Madaniyat va san'at sohasidagi biznesni moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 9.07.2019 yildagi 570-son qarori bilan DXSh shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat madaniyat va san'at muassasalariga Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Hujjat Prezidentning 1.08.2018 yildagi PQ-3892-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan, unda DXSh asosida madaniyat va san'at muassasalarini barpo etishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga doir kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan. Ular uchun, boshqalar qatori, quyidagilar nazarda tutilgan:
• Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish;
• davlat madaniyat va san'at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun berish (jami butun respublika
Subsidiyalar olish shartlari va ularning miqdori
Ularga DXSh shartlarida teatrlar, sirklar, hayvonot bog‘lari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlari tashkil etadigan tadbirkorlar-yuridik shaxslar talabgor bo‘lishi mumkin. Subsidiyalar xarajatlarning bir qismini qoplash uchun yillik daromadlar va xarajatlar hajmidan kelib chiqib, madaniyat muassasasini qurish va jihozlash hamda uni foydalanishga topshirish ishlari to‘liq yakunlangach ajratiladi.
Subsidiya olish uchun ariza berish va quyidagilarni ilova qilish zarur:
• ariza beruvchining - yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma;
• tijorat bankidagi hisobraqamlar rekvizitlari;
• Madaniyat vazirligi bilan DXSh to‘g‘risida imzolangan shartnoma nusxasi;
• tashkil etilayotgan madaniyat muassasasi to‘g‘risida ma'lumotlar: ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, kadastr hujjati, quvvati, tegishli yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan madaniy xizmatlar ko‘rsatish ro‘yxati va daromadlar prognozi, faoliyati boshlangan sana to‘g‘risidagi ma'lumotnoma, joylashgan bino va yer maydonlari hajmi, barcha xarajatlar, sh.j., kommunal xizmatlar bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar miqdorlari, hisob-kitoblar va ma'lumotlar;
Budjet subsidiyalari yuqorida ko‘rsatilgan miqdorda ajratiladi, biroq o‘z foydasi bilan qoplanmagan xarajatlar prognozining bir qismidan ortiq emas.
Xarajatlar summasini hisoblashda “Asosiy vositalar bo‘yicha xarajatlar” (dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kostyumlari, poyabzallar, pariklar va boshqalar) hisobga olinmaydi.
Hujjat 10.07.2019 yildan kuchga kirdi.
So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, madaniyat va san’at muassasalari binolarini qurish va ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish;
mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish;
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
. Davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab xususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin:
madaniy xizmat ko‘rsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar berish;
madaniyat va san’at muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash borasidagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Belgilansinki, ushbu bandda ko‘rsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari madaniyat va san’at sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olinadigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra kamida 80 foizni tashkil etadigan madaniyat va san’at nodavlat muassasalariga nisbatan qo‘llaniladi
XUIOSA O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va