Reja: Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqish sabablari Inflyatsiyani hisoblash usulari O’zbekistonning



Yüklə 95,16 Kb.
səhifə1/7
tarix22.12.2023
ölçüsü95,16 Kb.
#189972
  1   2   3   4   5   6   7
Inflyatsiyaning turlari lokal inflyatsiya , global inflyatsiya.


Inflyatsiyaning turlari: lokal inflyatsiya , global inflyatsiya.
Reja:
Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati
Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqish sabablari
Inflyatsiyani hisoblash usulari
O’zbekistonning inflyatsiya ko’rsatkichi tahlili
O’zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Iqtisodiyotimizning jahon xo’jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo’lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir ko’rsatayotgani haqida gapirib o’tirishning hech qanday zarurati bo’lmasa kerak, deb o’ylayman.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.1

Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo’lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo’yilmalar hajmining o’sishi investitsion faollikni rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’ladi.


Bunday ta’sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo’naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog’liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo’lmoqda. Bu esa, o’z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ko’zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishish yo’lida ko’plab muammolarni tug’dirmoqda.
Kurs ishining obyekti O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Statistika davlat qo’mitasi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yazaga kelayotgan inflyatsiya darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi.
Kurs ishining mavqadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini o’rganib, uni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat.

Yüklə 95,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin