Reja: if operatori while operatori



Yüklə 110,37 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü110,37 Kb.
#205433
1   2   3   4   5   6
If else

elif va else ifodalari ham mantiqiy qator oxirida ikki nuqta (:) ga ega va bu o'z navbatida ulardan so'ng mos keluvchi ifodalar bloki kelishligini bildiradi (tegishli «otstup»lar miqdori bilan albatta).
if operatori if — bloki ichida boshqa if operatori ishlatilishi mumkin va bu ichma-ich if operatori deyiladi.
Esda saqlang, elif va else ishlatilishi majburiy emas. Qisqa if operatorining yozilishi quyidagicha:
if True:
print('Ha, bu rost.')
Python if operatorini uning qismlari elif va else bilan bajarib bo'lgandan so'ng, if operatori joylashgan blokdagi keyingi ifodani bajarishga o'tadi. Bizning holatda bu dasturning asosiy bloki, keyingi ifoda esa print("Tamom") ifodasi hisoblanadi. So'ng Python dasturi oxirigacha bajariladi va tugallanadi.
while operatori
while operatori ma'lum shartlar qanoatlantirganda buyruqlar blokining ko'p marta bajarilish imkonini beradi. Bu sikl operatorlari deb nomlanuvchi operatorlardan biri hisoblanadi. U ham majburiy bo'lmagan else qismiga ega.
Misol: (while.py nomi bilan saqlang)
number = 23
running = Tru
while running:
guess = int(input("Butun son kiriting : "))
if guess == number:
print("Tabriklayman, siz topdingiz.")
running = False # bu ifoda while siklini to'xtatish uchun hizmat qiladi.
elif guess < number:
print("Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq.")
else:
print("Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kichikroq.")
else:
print("while sikli tugadi.")
# Bu yerda siz ya'na nima zarur bo'lsa, bajarishingiz mumkin.
print("Tamom.")
Natija:
$ python while.py
Butun son kiriting : 50
Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kichikroq.
Butun son kiriting : 22
Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq.
Butun son kiriting : 23
Tabriklayman, siz topdingiz.
while sikli tugadi.
Tamom.

Yüklə 110,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin