Reja: Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati


+ ir = yoki, mos ravishda, ir =



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/6
tarix20.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65578
1   2   3   4   5   6
Risk 6

1 + ir =
yoki, mos ravishda,
ir =
Bu yerda:
ir – daromadlilikning real stavkasi;
in – nominal foiz stavkasi;
id - inflyatsiya darajasi.
E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi bo‘lgan instrument real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.
Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi.
Agar yillik foiz stavkalari (APR (annual percentage rate)) nisbatini uzluksiz foizlarni hisoblash bilan birga qo‘llasak, ifoda quyidagi shaklni oladi:
Shunday qilib, agar nominal APR yiliga 8% va inflyatsiya darajasi 6% bo‘lsa (uzluksiz hisoblashni hisobga olsak), haqiqiy foiz stavkasi uzluksiz hisoblanuvchi yillik ir = 8 - 6 = 2% ga teng bo‘ladi.
Qat’iy belgilangan daromadli vosita nominal ifodada ishonchli, real ifodada esa ma’lum darajada riskga ega. Misol uchun, tasavvur qilaylik, bank sarmoyadorlarga 8 foizli risksiz yillik foiz stavkasini taklif qiladi. Kelajakda inflyatsiya darajasi noma’lum ekanligi sababli, real qiymatda ushbu bank hisobvarag‘iga pul qo‘yish riskli bo‘ladi
Bunday holda kutilgan real daromadlilik stavkasi quyidagicha bo‘ladi:
yoki yiliga 1,89%ni tashkil qiladi. Agar inflyatsiya darajasi 6% dan yuqori bo‘lsa, real daromadlilik stavkasi 1,89% dan kam bo‘ladi.
Shunday qilib, inflyatsiya riski deb yuqori inflyatsiya natijasida olingan daromad o‘sib borishiga qaraganda tezroq (xarid qilish qobiliyati nuqtai nazaridan) qadrsizlanish riskiga aytiladi.
Inflatsiya riskini minimallashtirish usullaridan biri, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha keladigan nominal daromadga inflyatsiya mukofoti hajmining kiritilishi hisoblanadi. Inflyatsiya sur’atlarining istiqbolini belgilash qiyin bo‘lsa, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha olinadigan real daromad hajmini ushbu moliyaviy operatsiyalar vaqtida amal qilgan valyuta kursi bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblash orqali biron bir barqaror valyutada hisob-kitob qilinishi mumkin.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin