REJA:
1. if operatori
2. while operatori
3. else
Bizning shu vaqtgacha ko'rgan misollarimizda buyruqlar doimo Python tomonidan qat'iy yuqoridan pastga qarab, ketma-ket bajarilgan. Agar bizda buyruqlar bajarilish ketma-ketligini o'zgartirish ehtiyoji bo'lsa, u holda nima qilamiz? Misol uchun, dastur vaziyatga qarab ma'lum bir yechim qabul qilishi kerak. Aytaylik, kunning vaqtiga qarab "xayrli tong" yoki "xayrli kech" so'zlarini ekranga chop etadi.
Bunday hollarda buyruqlar ketma-ketligini boshqaruvchi operatorlar qo'l keladi. Pythonda buyruqlar ketma-ketligini boshqaruvchi uchta operator mavjud. Bular if, for va while.
if operatori
if operatori shartni tekshirish uchun ishlatiladi: agar shart to'g'ri bo'lsa, birinchi ifodalar bloki bajariladi (bu blok "if — blok" deb nomlanadi), aks xolda keyingi ifodalar bloki bajariladi (bu blok "else — blok" deb nomlanadi). "else" blokining bo'lishi majburiy emas.
Misol: (if.py nomi bilan saqlang)
number = 23
guess = int(input("Butun son kiriting : "))
if guess == number:
print("Tabriklayman, siz topdingiz,")
# Bu yerda yangi blok boshlanadi
print("(ammo xech qanday sovg'a yutmadingiz!)")
# Bu yerda yangi blok tugaydi
elif guess < number:
print("Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq.")
# Yana bir blok
# Blok ichida nima xoxlasangiz bajarishingiz mumkin ...
else:
print("Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kichikroq.")
# Bu blokka tushish uchun kiritilgan guess soni oldindan o'ylangan
#number sonidan katta bo'lishi kerak
print("Tamom.")
# Bu oxirgi ifoda doimo yuqoridagi ifodalardan so'ng bajariladi.
Natija:
$ python if.py
Butun son kiriting : 50
Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kichikroq.
Tamom.
$ python if.py
Butun son kiriting : 22
Yo'q, o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq.
Tamom.
$ python if.py
Butun son kiriting : 23
Tabriklayman, siz topdingiz,
(ammo xech qanday sovg'a yutmadingiz!)
Tamom.
Dostları ilə paylaş: |