Reja: Inklyuziv ta’lim haqida tushuncha. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. Tayanch tushunchalar



Yüklə 29,98 Kb.
səhifə1/3
tarix09.06.2023
ölçüsü29,98 Kb.
#127378
  1   2   3
1-ma\'ruza (1)


Inklyuziv ta’lim haqida tushuncha. Inklyuziv ta’lim kursining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. Inklyuziv ta’lim haqida tushuncha.
2. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari.
Tayanch tushunchalar: Inklyuziv ta’lim, segregasion ta’lim, integrasiyalashgan ta’lim, maktabgacah ta’lim, ijtimoiy moslashuv, tamoyil.


Inklyuziv ta’lim haqida tushuncha.
Yurtimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonlarida maktabgacha ta’lim sohasidagi yangilanishlar va o‘zgarishlar muhim o‘rin tutmoqda. Bu jarayonda davlat tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga jahondagi ilg‘or tajribalarni faol joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yordam va ko‘makka muhtoj insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishlari, jamiyatga faol integrasiyalashuvi va moclashuvi uchun munosib sharoit yaratib berish masalalariga yurtimiz va jamiyatimiz tomonidan alohida ustuvorlik berilmoqda. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Yangi Oʻzbekistonda inklyuziv rivojlanish, yaʼni aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Ma’lumki, inklyuziv shakldagi ta’lim dunyo miqyosida ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oladigan va imkoniyati cheklangan shaxslar ta’limi uchun muqobil va maqbul ta’lim shakli, deb e’tirof etilgan. Ya’ni, zamonaviy dunyoda ta’limga umumjamiyat farovonligining bosh omili, insonning asosiy huquqlaridan biri va boshqa huquqlarini ta’minlashning asosi, shuningdek, tinchlik, bag‘rikenglik, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish va barqaror taraqqiyotning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Inklyuziv ta’lim esa, ta’lim maqsadlarining barcha uchun birday to‘liq va sifatli amalga oshirilishining o‘ziga xos va samarali yo‘llaridan biri sifatida talqin etilmoqda1.
Maxsus ta'lim o'zining ko'p yillik rivojlanish jarayonlariga egadir. Tarixan olib qaraganda, barcha jamiyatlarda jismoniy yoki psixik jihatdan imkoniyatlari cheklangan odamlar sog‘lom odamlar bilan birga yashab kelgan. Rivojlanishning turli davrlarida ularga munosabat ham turlicha bo‘lib, “jamiyat oilada imkoniyati cheklangan bola bo‘lishini fojea sifatida qabul qilib kelgan”. Jumladan, antik davrlarda qadimgi grek madaniyatida “inson xudolarga monand bo‘lishi kerak” degan dunyoqarash nogironlarga nisbatan kamsitish va jamiyatdan ajratib qo‘yilishiga olib kelgan bo‘lsa, qadimgi Rimda nogironlarning jang qilish imkoniyatlari cheklanganligi sabab fuqarolik huquqlarida ham cheklanishlar bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Quldorlik, feodalizm kabi jamiyatlarda nogironlar mehnat qobiliyati cheklanganli sabab, ularga nisbatan jamiyat uchun “ortiqcha yuk” sifatida qarash mavjud bo‘lgan. Faqatgina Uyg‘onish davrida insonlarni jamiyatdan ajratmaslik, kamsitmaslik, aksincha, barcha sohalarda sharoit va imkoniyatlar yaratib berish g‘oyalari shakllana boshladi. O‘tgan 20-asrning ikkinchi yarmiga kelib nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida e’tirof etilib, insonga nisbatan ma’lum mezon va standartlarni joriy etish fikridan voz kechishga o‘tildi2.
Shu tariqa nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib hayot va turmush sharoitlarini yaratib berish, ularning barcha sohalardagi huquqlarini kafolatlash va g‘amxo‘rlik qilish bugungi kunda rivojlangan davlatlar insonparvarligi va demokratik boshqaruv darajasini belgilovchi asosiy mezonlardan biri bo‘lib qoldi.
Zero, zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri – bu alohida ehtiyojli bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Inklyuziv ta’lim alohida ehtiyojli bolalarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, ta’lim olish va rivojlanish imkonini beradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida yangi avlod maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida rivojlanishda alohida ehtiyojli bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratilgan3. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarorida sog‘lom avlodni tarbiyalash vazifalarini samarali hal qilish maqsadida “rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari bo‘lgan bolalarda asosiy kompetensiyalarni zaruriy sifat darajasida shakllantirishga erishish, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integrasiyalashuvini ta’minlash4ga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish bu boradagi ahamiyatli yo‘nalishlardan biriga aylandi.
Alohida ehtiyojli bolalar ta’limiga bo‘lgan yondashuv 20 asr davomida qator o‘zgarishlarga duch kelgan. Xalqaro amaliyotda maxsus ta’lim transformasiyasining uch bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Segregasion ta’lim (segregasiya - ajratish, alohidalash) rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning maxsus ta’lim asosida, ya’ni me’yorda rivojlanayotgan bolalardan ajratilgan holda ta’lim va tarbiya olishlarini nazarda tutadi.
Integrasiyalashgan ta’lim (integrasiya - qo‘shilish, birlashtirish) u segregasion ta’limning aksi bo‘lib, bunda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar umumta’limga kiritiladi. Biroq, integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi.
Inklyuziv ta’lim (inklyuziya - uyg‘unlashmoq, qamrab olmoq) alohida ehtiyojli bolalarning me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olishi va ilk yoshdan hayotga moslashishini ko‘zda tutadigan ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarning ta’lim olishda turli ehtiyojlarga ega shaxslar ekanini e’tirof etadi. Inklyuziv ta’lim bolani emas, ta’lim mazmunini o‘zgartirishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olmoqdalar. Mazkur tashkilotlarda bolalarning ta’lim va tarbiya olishi bilan bir qatorda, maxsus malakaga ega pedagoglar, ya’ni defektolog, psixolog, shuningdek maxsus pedagogikaga doir bilimlarga ega tarbiyachilar tomonidan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar amalga oshiriladi, ta’lim jarayoni bolalarning rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda moslashtirilgan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi, guruhdagi tarbiyalanuvchilar soni 10-15 nafarni tashkil etib, bu har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq, aksariyat hollarda rivojlanishi nuqsoni bo‘lgan bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu-kunduz bo‘ladigan guruhlarda tarbiyalanishini e’tiborga olsak, segregasion, ya’ni yopiq turdagi ta’lim natijasida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy hayotga moslashishlarida ko‘plab qiyinchilik va muammolarga duch kelishlari mumkinligi ehtimolini yoddan chiqarmaslik kerak.
Qator Xalqaro miqyosdagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar jamiyatning to‘laqonli va teng huquqli a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ularning ta’limida yangicha yondashuv maydonga keldi. Bu ta’lim barcha bolalarning tili, dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, jismoniy va ruhiy holatlaridan qat’iy nazar ta’limga jalb etishni ko‘zlovchi “inklyuziv” ta’lim nomi bilan ataldi.
YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1994 yilning 7-10 iyun kunlari Ispaniyaning Salamanka shahrida o‘tkazilgan “Alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limi” masalalariga bag‘ishlangan halqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra halqaro amaliyotga ilk bor inklyuziya termini kirib kelgan.
Inklyuziv ta’lim – bolalarni bir-biridan ajratuvchi to‘siqlarni bartaraf etishga, ularning yoshi, jinsi, diniy va ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolishi va iqtisodiy ta’minlanganlik darajasidan qatiy nazar, ta’lim jarayoniga to‘liq uyg‘unlashtirishga qaratilgan davlat siyosati5.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida inklyuziv ta’lim va tarbiya tushunchasiga “bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon”6 sifatida izoh berilgan.
Adabiyotlarda ko‘p hollarda integrasiya va inklyuziya termini bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada mazkur ikki tushuncha o‘rtasida farq mavjud.
Integrasiyalashgan ta’lim rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani umumta’limga qatnashishini nazarda tutib, ya’ni integrasiyalashgan ta’limning diqqat markazida bolaning umumta’limga kelib ketishigina turadi. Integrasiyalashgan ta’limda bola ta’lim tashkilotiga yoki jamoaga moslashishi uchun uni o‘zgartirish yoki tiklash kerak, deb taxmin qilinadi. Masalan, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola umumta’lim sharoitiga moslashishi uchun eshituv apparatidan foydalangan holda gapirishni o‘rganishi kerak. Mazkur ta’limda bola ta’limga qo‘yilgan standart talablarni bajarishi lozim.
Inklyuziv ta’lim rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylanib, umumta’limda samarali ta’lim va tarbiya olishini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim bolani emas ta’lim mazmunini bolalar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishni talab etadi. Inklyuziv ta’lim bolaning individual psixologik, o‘zlashtirish xususiyatlarining xilma-xilligini hisobga olishni, va shu asosida ta’limni bolalarning imkoniyatlariga moslashtirishni nazarda tutadi.
Integrasion va inklyuziv tushunchalarining o‘rtasida umumiylik ham mavjud bo‘lib, bu umumiylik bolani umumta’lim tizimi sharoitiga kiritishdan iborat.
Mazkur ta’riflarni umumlashtiradigan bo‘lsak, inklyuziv ta’lim me’yorda rivojlanayotgan va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ularni ta’lim tizimiga to‘liq qo‘shishni va ijtimoiy hayotga moslashtirishni ifodalovchi ta’lim tizimidir7.
Ijtimoiy moslashuv - shaxsning jamiyatda qabul qilingan insoniy qadriyat, maqsad, ahloqiy me’yorlarni qabul qilishi va egallashi yo‘li bilan ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishidir.

Yüklə 29,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin