Reja: Ilm fan va texnika taraqqiyoti masalalari



Yüklə 26,62 Kb.
tarix22.01.2023
ölçüsü26,62 Kb.
#80203
20-m


GLOBALLASHUVNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI. GLOBALLASHUVDA OBYEKTIVLIK VA SUBYEKTIVLIKNING MUTANOSIBLIGI
Reja:

1. Ilm fan va texnika taraqqiyoti masalalari.


2. Dunyo miqyosida ro‘y berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari.


3. Insoniyatga tahdidlar va ularni hal etishda hamkorlikning roli.


4. Xulq atvor strategiyasi va taktikasida subyektivlikning namoyon bo‘lishi.


5. Jamiyatning yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tishi.


6. Globallashuvning obyektiv maqsadi.

Hozirgi kunda dunyoda ildam qadamlar bilan o`zgarib borayotgan, tobora insoniyat olamini o`z domiga tortib va ularning hayotiga chuqurroq kirib, milliy madaniyati va ma`naviyatiga ta`sir etayotgan globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu jarayon natijasida esa, turli tsivilizatsiyalar, madaniyatlar to`qnashuvi sodir bo`lib, bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi oqibatida millatlar ma`naviyatiga tahdidlar solishiga sabab bo`lmoqda. Bu jarayonni ijobiy va salbiy mohiyatini terang anglagan Prezidentimiz Islom Karimov muallifligi asosida joriy yilda “Ma`naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “YUksak ma`naviyat-engilmas kuch” nomli asarlarining uchinchi bobida “globallashuv jarayonlari va ma`naviy tahdidlar” misolida alohida to`xtalib o`tganlar. Prezidentimiz ushbu asarda globallashuv fenomeni haqida quyidagicha yondashib, “bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”[1][16] kabi o`z fikrlarni bildirib, masalani mohiyatini to`laroq ochib berganlar. Keling, shu o`rinda globallashuv so`zi o`zi nima ekanligi, to`g`rirog`i tub lug`aviy ma`nosini aniqlab olsak, “Global” atamasi frantsuz tilida global-“umumiy”, lotin tilida globus-“shar” degan ma`nolarni anglatadi. YA`ni, globallashuv “hammasini to`liq qamrab oluvchi” atama sifatida sharhlanishi mumkin. Global muammolarning paydo bo`lishi globallashuv kontseptsiyalarining shakllanishiga olib keldi. Hatto bu jarayon natijasida umuminsoniy muammolarni o`rgatuvchi fan-globallashuv (global studies) vujudga keldi. Bu fan markazida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar turadi.

“Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”[2][17]. SHunday bo`lsa ham, globallashuv jarayoni ta`siri ostida bu immunni yuzaga chiqarishda har bir davlatning milliy g`oya va mafkurasi alohida ahamiyatga ega. Albatta, bunda, mafkura negizi vatanga muhabbat, sadoqat, ishonch tuyg`ulariga yo`g`rilgan bo`lib, ajdodlarning asriy orzusi bo`lgan tinchlik va osoyishtalik, uni asrab-avaylash, mustahkamlash hamda asrlar osha davom etib kelayotgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an`analarimizni kelajak avlodlarigacha etib borishini ta`minlash, maqsadiga qurilgan bo`lgandagina, mafkuraviy immunitet yuzaga chiqadi.



So`nggi paytlarda, ayrim ko`zga ko`ringan g`arb mamlakatlari o`z maqsadlariga erishish yo`lida halqaro huquq me`yorlarini buzib, davlat va xalqlarning suverenitetiga qarshi chiqib, jahonda o`z tartiblarini o`rnatishni faollashtirib bormoqdalar. Bunga Iroq va Afg`onistonda olib borilgan urushlar, Qirg`iziston va O`zbekistondagi inqilobiy harakatlar yoki bo`lmasa yaqin kunlarda sodir bo`lgan Gruziya va Janubiy Asetiya o`rtasidagi ixtiloflar yaqqol misol bo`la oladi. G`arbning bu agressiv siyosatiga hech qanday halqaro tashkilot yoki davlat to`sqinlik qila olmadi.

Bundan tashqari, madaniyat sohasida ular o`z rivojlangan OAV lari orqali qolgan hududlarni o`z qarash, yondashuvlariga moslashtirib, qadriyatlarini singdirib bormoqdalar. Afsuski, bunday ta`sirlarga to`siq qo`yishning iloji yo`q. Sababi, bugungi kunda XXI asr buyuk texnologiyalar asri deb ham yuritilib, buning asosida hatto bir kichkinagina axborotning tarqalishi ham ko`zga ko`rinmas darajada, tez sur`atlarda amalga oshirilmoqda. Bunda, “o`rgimchak to`ri” deb nomlanmish internetning xizmatlari ko`magi asosida dunyoning bir burchagida sodir bo`lgan biror bir voqea-hodisa tafsiloti dunyoning ikkinchi burchagiga yashin tezligidek, etib bormoqda. SHu bilan birga, kishilarning bundan boxabar va bexabar bo`lishi yoki axborotning biror “elementini” o`zlashtirishi salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ammo bu erda, achinarli tomoni shundaki, axborot aniq va noaniq bo`lishi kishilarni chalg`itib qo`yayotir. SHu boisdan, hech ikkilanmay aytish mumkinki, axborot psixologik xavfsizlik tahdidining namoyon bo`lishi va uning insoniyat ongiga keskin ta`sir qilishi, mana shunday holatlarning negizida vujudga kelmoqda desak, mubolag`a bo`lmaydi. Bundan tashqari, SHarq uchun absurd bo`lib tuyulgan sifatlar ham kirib keldi. Bu esa, o`z-o`zidan yoshlar ongini zaharlanishi, o`z hayotiy-milliy qadriyat va urf-odatlariga, bundan ham xavflisi ma`naviyatiga xilof ravishda, chet el madaniyatini “ommaviy madaniyat” sifatida o`zlashtirayotganligi, yoshlarni g`arb foydasiga fikr, xulosa chiqarishlariga moyil qilib qo`ymoqda. SHuningdek, milliy tillar ayrim xorijiy tillar so`zlari, birikmalari bilan ifloslanmoqda. Insonlar bir xil ovqatlarni iste`mol qiladilar, bir xil kiyinadilar, bir xil fil`mlarni ko`radilar, ma`lumotlarni OAV dan oladilar. Bu holat umumiylikni yoki g`arblashuvni yuzaga keltirib, milliylikni unutilishiga, izdan chiqishiga, eng qo`rqinchlisi yo`qolishiga sabab bo`lmoqda. Ammo mana shunday vaziyatda insonlarning globallashuv jarayoni ta`sirida ma`naviy va mafkuraviy tahdidlarga mustahkam iroda bilan dosh berish va kurashish uchun ularda yagona imkoniyat mavjud bo`lib, bu mafkuraviy immunitet hisoblanadi. Bu o`rinda, mafkuraviy ta`sir haqida gap ketar ekan, buni biz birgina Prezidentimiz ta`biri bilan izohlashimiz mumkin, “Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”[3][155]. SHunday bo`lsa ham, globallashuv jarayoni ta`siri ostida bu immunni yuzaga chiqarishda har bir davlatning milliy g`oya va mafkurasi alohida ahamiyatga ega. Albatta, bunda, mafkura negizi vatanga muhabbat, sadoqat, ishonch tuyg`ulariga yo`g`rilgan bo`lib, ajdodlarning asriy orzusi bo`lgan tinchlik va osoyishtalik, uni asrab-avaylash, mustahkamlash hamda asrlar osha davom etib kelayotgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an`analarimizni kelajak avlodlarigacha etib borishini ta`minlash, maqsadiga qurilgan bo`lgandagina, mafkuraviy immunitet yuzaga chiqadi.

YUqorida keltirilgan mantiqiy xulosalardan so`ng, dono o`zbek halqimiz ta`biri bilan aytganda, guruch kurmaksiz bo`lmaydi albatta. Globallashuv jarayoni ham xuddi shunday, ya`ni, uning kamchilik tomoni bo`lgani kabi yutuq tomonlari bo`lishi tabiiydir.

Nega deganda, globallashuv jarayoni ta`siri mamlakatlar bir qancha muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. YA`ni, ma`lum maqsadlar yo`lida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamkorlik yo`lini tutudilar. Bu esa, davlatlar, mintaqalar o`rtasida integratsiya jarayonlarini kuchayishi, halqaro munosabatlarni shakllanishi, ekologiyani buzilishi natijasida yuzaga kelgan tabiiy ofatlar mahsuli talofatlar vaqtida o`zaro ijtimoiy yordamlarni ko`rsatilishi yoki jahonshumul muammo sifatida qaralishi, ilm-fan yutuqlarini tezlik bilan dunyoning har bir eriga etib borish va rivojlanishi, xavfsizliklarga birgalikda kurash olib borilishiga sabab bo`lmoqda.

Bundan qizig`i shundaki, globallashuv jarayoni dunyoning har soniyada sergak turishini ta`minlaydi. CHunki, bugungi kunda ogohlik davr talabi hisoblanadi. Biror hududda sodir bo`lgan voqea va hodisa, yuzaga kelgan muammo bugun kelib bizda ham namoyon bo`lishi muqarrardir.

Globallashuvning ijobiy tomonlari:

· Jahondagi xalqlarning tinchlik uchun kurashi;

· Turli hil mamlakatlarning iqtisod-siyosat, fan-texnika, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalardagi xamkorlik;

· Qurollanish poygasiga qarshi kurash;

· Terrorizm va giyoxvandlikka qarshi kurash;

· YUqumli kasalliklar epidemiyalariga qarshi kurash;

· Tabiiy ofatlar ya’ni zil-zila, suv toshqinlari, yong‘inlar, vulqon otilishi, sunami va boshqalardan zarar ko‘rgan aholiga boshqa mamlakatlarning beg‘araz yordami.

Globallashuvning salbiy tomonlari:

· Ekologik muammolar ya’ni ozon teshiklari er xaroratining oshib borishi, o‘rmonlarining kamayishi, ya’ni cho‘l va saxrolarning paydo bo‘lishi, orol dengizi fojiasi va boshqalar;

· Turli mamlakatlarga kasallik epidemiyalarini tarqalishi, ayniqsa OITS;

· Terrorizm va giyoxvandlikning oshishi;

· Ommaviy ma’naviyat tahdidi.

· Qurol va giyoxvand moddalar savdosining kengayishi va boshqalar.

Inson va insoniyat hayotining har bir davri, yili, kuni, daqiqalari o`z qadr qimmati, ma`nosi va murakkab muammolariga ega. Lekin bugungi kunda insoniyat boshdan kechirayotgan davr mutloq o`zgacha , mislsiz murakkab va ziddiyatli. CHunki, ayni shu davrga kelib insoniyat hayotida muayyan bir davr o`z xotimasiga etib, yangi davr boshlanayotganini ko`rsatadigan misli ko`rilmagan o`zgarishlar sodir bo`lmoqda, butun insoniyat taqdiriga bevosita ta`sir etuvchi murakkab va keskin muammolarni echish zarurati vujudga keloqda. Bu davr muammolarining murakkab o`ziga xosligi shundaki, unda nafaqat ayrim mamlakatlar, davlatlar, mintaqalarning ayrim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va b. muammolari va xatto nafaqat G`arb yoki SHarq tsivilizatsiyalariga oid umumiy muammolar, balki butun insoniyatga va uning hayotining barcha tomonlariga oid murakkab va umumbashariy muammolar keskin ko`ndalang bo`lmoqda. Bugungi kunda butun insoniyat hayoti va mamoti masalasini qamrab olgan global muammolar misli ko`rilmagan dolzarbligi va keskinligi bilan maydonga chiqarkan, bu vaziyat avvalo G`arb va SHarq tsivilizatsiyalari ma`anaviy qadriyatlarini davr tarozusiga qo`yilmoqda.

Masalaning behad keskinligi va dolzarbligi atrof tabiatda sordir bo`layotgan inqirozli ahvolda (katastrofalarda) ham, siyosiy alg`ov-dalg`ovlarda ham, ijtimoiy va iqtisodiy krizis vaziyatlarida ham, kichik bir oilaning bola tarbiyasi yoki sog`liq bilan bog`liq muammolarida ham har qadamda ochiq-oydin namoyon bo`lmoqda. Bunday sharoitda harqanday inson oxirzamon haqida, o`z hayotining ma`no va maqsadi haqida chuqur o`yga tolishi tabiiy. Bunday sharoitda, kema xalokatga uchrayotgan xolatida bo`lgani kabi ko`pchilik taxlikada, o`zini har yoqqa urmoqda. Kimdir o`z vaandoshlarni qullikka sotib bo`lsa ham, jon jahdi bilan boylikka intiladi. Zero nazarida uni faqat boylik qutqaradi. Kimdir zo`r berib hukmronlik martabalari bo`ylab tinimsiz yuqoriga ko`tarilish yo`lini izlaydi. Go`yo yuqori martabaning mas`uliyati kamday. Kimdir maishatga intiladi. Kimdir bu sharoitdan qutulish yo`lini topa olmay, tushkunlikka tushadi, xastalanadi. Lekin mamlakat hayoti uchun jiddiy mas`uliyat hissini tuygan davlat rahbariyatining, chin ma`nodagi ziyolilarning, avvalo, faylasufning boshqalar tutgan yo`ldan borishga haqi yo`q. Zero , faylasuf chindan ham faylasuflikka da`vo qilsa, u yashash hikmatini, ya`ni to`g`ri yo`lni bilgan va boshqalarga uni ko`rsata oladigan odam hisoblanadi.

Globallashuv hodisasiga kim qanday (ijobiy yoki salbiy) munosabatda bo`lishidan qat`iy nazar bu jarayon hozirgi davrda avj olmoqda va ijtimoiy munosabatlarda o`z aksini topmoqda. SHunga qaramasdan har qanday ongli inson globallashuvning ma`no va mohiyati nimada, globallashuv inson va insoniyatga nima beradi, bu uning kelajak taqdiriga qanday ta`sir etadi, globallashuvning mevasi bo`lgan umumbashariy tartibsizlanish (xaos) sharoitida inson, jamiyat, davlatlar to`g`ri yo`lni qanday topishi mumkin kabi savollarga tinimsiz javob izlashiga to`g`ri kelmoqda. CHunki , bu jarayon ham yaratish, ham vayronkorlik keltiradigan ziddiyatli jarayon ekani endilikda yuzaki qarashdayoq ko`rinib turipti. Agar bu globallashuv dunyoda har biri o`z qonuniy “men”iga ega bo`lgan tengxuquqli millatlarlarning hamjihat YAgona Umumiy Fikri , YAgona Umumiy Ezgu tuyg`ulari, YAgona Umumiy Irodasining shaklanishi yo`lidan ketayotgan bo`lsa, u holda insoniyat, qanchalar qiyin bo`lsa hamki, unga shaksiz shubhasiz va tinimsiz intilishi joiz. Zero bu YAgona ilohiy hikmatning idealidir. Lekin, jahon ijtimoiy sahnasida namoyon bo`layotgan hozirgi hodisalar - rivojlangan mamlakatlar olib borayotgan globallashuv siyosatining rivojlanayotgan mamlakatlarga etkazayotgan turli zararlari, ularning ikkiyuzlamachiligi, xususan, yordam berish bahonasida ularning tovar va resurs bozorlarini ochishga majbur qilib, o`z bozorlarini esa yopiq saqlashlari, umuman, jahon savdo tizimidagi barcha adolatsizliklar hozirgi globallashuv yuqorida nazarda tutilgan yuksak ma`nodagi globallashuv emas, balki buning aksi - tor manfaatparastlardan tashkil topgan egoelitar guruhning butun dunyo boyligiga ega bo`lishga intilishi yo`lida dunyo xalqini eng boylar va eng qashshoqlarga ajralib ketishiga, qashshoqlarga nisbatan “oltin milliard” genotsid siyosatining olib borilishida, milliy o`zlik o`rniga xalqaro ziddiyatlar va terrorchilik olovi yondirilayotganida va shu kabi ko`plab hollarda yuz ochayotgan o`ta salbiy jarayon ekanini ko`rsatmoqda.

Ko`pchilik olimlar globallashuvning dastlabki paytlarida masalaning asl mohiyatini yaxshi tasavvur eta olmaganlari uchun globallashuvga erkin savdo yo`lidagi to`siqlarni olib tashlaydigan va barcha milliy iqtisodiyotlarni jamul jam qiladigan (integrallaydigan) ijobiy hodisa deb qaragan edilar. Lekin, bugungi kunda bu globallashuv faqat rivojlangan mamlakatlarga foyda keltirib, rivojlanyotgan mamlakatlarga, ayniqsa, juda kambag`al mamlakatlarga inqiroz olib keluvchi hodisa ekani ma`lum bo`ldi. Bu, rus faylasufi I.I.Belyaevning ta`kidlashicha, globallashuvning keyingi mamlakatlarga nisbatan genotsid quroli bo`lib xizmat qilayotganini ko`rsatadi.[4][23]

Ushbu fikr va mulohazalar hozirgi globallashuvning mohiyatini falsafiy jihatdan yoritish zaruratini vujudga keltiradi. Bu borada oxirgi o`n yilliklar mobaynida olib borilgan kuzatish va izlanishlar nihoyatda ziddiyatlidir. Bizningcha, hozir kuzatilayotgan globallashuv va deyarli barcha global krizislar, ko`pchilik faylasuf va siyosatchilar to`g`ri xulosaga kelayotganlariday, aslida XX asrning 70 yillarida yuzaga chiqqan G`arb tsivilizatsiyasining yalpi krizisi bilan bog`liq. Bu krizisning o`zi esa XU11 - XU11 asrlardagi Ma`rifatchilik harakatining G`arb industrial jamiyatiga bergan impul`si (ta`sir kuchi) tamom bo`lganini, uning ta`siri ostida jamiyat katta bir tarixiy davrni bosib o`tib bo`lganini va endilikda u o`z taraqqiyot imkoniyatlarini batamom sarflab bo`linganini bildiradi.

YUqorida sanab o`tilgan global krizislarning fonida ikki jiddiy krizis - asosiy energiya Resurslarining tamom bo`layotgani va kapital substantsional shaklining funktsional-informatsion shakl bilan almashgani bilan qo`shilib, endilikda kapitalistik xo`jalik mexanizmi avvalgiday qola olmasligini, uning transformatsiyalanishi davri kelganini bildiruvchi krizis sodir bo`lgan edi.

O`z tsivilizatsiyaning keyingi taqdiri, kelajagi muammolari bo`yicha intensiv izlanishlar olib borgan G`arb faylasuflari, madaniyatshunoslari va jamiyatshunoslari endilikda kapitalizmning industrial taraqqiyot tsikli tamom bo`lgani haqidagi xulosaga kelgan edilar. XX asr oxiri va XX1 asr boshlari G`arb ijtimoiy-ma`naviy hayotini xarakterlashda “post” birikmasi qo`shib ishlatilayotgan tushunchalar rang-barangligi, masalan, postiqtisodiy, postindustrial, postmodern, postkapitalistik, postpozitivistik, posttarixiy va h.k. aslida G`arb tsivilizatsiyasining so`nish pallasi, “kuz fasli” kelganini ifodalovchi tushunchalar edi. Zero, G`arb futurologlari endi bu tsivilizatsiyaning kelajagi qanday bo`lishini bashorat qila olmay qolgan edilar, - degan edi bu haqida U.Deyzard.[5][24] Rus faylasufi L.V.Leskovning tushuntirishicha ham kapitalistik formatsiya evolyutsiyasining dasturi yakun topgan , ya`ni endi u rivojlanish stimullariga ega bo`lmay qolgan edi. “Kapitalistik formatsiya o`z mavjudligi mobaynida ko`p krizislarni boshdan kechirgan , - deydi U. - Lekin oxirgi krizisning avvalgilaridan farqi shundaki, avvalgilarini kapitalistik xo`jalik yuritish ichki strukturasini qayta tashkillash orqali bartaraf etish mumkin bo`lib kelgan bo`lsa, keyingisini butun sistemaning o`ziga taalluqli bo`lgani uchun, uni (bu yo`l bilan) bartaraf etib bo`lmas edi.”[6][25] Demak, endilikda uning “faqat postindustrial, yoki postiqtisodiy tsivilizatsiyaga va integrallashgan ijtimoiy-madaniy tizimga o`tishi imkoniyatigina qolgan edi”-[7][26] deydi uning fikrini davom ettirganday YAkovets YU.B.

Kapitalning substantsional shaklidan funktsional-informatsion (komp`yuterlashgan) shakliga o`tish tufayli rivojlangan mamlakatlarda beshinchi, ya`ni informatsion-texnologik uklad vujudga keldi. Buning natijasida kapitalistik xo`jalikni tizim shakliga keltiradigan asosiy ziddiyat nisbatan bartaraf bo`ldi. Lekin, mutafakkirlar G`arb jamiyatining komp`terlashuvi o`zi bilan birga davlat boshqaruvining yoppasiga byurokratlashuvi va global politsiya hukmronligining qaror topishiga olib kelgan aksil tamoyilni ham keltirib chiqarganini ta`kidladilar. Masalan, J.Ellyul` shu jarayonning boshlanishidayoq “Byurokratik hokimiyat bilan chatishib oladigan informatika ijtimoiy hayotni metin kabi qotiradi. Bu yo`lning boshi berk (tupik) tarixiy yo`l ekani keyinchalik, uning oxiriga etilganidagina ma`lum bo`ladi. CHunki, bu yo`l juda yoqimli, engil, qiziqarli, soxta muvaffaqiyatlarga boy bo`lib, uni rad etishi qiyin. Lekin bu metin qotib, qattiq “siqqanidan keyin” haqiqat ravshanlashadi, lekin unda kech bo`ladi.”[8][27]

