Reja: Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Xalqaro savdoning mazmuni



Yüklə 24,21 Kb.
səhifə2/4
tarix08.04.2023
ölçüsü24,21 Kb.
#95027
1   2   3   4
1-mavzu

Baynalminallashuv - bu jahon xo’jaliginig bir necha sub‘ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarini o’rnatilishi va rivojlanishnig dastlabki bosqichidir.
Globallashuv (lotincha “globus” - yer kurrasi) - jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayoninig quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) Mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
2) Kooperatsiya va mehnat taqsimotining nistabat yuqori darajasiga o’tish;
3) Xo’jalikning tashkil etishning butunlay yangi shakillarining paydo bo’lishi va rivojlanishi;
4) Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi.
SHuningdek, jahon xo’jaligi globallashuv jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
- turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;
- boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning qo’chayishi;
- ekologiya halokat tahdidlarinig kuchayib borishi;
- turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi va hakozo.


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmundir. Bu xalqaro iqtisodi munosabatlarni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi deb ham yuritiladi.
Bu aloqalar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokida bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.

Yüklə 24,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin