G’arb falsafasi
Subtitle here
Reja:
Inson falsafiy muammo sifatida.
1
Falsafa tarixida insonning kelib chiqishi haqidagi
ta’limotlar
2
Insonga nisbatan biologizatorlik va sosiologizatorlik
konsepsiyalari
3
Inson falsafiy muammo sifatida.
Falsafa tarixida insonga murojaat
etmagan, inson moddiy va ma'naviy
borlig‘ining turli tomonlarini bevosita
yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf
yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli
mumkin emas.
Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki makrokosmga zid
o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun
olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining
tagiga yetish borliq jumbog‘ining tagiga yetish bilan barobar ekanligini
qayta-qayta anglab yetganlar.
Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos
xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar.
Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga
aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi”.
O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni
anglaysan. Dunyoni insonning teran
qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga
bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida
faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini
beradi. Insondan sirtga qarab harakat
qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini
hyech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat
insonning o‘zida mujassamlashgan.
Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va
ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni
o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab yetadi.
Falsafa dunyoni inson orqali ichdan
bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi
dunyoni yuzaki bilish demakdir. Insonda
mutlaq borliq, insondan tashqarida esa –
nisbiy borliq namoyon bo‘ladi.
Darhaqiqat, antik davrdan boshlab insonga bo‘lgan qiziqish dam
kuchayib, dam ma'lum vaqt pasayib turgan, lekin hyech qachon
yo‘qolmagan. «Inson nima?», degan savol bugungi kunda ham avvalgidek
jahon falsafasidagi o‘ta muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda,
insoniyatning eng o‘tkir aql-zakovat sohiblari e'tiboridan tushmay va ayni
vaqtda o‘zining uzil-kesil, umumiy e'tirof etilgan yechimini topmay
kelmoqda.
Inson har safar mutafakkirlar diqqat
markazidan o‘rin olar ekan, uning
mohiyatini yangi tarixiy sharoitda va
yangicha nuqtai nazardan anglab yetishga
harakat qilib, uni qayta va qayta yangidan
kashf etganlar. Pirovardida, falsafa fanida
insondan murakkabroq va ziddiyatliroq
predmet yo‘q, desak, hech mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda
ko‘p ta'riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki,
falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob'ektida bunday holga duch
kelish mushkul.
Dostları ilə paylaş: |