Ko`pchilik mutafakkirlar, xususan, rus faylasuflari va siyosatshunoslari[9][28] hozirgi davrning aksariyat global muammolari, shu jumladan sotsialistik tizimning mag`lubiyati, ya`ni sobiq Ittifoqning parchalanishi ham G`arb peshvolari o`z tizimini krizisidan chiqarish maqsadida tanlagan yo`lning natijasi ekani haqida, bizningcha, to`g`ri fikrlarni oldinga surdilar. Masalan, A.Kuz`mich o`zining maqolasida “bizdagi qayta qurish – jahondagi qayta qurishning bir qismi. Xomashyo va energiya tanqisligi bozir iqtisodiyotiga ega bo`lgan rivojlangan mamlakatlarga qanday xavf-xatarlar olib kelishi mumkinligini ko`rstatib bergan 1973 yil krizisi qayta qurishning birinchi bosqichi edi” deb yozgan edi.[10][29] F.Fukuyamaning shu muammoga maxsus bag`ishlab yozgan kitobida bu fikr yaxshi ochib berilgan.[11][30] Lekin, biz bu erda sotsialistik tizimning mag`lubiyatga uchrashida faqat shu tashqi, G`arb ta`sirigina emas, balki uning o`z ichki krizisi ham katta rol o`ynaganini hisobga olish joiz deb o`ylaymiz. Ammo bu masala maxsus ishlarda yoritilgani, shuningdek yanada maxsus va chuqur yoritilishi taqozo etiladigan masala bo`lgani uchun biz unga boshqa to`xtalmaymiz. Ammo SSSRning parchalanishi olamshumul krizisni boshdan kechirib turgan G`arb tizimining manfaatlariga muvofiq kelgani shubhasiz. Zero, ayni shu davrda G`arb futurologlari u erda tsivilizatsiya katta xavf ostida ekani haqidagi xulosalarga kelgan edilar. Masalan, postindustrializmga bag`ishlab yozilgan kitoblardan birining muallifi, fransuz sotsiologi Alen Turen “Xavf mavjudligi shubhasiz. To`kin-sochin yashashga odatlanib qolgan bizning jamiyatimiz o`zligini saqlab qolish qayg`usida xuddi SHarqiy Rim imperiyasida bo`lgani kabi tobora inqiroz sari cho`kib borayotgani ko`rinib turipti,”[12][31] - deb yozgan edi.

Mutaxassis olimlarning ko`rsatishlaricha, ayni shu munosabat bilan qirq yilcha avval G`arb tanlagan bu yo`l ilgarigi “yumshoq” keynscha sotsial kapitalizmni qayta qurish va uning asosiga yangi fundamentalistik neoliberalizm[13][32] mafkurani qo`yish strategiyasi ishlab chiqilgan.[14][33] Bu mafkura “manba`ga qaytish” deb talqin etilgan va D.Xarvining “Neoliberalizmning qisqacha tarixi” nomli kitobida yoritilgan. Ijtimoiy ong uni qabul qila olmagan edi. Zero unda avvalo ilgarigi klassik liberalizm pozitsiyasiga ham, yangi Reformatsiya g`oyalariga ham, dastlabki xristianlik g`oyalariga ham zid keladigan - universal gumanistik ideallardan voz kechishdan tortib to yangi budparastlikka qadar olib keladigan fundamentalistik kontseptsiya o`z ifodasini topgan edi.[15][34] Ayni shu jarayonni nazarda tutarkan, Amerikaning taniqli faylasufi E.Toffler o`zining “Hokimiyatning siljishi” (1990) nomli kitobida “Er qimirlashidan oldin uning tektonik qatlamlarida siljish bo`lganiday, jahon tarixida juda noyob hodisalardan biri sodir bo`lmoqda - hukmronlikning o`z mohiyati o`zgarmoqda”[16][35] deb yozgan edi.

Kelgusi jarayonlar bu siljishning mohiyatini yanada aniqroq ko`rsatmoqda. AQSH rahbarligi[17][36] ostida amalga oshirilayotgan globallashuv jahon iqtisodiy tizimini, xalqaro xuquqni, madaniyatni va millat va elatlar statusini tubdan o`zgartirish orqali taraqqiyot paradigmasini o`zgartirishga, dunyoda shu yangi mafkuraga muvofiq yangi tartib o`rnatishga urinishning natijasidir.[18][37] U tez orada hammaga taalluqli muhim ahamiyat kasb eta boshladi. CHunki, endilikda barcha madaniyatlar o`zligini saqlash uchun modernlashishga, ya`ni modernlashgan G`arb institutlari va texnologiyalarini o`z hayotlariga joriy etishga majbur bo`lgan edilar.

G`arb mafkurachilari globallashuv barcha mamlakat va xalqlarni jipslashtiradigan progressiv jarayon ekani, agar rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiy etishni , kambag`allikdan qutulishni istasalar ularning rejalariga amal qilishlari kerakligi, buning uchun hech qanday davlatlar aralashmaydigan erkin umumiy bozorlar tashkil etilishi ko`p ijobiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi fikrlarni oldinga suradilar.

