘ri tuzishga o‘rganib boradi. Bunda o’qituvchi kichik guruhda tabiiy obyektlar va ularning modellari (o‘yinchoqlar, suratlar)ga tayanish usullaridan, katta guruhlarda esa so‘zli didaktik o‘yinlardan foydalanadi.
Qayta hikoya qilish metodidan besh yoshli bolalar guruhida tashkil etiladigan ishlarda keng foydalaniladi. Uning yordamida bolalar nutqining leksik, grammatik, intonatsion jihatlari shakl-lanadi. Ular bog‘lanishli dialogik va monologik nutqni badiiy asar namunalari yordamida amaliy tomondan egallab oladilar.