XAFSIZLIK 9a-19 tja Abdurasulov Hayotjon mustaqil ish
Mavzu: INDIKATOR
Reja:
1.Indikator haqida malumot.
2.Indikatorning turlari .
3.Indikatorning ishlash prinsipi.
Indikator (lot. indico — koʻrsataman, aniqlayman) — biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan obyektning holatini inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element). Vizual (koʻrib), akustik (eshitib), tahlil (sezish, iskash va b. ga asoslangan) va b. xillari bor. Inson axborotlarning qariyb 90 foizini koʻrib idrok qilgani uchun vizual I. kengroq ishlatiladi. Vizual I. ning katta guruhini tasviriy I. lar tashkil etadi, ular obyektning fazodagi holatini, tasnifiy oʻzgarishini grafik tarzda yoki elektron-nur trubkasi ekranida egri chiziq tarzida tasvirlaydi. "Hozir boʻlish effekti" ni yaratuvchi vizual I. dan foydalanilganda yaxshi idroq qilinadi. Mas, samolyotning bir necha I. koʻrsatayotgan vaziyati samolyotni tusmollab qoʻndirish asbobidagi bitta koʻrinadigan shartli tasvir — obyektning ekranda siljishi bilan almashtiriladi (1-rasm). Kuzatilayotgan obyekt yaxshi koʻrinmaydigan joylarda akustik I. qoʻl keladi. Obʼyektdan keladigan signallarni darhol sezish lozim boʻlgan hollarda taktil I. vizual I. bilan birga qoʻllaniladi.
Tuzilishiga koʻra, signal I. i (lampalar, qoʻngʻiroq, richag va b.), milli (minut, metr, kilogramm, gradus va b. ga boʻlingan shkalali), raqamli, tasviriy (yaqqol), proyeksion (elektron-nur trubkali) va aralash I. lar buladi. Vazifasiga ko'ra, rostlash, o'lchash, radiolokatsiya va b. xillarga boʻlinadi. Konchilikda plunjerli nasosning klapanlari ishini nazorat qilib turadigan rostlash I. i qoʻllaniladi. Mashinasozlikda berilgan oʻlchamdan ogʻish qiymatini koʻrsatadigan oʻlchash I. i ishlatiladi (2-rasm). Radiolokatsiya I.iradiolokatorning taʼsir doirasida nishon paydo boʻlganini koʻrsatadi va uning koordinatalarini aniqlab beradi.