Lekin bunday bozorlar allaqachon shakllanib bo`lgan va ularni tovar qiymati o`rniga uning ekvivalenti amal qiladigan deyarli yagona pul tizimi boshqara boshlagan edi. Boshqa tomondan qaraganda , chindan ham bu bozorlar ko`pchilik mamlakatlarning jadal iqtisodiy rivojlanishiga yordam berdi ham. Lekin, xalqaro savdo-sotiq faqatgina o`z iqtisodiy taraqqiyotiga foyda keltiradigan mamlakatlar eksportiga yordam berishini va bu endilikda ekologik hamda resurslar krizisi sharoitida kechayotganini hisobga olish zarur. SHuning uchun bunday bozorning yaratilishi istalgan yoqimsiz mamlakatni bir zumda bankrot qila oladi.[19][38]

Xatto, ba`zi mutafakkirlarning fikrlariga ko`ra, global hokimiyat (davlat) shakllangan bo`lmasa hamki, butun dunyoni boshqarayotgan global boshqaruv tizimi shakllanib bo`lgan va u faoliyat bajarmoqda. Bu tizim asosida kam sonli umumjahon institutlari – Jahon Valyuta Banki, Jahon Banki, Butun jahon savdo tizimi hamda butun dunyo muammolarini echayotgan bir xovuch egoelita yotadi, taqdiri ular tomonidan hal etiladigan juda katta ko`pchilikning esa bu erda ovozi o`tmaydi. Bu globallashuv siyosatining ko`pchilikdan iborat kishilar, tashkilotlar va mamlakatlarni shu ozchilikning qo`g`irchog`iga aylantirish quroli bo`lib xizmat qilayotganini ko`rsatadi. Albatta, bular haqida odatda rasman gapirmaydilar, aksincha, “bizning maqsadimiz - kambag`allikni umuman yo`q qilish” degan gaplar aytiladi, aslida esa “hamma ekkanini o`radi”, “bo`lib tashla va hukmronlik qil” shiorlari ostida amal qilinadi. Zero hozirgi davr voqealar rivoji va mantiqi ayni shunday xulosalarga olib keladi.

CHindan ham neolberalistik fundamentalizm siyosati iqtisodiy globallashuv orqali jahon iqtisodiy tizimini, xalqaro huquq tartibotini hamda millat va xalqlarning madaniyati va statusini o`zgartirish yo`li bilan butun insoniyatni ikki katta irqqa – o`ta boylar va o`ta kambag`allar irqiga ajralib ketishiga olib kelmoqda. Tabiiyki, buning oqibatida hech bir millat, mamlakat, xalq o`zligini saqlab qola olmaydigan yangi tartiblashuv vujudga kelmoqda.

YAngi tartiblashuv tufayli transnatsional korporatsiyalarning (TNK) jahon iqtisodiy tizimi xo`jayinlari bo`lib olganlari ham shu xulosani dalillashga xizmat qiladi. Ma`lumki, TNK jahondagi ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini va moliya oqimini, shuningdek, amalda butun yuqori texnologiyalar potentsialini o`z nazoratlari ostiga olganlar. Ayni shu sharoitda insoniyat intellektual va tabiiy resurslarini “so`rib oladigan nasos” ishga tushirilgan, endilikda bu resurslar ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan mamlakatlarga osongina oqib o`taveradi. Natijada boylarning yanada boyishi, kambag`allarning esa yanada qashshoqlashishi kuzatiladi. TNK esa o`z iqtisodiy manfaatlarini cheklashni aslo istamaydilar.[20][39]

Ayni shu jarayonlar, bizningcha, hozirgi iqtisodiy, ayniqsa moliyaviy (finans) krizislarda va ular bilan uzviy bo`lgan turli siyosiy kuchlar orasida nizolarning keskinlashuvida, ayrim xalqlar o`rtasidagi qon to`kilishlarda o`z ifodasini topayotgan siyosiy krizislarda ham namoyon bo`lmoqda. Xatto keyingilarining keskinligi ekologik krizisnikidan kam bo`lmayapti. G`arb olimlari mazkur holatni ayrim davlatlar, ularning siyosiy rahbarlari, yoki diplomatlarning xatolari deb ko`rsatmoqdalar. Lekin bugungi kunda ko`pchilik olimlar, siyosatchilar, diplomatlar, tadbirkor-biznesmenlar va h.k larning butun e`tibori masalaning tub mohiyatiga emas, uning tashqi shakliga qaratilgan. Ular mazkur xaosdan (tartibsizlikdan, sirli qorong`ulik qa`ridan) qanday tartiblanish kelib chiqishini anglashga harakat qilmoqdalar. Vaholanki, poydevoriga yuksak ma`naviyat qo`yilmagan tartiblanishdan ijobiy natija chiqmasligi aniqroq. SHunday vaziyatda 2008 yilda jahon miqyosida boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning O`zbekistonga ta`sirini bartaraf etish yo`llari va choralari bo`yicha o`z vaqtida ishlab chiqilgan dasturning ahamiyati kattaligiga alohida e`tibor berish[21][40] va ayni paytda siyosiy xushyorlikni ham esdan chiqarmaslik joiz.

