REJA I.Kirish
II.Asosiy qisim
a.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida pudrat ishlari bozorining mohiyati,zarurati va shakllantirishning asosiy yo’nalishlari;
b.Qurilishda shartnoma munosabatlarining tartibi va mazmuni,vaqt omili va mehnatga haq to’lashning xususiyatlari;
d.Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baxolash uslubi
e.Qurilishda narx shakillanishi va smeta ishi
f.Qurilish mahsulotining tannarxi,foyda va rentabellik
g.Qurilishda buxgalteriya hisobi,audit va soliqqa tortish
h.Qurilish faoliyatini rejalashtirish asoslari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi—2008-yilda bo'lib o'tgan bo'lib, AQSHda banklarning ipoteka kreditlarini qarzni qaytarish qobiliyati bo'lmaganlarga berishi oqibatida boshlanadi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va global-lashuvining kuchayib borishidir.
Jahon hamjamiyatida yaqin o‘tmishda boshlangan va hozirda ham o‘z o’rniga ega bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
Inqirozning sabablari Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lganlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y bergan.
Ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsa-da, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas mulklarga yetarlicha «to‘yingani» oqibatida ularning narxlari keskin tusha boshlagan.
Kreditlarning qimmatlashuvi aholining ipoteka kreditiga talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining kamayishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari narx-larining o‘sishi aholining kreditni qaytarish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga sabab bo‘ladi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshgan. Neft narxi rekord darajada ko‘tarilgan, ya‘ni bir barreli 147 dollardan ortdi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaygan. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib kelgan.
Ko‘pchilik mutaxassislar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati ekanligini, ya‘ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham izohlaydilar.
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini qayd qilish lozim. Ma‘lumotlarga ko‘ra, AQShda muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligi ham hisobga olinsa, uning miqdori pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar ko‘payib ketganligini anglatadi.