Xozirgi zamon inson falsafasining mazmuni davr qo’ygan masalalarga javob berish bilan takozolangandir. Xaqiqatdan xam insoniyat xozirgi vaqtda ilmiy bilimlar va dolzarb xayotiy muammolarni xal etish uchun zarur bulgan ilmiy texnikaviy va madaniy vositalar etishmayotganligini emas, balki bu vositalardan donolik bilan foydalanishmayotganligini yaqqol sezmokda. Bu donolik markazida doimiy kadriyatlar xisoblangan tinchlik, donolik, ijtimoiy adolat va boshkalar turadi.
Antropogenez doirasida insonning biologik tabiati bilan ijtimoiyligi nisbatini aniklab olish muximdir. Umuman olganda bu muammoni urganish insonning eng qadimgi tarixidan boshlab dolzarb bo’lib kelmokda. Negaki, insonning ayni bir vakgning uzida xam jonli tabiatga, xam jamiyatga mansubligi xar doim kupgina masalalarni keltirib chikarishi bilan birga to’g’ridan to’g’ri, prinsipial jixatidan dunekarash masalalarini xam kun gartibiga kuyadi. Buni Arastuning, inson "siesiy xayvondir", degan so’zlarida ifodalangan ma’nodan xam bilsa buladi.
Xaqiqatdan xam Homo sapiens turi biologik jixatdan Homo urugining Homo hofilis (kobiliyatli odam), Homo erectus (tikka yuruvchi odam) kabi turlaridan fark kilinmasada, lekin bir xil 'sezish organlari, bir xil kon aylanishi, muskul, nafas olish, suyak tizimlari va xakozolarga egadir.
Bulardan kelib chikib insonning barcha xatti - xarakatlari, orzu istaqlari va faoliyati turlari oxir okibatda biologiyaviy takozo etilgan deyishga asos bormi? Falsafa tarixida bunga ikki xil: inson belgilovchi tomoniga ko'ra, biologik mavjudot va inson ijtimoiy mavjudot, ijtimoiylik uning biologiyaviy tabiatini oxir okibatda belgilaydi, degan javoblar berilgan.
Falsafiy antropologiya fanini oʼrganishda kompleks, tizimli
uslublardan foydalanish zarur boʼlib ularning ichida qiѐsiy taqqoslash
uslubi ham alohida oʼrin egallaydi.
Masalan, zamonaviy biologiya, psixologiya, sotsiologiya fanlarida inson
muammosiga tegishli boʼlgan manbalar falsafiy jihatdan tahlil qilinadi va
insonning ruhiy haѐtiga tegishli boʼlgan gʼoyalar ѐritiladi. Ushbu fanlarda
insonga tegishli boʼlgan gʼoyalar, tushunchalar kompleks tarzda qiѐsiy tahlil
qilinadi. Maks Sheler tomonidan ishlab chiqilgan inson taʼrifining
irratsional ѐndashuviga binoan inson tabiatida eng muhim jihatlar ruhiy
tabiatga ega boʼlib ular ichida Sheler kiritgan ruhiy yurak tushunchasi
markaziy tushunchalardan biridir [3, 38]. Bu tushunchani Sheler xristian
falsafasining mashhur namoѐndasi Аvreliy Аvgustin taʼlimoti taʼsirida
ishlab chiqqan. Bu tushuncha bilan boshqa bir qator tushunchalar bir biriga
bogʼlanib Sheler antropologiyasida oʼziga xos boʼlgan tizimni shakllantiradi.
Аrnolьd Gelen, Gelьmut Plesner va Erix Rotxaker taʼlimotlarida esa
inson biologik jihatdan nomukammal mavjudot sifatida taʼriflanadi va
uning bu kamchiligi madaniyatning yaratilishi orqali toʼldiriladi.
Zamonaviy falsafiy antropologiya vakillaridan biri Odo Markvard esa
insonni «Homo compensator» deb ataydi va uning fikricha inson hayvonot
olamidan ajralib chiqqan nomukammal biologik zot boʼlib u oʼzining aqli
tufayli oʼzining kemtikliklarini toʼldirishga harakat qiladi [4, 912-918].
Mixaelь Landman esa insonning faoliyatida obʼektiv ruhning taʼsiri va
harakatini koʼradi, uning fikricha inson tabiatida ruhiy jihatlar asosiy
rolь oʼynaydi, inson bu ruhiy va biologik jihatlarning ierarxiyasidan
iborat [5, 196-204].
Diniy antropologiya vakillari Gans-Eduard Xenstenberg va Feliks
Xammerlarning fikricha inson tabiatida ruh muhim rolь oʼynaydi, bu olimlar
ruh tushunchasini insonning psixik faoliyatidan alohida oʼrganishadiva
ruhning faoliyatini ilohiy kuch bilan bogʼlashadi.
Falsafiy antropologiya predmeti haqida gapirar ekan, V.Bryuning bu
tushunchani ikki maʼnoda ishlatish mumkin deb hisoblaydi: tor va keng
maʼnoda. Keng maʼnoda falsafiy antropologiya faniga inson haqidagi barcha
falsafiy taʼlimotlarni kiritish mumkin, bu keng maʼnoda tushunilgan
falsafiy antropologiya predmetiga ularning ontologik, gnoseologik ѐki
metodologik masalalar bilan qiziqishi befarqdir. Tor maʼnoda esa falsafiy
antropologiyaga, insonni kelib chiqishini, inson tabiatining biologik,
ijtimoiy va ruhiy mohiyatini oʼrganuvchi fanlar kiritiladi [6, 209-410].
P.S.Gurevich «Falsafiy antropologiya» kitobida falsafiy antropologiya
fanining predmetiga quydagicha taʼrif beradi: «Falsafiy antropologiya fani
bu insonni mavjudlikning alohida bir turi sifatida oʼrganadigan falsafiy
fan, inson tabiati, mohiyati va borligʼi anglab yetiladi, inson
mavjudligining oʼziga xos xususiyatlari tahlil etiladi, olamning
antropotsentrik manzarasining ichki imkoniyatlari aniqlanadi» [7, 11-12].
Darhaqiqat, falsafiy antropologiya fanini inson falsafasi ѐki inson
antropogenezi masalalari bilan aynanlashtirib qoʼyish ehtimoli katta.
Shuning uchun P.S.Gurevich falsafiy antropologiya predmetiga uchta
ѐndashuv borligiga eʼtiborni qaratadi. Birinchi ѐndashuvga binoan falsafiy
antropologiya mustaqil fan boʼlib falsafa tarixi, gnoseologiya, etika va
estetika fanlaridan farq qiladi. Bunday ѐndashuvning ѐrqin namoѐndasi
nemis faylasufi Immanuil Kant boʼlgan. Ikkinchi ѐndashuvning iyrik vakili
mashhur nemis faylasufi Maks Sheler boʼlgan. U barcha fanlardagi
bilimlarni umumlashtirishga, antropologik va antropologik boʼlmagan bilish
uslublarini bir biridan ajratishga daʼvat etgan.
Uchinchi ѐndashuvga binoan borliqni oʼrganishda antropologik bilish
uslublaridan foydalanish zarur, bu uslub XX asrning oʼrtalarida shakllangan.
Bu ѐndashuvning vakili boʼlgan Xans Blyumenberg fikricha falsafiy
antropologiyaning asoschisi frantsoʼz faylasufi Mishelь Montenь boʼlgan [8,
105].
Falsafiy antropologiyaning yirik vakillaridan biri I.Kant
hisoblanadi. Inson haqidagi qarashlarida Kant uchta savolni oʼrtaga
tashlaydi:
1. Men nimani bilishim mumkin?
2. Men nima qilishim mumkin?
3. Men nimaga umid qilishim mumkin?
Bu uchta savol ѐlgʼiz bir savolga borib taqaladi: Inson oʼzi qanday
mavjudot? Bunday ѐndashuv falsafiy antropologiya fanini haddan tashqari
fundamental fanga aylantirib qoʼyadi. Kantning antropologik qarashlarini
Martin Buber tahlil qilar ekan, uning fikricha Kant insonning yaxlit
kontseptsiyasini yaratmagan, u insonga taʼrif bermagan va oʼzi qoʼygan savollarga
javob ham bermagan [9, 159]. Lekin I. Kant inson tabiatida eng muhim
jihatni, yaʼni ruhiy erkinlikni aytib ketadi.
Maks Sheler gʼoyalarini А.Gelen, G.Plesner, E.Rotxaker, G.-
E.Xengstenberg, M.Landmanlar rivojlantirishdi. Faylasuf nafaqat
haqiqatni ochadi, u koinotning logosini kashf etishda qatnashadi. Koinotni
oʼrganar ekan faylasuf borliqni ham biladi, koinotni bilish esa uni
oʼzgartirish bilan tengdir. Аgar koinot xato tushunilgan boʼlsa mutafakkir
uni vayron etadi, shuning uchun faylasuf oʼz taqdiri va olamning taqdiri uchun
maʼsuldir. Falsafiy fanlar oʼz predmeti sifatida borliq logosini
oʼrganishadi, ijtimoiy falsafa jamiyatning logosini oʼrgansa, falsafiy
antropologiya fani inson borligʼining logosini oʼrganadi, logos sirli
tabiatga ega boʼlsa ham inson aqli uni oʼrganadi, chunki inson aqli ham ana shu
logosning koʼrinishidir. Falsafa inson tafakkurini yashindek porlashidan
paydo boʼladi va tafakkur zanjirining keyingi rivojida muhim bir xalqa
vazifasini bajaradi.