Zero, G`arb tsivilizatsiyasi peshvolarining, ayniqsa AQSHning o`z krizislaridan chiqish uchun tanlagan yo`li nafaqat ijtimoiy hayotning byurokratlashtirilgani, politsiyalashtirilgani, jahon bozorining o`zlariga bo`ysundirilgani, globallashuvni o`zlaridan boshqa jamiyatlarni iqtisodiy va ma`naviy zaiflashtirish quroliga aylantirilgani bilan, balki jahon miqyosida buzg`unchi g`oyalarni oshkora tarqatilgani, va, ayniqsa, halqaro terrorchilik urug`ini sochilgani bilan ham ayanchlidir. G`arbning Derrida, Bodriyar, Jijek, Bak-Mors, Groys kabi taniqli mutafakkirlari xulosalariga ko`ra globallashayotgan dunyo terrorizmdan mustaqil emas, aksincha, terrorchilik aynan uning maxsulidir. Endilikda xalqaro terrorchilik hozirgi davr “ilg`or” insoniyati ma`naviy qiyofasini boricha, oshkor ko`rsatmoqda. “Terrorchilik ham ekzotik hodisa bo`lmay qoldi, - deb yozadi bu haqida Subbotin Aleksandr Alekseevich va Subbotin Aleksey Savel`evich, - u ijtimoiy ongning hamisha bezovtalikda yashash muhitga aylandi.”[22][41] Bodriyarning ta`kidlashicha esa, AQSH ko`pdan buyon “butun dunyoga terrorcha tasavvurlarni singdirib kelmoqda”.

SHularni nazarda tutarkan, “Mohiyatan terrorcha tizim bo`lgani uchun o`rnatilayotgan bu yangi tartibot uzoq vaqtdan buyon muvaffaqiyat bilan zo`ravonlikni dunyoga eksport qilish bilan shug`ullanib keldi, -“[23][42] deb yozadi rus faylasufi M.Riklin. - 11 sentyabr` veqeasi esa globallashayotgan dunyoda bu siyosat bumerang qonuniga ko`ra o`z xo`jayiniga, ya`ni AQSHning o`ziga qarshi ham ishlashi mumkinligini ko`rsatib berdi.[24][43] Rus siyosatshunosi Sergey Batchikov esa “YAngi terrorcha tartibotga qarshi qaratilgan bu terrorni globallashuv tufayli repressiya qilingan va kamsitilganlar nafratining ifodasi,”-[25][44] deb xarakterladi. YUqoridagilar globallashuv siyosati millatlararo, mamlakatlararo, xalqlararo ziddiyatlarni keskinlashtirish yo`li ekanini ko`rsatadi.

Bu esa G`arb, xususan, AQSH rahbarligi ostida amalga oshayotgan globallashuv xaosni vujudga keltirsa hamki, ammo uni o`zi istagan tartibga solib bera oladigan attraktorlarni yaratish qo`lidan kelmasligini ko`rsatib berdi. SHuning uchun bu tizim, J.-P.Kantenning[26][45] to`g`ri ta`kidlashicha, sodir bo`layotgan hodisalarga to`g`ri diagnoz qo`yishga qodir emas. Vaholanki bu, ko`pchilik faylasuflar va siyosatshunoslar to`g`ri ko`rsatayotganlaridek, butun dunyoda G`arbni qanoatlantiradigan yangi tartibotni o`rnatishdangina iborat bo`lgan oddiy bir strategiyaning amalga oshirilishi ham emas, balki butun G`arb tsivilizatsiyasi endi misli ko`rilmagan axloqiy inqirozga ham uchraganining ifodalovchi jarayonning ifodasi hamdir. Zero, G`arb peshvolari va mafkurachilari o`z tsivilizatsiyalariga tegishli evolyutsion ziddiyatlarini qisman bo`lsa ham bartaraf etish va o`z tuzumlarining umrini uzaytirish maqsadida “oltin milliard” deb nomlangan fashistona dasturni[27][46] ham ishlab chiqqani ham ma`lum bo`ldi. Bu dastur asosiga demografik krizis muammosi qo`yilgan bo`lib, unda faqat shu “oltin milliard”ga kiradigan tanlangan, sara odamlarnigina saqlab qolishga harakat qilish, boshqalarning esa “biologik klon”larga aylanishi, yoki o`z-o`zidan yo ataylab qirilishi nazarda tutiladi.[28][47]

Albatta “oltin milliard” degan tushuncha hech qaysi rasmiy xujjatlarda uchramaydi, u bir majoziy tushuncha xolos. Lekin, hozirgi davr ko`pchilik rus olim, siyosatchi va mutafakkirlari, masalan S.G.Kara-Murza, M.I.Belyaev, Sergey Batchikov, P.Xomyakov va boshqa ko`pchilikning mutaxassis olimlar, faylasuf va siyosatchilar fikrlariga ko`ra bu tushunchaning ishlatilishida asos yo`q emas. Masalan, turli ijtimoiy tizimlar tarixini maxsus o`rganish bo`yicha ixtisoslashgan S.G.Kara-Murzaning tushuntirishicha, keyingi vaqtlarda bu tushunchaning juda keng tarqalayotgani va u Yevropa hamda dunyoning boshqa rivojlanayotgan “birinchi mamlakatlari”ning “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot” tashkilotiga kirgan 24 mamlakat xalqi nazarda tutilayotgani hisobga olinsa, shunday kontseptsiya mavjudligi haqidagi fikrlarda asos mavjudligini inkor etib bo`lmaydi. “Ushbu kontseptsiyani qabul qilish yo qilmaslik axloloqiy va xatto diniy nuqtai nazarga bog`liq, - deydi U. – Lekin bu g`oya xristianlikka (shu jumladan, islomga va ayniqsa buddizmga) mutlaqo ziddir.”[29][48] Bir so`z bilan aytganda, XX1 asr bo`sag`asida G`arbda radikal mal`tuschilik kontseptsiyasi qayta tug`ildi.

Rossiya siyosatchilaridan va ziyolilaridan bir qismi 90 yillarda yangi liberalizm va Yevropamarkazchilik mafkurasi ta`sirida ushbu utopiyani qabul qilgan va uning targ`ibotchilariga ham aylangan edi.”[30][49] Rossiya siyosiy agentligi yangiliklarida o`z izlanish natijalarini e`lon qilgan S.Batchikov ham “90 yillarda neoliberal globallashtirish tashviqotiga berilgan rus siyosatchilar va ziyolilarining bir qismi etakchi G`arb sotsiologlarining bu boradagi faktlarni aytmay kelishganida ayblaydi.”[31][50] Lekin, umuman olganda, BMT ma`lumotlariga ko`ra ham Erda bor xomashyo miqdori va energiya resurslari (optimal ishlatilsa) faqat 1 mlrd kishi uchun etarli. Vaholanki, 2000 yil va undan keyin aholi soni 8 mlrd. dan oshishi kutiladi. Bundan tabiiy ravishda o`sha “oltin milliard”ning AQSH, YAponiya, IHMlariga kiruvchilardan tashkil topishi, asosiy xomashyo va energiya manbalarining egalari bo`lgan qolgan mamlakatlarning aholisi esa yuqoridagilarning koloniyalariga aylanishi haqidagi xulosa kelib chiqadi.

G`arb mutaxassis olimlari shularni nazarda tutib va qolgan 7 mlrd. aholini tizginda tutib turish mumkin emasligini hisobga olib, XX asrning 90 yillarida davlatlarni “internatsionallashtirish va ularni bir biri bilan bog`lash” deb nomlangan yangi nazariyani ishlab chiqdilar. Bu nazariya mohiyatan kapitalni, tovarlarni va ishchi kuchini, oxir oqibatda esa butun xomashyoni ham yagona markaz tomonidan taqsimlanishi yo`lga qo`yiladigan va bu ishda TNKning xalqaro qurolli kuchlari “tartib va barqarorlik” o`rnatadigan jahon markazini yaratishni ko`zda tutadi. Uning amaliy dasturi esa Erning tabiiy va energetik resurslari ustidan nazorat qilishni jahonning sanoat-moliyaviy elitasi qo`liga topshirishni ko`zda tutadi, davlatlarning o`z tabiiy boyliklariga bo`lgan suverenitetini bekor qiladi, ya`ni diplomatlar xomashyolarning milliy “uylar”ga tarqalib ketishi xavfini olish maqsadini oldinga suradi.



“Oltin milliard” dasturining asosiga qo`yilgan demografik krizis muammosi akademik S.P.Kapitsa[32][51] tomonidan ham nazariy jihatdan o`rganilgandi. Uning insoniyat populyatsiyasining o`sishi qonunini tadqiq etib, chiqargan xulosasiga ko`ra 2030 yilga qadar planeta aholisi yo o`sishdan to`xtashi kerak, yoki uning depopulyatsiyasi (populyatsiya sifatida xalok bo`lishi) muqarrar.[33][52] Vaholanki, bular, o`z navbatida, ocharchilik, pandemiyalar (keng ko`lamli epidemiyalar), urushga olib keluvchi konfliktlarga va sh.k. olib kelishi kutiladi. SHuning uchun Rim klubi yordamida “oltin milliard” dasturi ishlab chiqilgani haqidagi fikrlarda asos bor.

Albatta, bu yangi strategiya, garchi, xatto u chetlab o`tilishi mumkin bo`lmagan zarurat ekani ilmiy asoslab berilgan taqdirda ham, u “oltin milliard” doirasiga kirmaydiganlar tomonidan qabul qilinishini tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Uzoqni ko`ra biladigan ko`pchilik G`arb siyosatchilari bu katta ko`pchilikning reaktsiyasi boshqacha bo`lishini – jahon tsivilizatsiyasining parchalanishi, xalok bo`lishi ehtimoli juda katta bo`lishini bashorat qilmoqdalar.[34][53] Bu esa global tsivilizatsion xalokat davri kelganini bildiradi. Aslida bu so`nggi xulosa yangilik emas. Zero barcha dinlarda bunday davr kelishi bashorat qilingan va u “oxir zamon” haqidagi esxatologik ta`limotlarda o`z ifodasini topgan. SHuning uchun bunda asl muammo kim saqlanish huquqi va imkoniyatlariga ega bo`lishi yoki ega bo`lmasligi kerakligida emas, balki oxiratga qanday ma`naviy qiyofa bilan borishda ekanini kimlardir hamon fahmlay olmay turganidadir. Lekin, endilikda G`arb faylasuflari va ruhshunoslari orasida ham mazkur krizisdan qutulish yo`li sifatida yoshlarning ongida revolyutsiya sodir etish, ularning dunyoqarashini insonparvarlashtirish zarurligi yo`lini ko`rsatayotganlar ham bor. Masalan, ushbu muammoga turli tomondan yondoshuvlar Timoti Liri, Robert Uilson, Stanislav Grof kabilar tomonidan oldinga surilgan.[35][54] Biz ham ayni shu xulosa tarafdorimiz. Ammo bu niyatlar qachon va qanday amalga oshishi hozircha noma`lum. CHunki, XVII asrlardan buyon shakllanib, rivojlanib, amaliyotda qo`llanib kelingan dunyoqarashning tub o`zgarishi qiyin.
Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin