Mavzu:O'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishda ta'lim texnologiyalarining ahamiyati
Reja:
I. Kirish II. Asosiy qism 2.1.O'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish III.Ta'lim texnologiyalarining ahamiyati 3.1.Nutq va uni o‘stirish tushunchasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir.
Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.