Maks Shelerning ijodi shu qadar koʼp qirraliki uning nazariyasidagi
asosiy fikrni ajratib olish bir muncha qiyindir. Lekin ishonch bilan aytish
mumkinki uning taʼlimotining asosiy mavzusi bu insonning ruhiy
borligʼidir. Sheler ijodining barcha bosqichlaridauning inson tabiatini
tushunishi xristianlik falsafasidagi qarashlar bilan chambarchas bogʼliqdir.
Sheler falsafiy antropologiyasining asosiy uslubi xristianlik
dunѐqarashiga asoslanadi. Inson oʼzining tor tabiiy chegaralaridan chiqib
ketib olamning mohiyati boʼlgan xudoni anglashga, u bilan qoʼshilishga qodir,
natijada inson uni yaratgan xudoning timsoliga aylanadi. Inson koinotdan
farq qiladi, lekin shu bilan bir qatorda inson koinot bilan bir yaxlitlikni
tashkil etadi. Inson falsafasi inson haqidagi metafizik bilimlarni
konkret fanlardagi bilimlar bilan birlashtirishi kerak. Lekin Sheler bu
vazifani bajara olmadi, buning sabablaridan biri shundaki, Sheler
antropologiyasi ikki bir biriga qarama qarshi kutbni, yaʼni xristianlik
bilan nitssheanlikni birlashtirishga harakat qildi.
Ilohiy ruhga boʼlgan ishonch kosmik tabiatga ega boʼlgan iroda tushunchasi
bilan mutanosiblik, garmoniya holatiga kelmadi. Falsafiy antropologiya
fanining tadqiqotchisi B.Grigorьyanning fikricha, Sheler inson haqidagi
taʼlimotni rivojlantirishda konkret fanlarning ahamiyatini tan olgan
boʼlsada, uning shaxs haqidagi qarashlari diniy tabiatga ega [10, 13]. Sheler
konkret fanlardagi bilimlarni insonni hayvondan tubdan farq qilishini
isbotlash uchun ishlatadi. Katolitsizm dinidan Sheler panteistik qarashlarga
oʼtadi. Shu davrdan boshlab uning ijodining oxirgi qismi boshlanadi, lekin
uning diniy qarashlari butun falsafasi davomida yoʼqolmadi. Masalan, uning
taʼlimotidagi inson tabiatining ilohiy mohiyati diniy qarashlardagi
insonning xudoning timsoli boʼyicha yaratilganligi haqidagi fikrlarga
oʼxshaydi. Inson mohiyatini uning oʼzidan kelib chiqib tushuntira boʼlmaydi,
insonning mohiyatini anglash uchun uni xudoning timsoli ekanligini anglash
zarur. Inson shaxsi uning hayvoniy darajadan haqiqiy ilohiy darajaga
oʼtishida ochiladi. Biologiya va psixologiya fanlari inson mohiyati haqida hech
narsa ayta olmaydi, chunki bu mohiyat ilohiy. Intellekt va tanlash imkoniyati
insonni hayvondan farqlash uchun yetarli emas. Insonni hayvondan farqi
uning ilohiy darajaga koʼtarila olishida [3, 26]. Inson oʼzini oʼzgartira
oladigan mavjudot, chunki u xudoga ibodat qilmaydi, uning oʼzi tirik
ibodatdir, insonning ruhiy yuragida xudoga boʼlgan eʼtiqod yashaydi, mana shu
eʼtiqod tufayli inson xudoning tirik timsoli. Inson xudoni axtarmaydi,
chunki xudo uning albida yashaydi va inson qalbi orqali inson xudoga
qoʼshiladi. Inson botiniy olamida xudo yashar ekan, uning mohiyati mana shu
ilohiy ibtidoning namoѐn boʼlishida ochiladi. Ijodining ilk bor davrida
Sheler insonni xudoni anglashga intiluvchi mavjudot sifatida koʼrsatsa,
soʼnggi davrda inson faylasuf sifatida namoѐn boʼladi, chunki falsafa orqali
xudoni inson qalbida mavjudligi ochiladi. Falsafa orqali inson koinot
bilan koʼshilib butun borliqni yaratadi.
XULOSА
Yuqorida koʼrib chiqqan zamonaviy falsafiy antropologiyaning
vakillarining qarashlari ratsional tabiatga ekanligini koʼrish mumkin.
Insonning ratsional taʼrifi markazida esa tafakkur turadi, aynan uning
faoliyati inson ongini belgilaydi. Inson haѐti chegaralangan, qisqa
boʼlganligi uchun uning tafakkuri va faoliyati ham chegaralangan va uning
mohiyati ijtimoiy faoliyatda ochiladi.
XX asrda shakllangan falsafiy antropologiya fanida ratsional hamda
irratsional taʼlimotlar shakllandi va hozirgi vaqtda ham rivojlanib
kelmoqda. Inson borligʼi va faoliyati murakkab masala boʼlganligi uchun xali
ham oʼz dolzarbligini yoʼqotmagan va har xil kontseptsiyalarning paydo
boʼlishiga sabab boʼlmoqda.
Dostları ilə paylaş: |