Reja: Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni



Yüklə 53,24 Kb.
səhifə5/8
tarix01.02.2023
ölçüsü53,24 Kb.
#82208
1   2   3   4   5   6   7   8
Raxmiddinov Zuhriddin

«GiveDirectly» dasturi esa bir qator Osiyo va Afrika davlatlarida chekka hududlarda yashovchi kambag‘al oilalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy-pul mablag‘larini berishni ko‘zda tutadi. Dastur orqali chekka hududlarda yashovchi ehtiyojmand kambag‘al oilalarni aniqlashda asosiy mezonlarga qo‘shimcha ravishda sun’iy yo‘ldosh orqali yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Dasturlashtirilgan sun’iy intellekt kambag‘al oilalar xonadonlarining qanday ashyolardan qurilganini tahlil qiladi va moddiy sharoitlarini baholaydi. Sun’iy yo‘ldosh orqali yig‘ilgan tasvirlar va navigatsiya ma’lumotlari ijtimoiy himoya dasturining ma’lumotlar bazasiga kiritilib, ulardan birinchi navbatda sun’iy intellekt faoliyatini ta’minlashda, ikkinchidan esa ijtimoiy himoyaga muhtojlik mezonlarini belgilash va aniqlashda foydalaniladi.
Sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni O‘zbekiston sharoitida mavjud dasturlar va davlat idoralaridagi ma’lumotlar bazasini integratsiyalashtirish va kengaytirish orqali bir qator istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqish mumkin.
Masalan, mavjud ijtimoiy himoya dasturlarida («Ijtimoiy reyestr» – «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari») bir martalik yoki muddatli moddiy yordam olish bo‘yicha «onlayn ariza» berish tizimini yaratish. Bunda ariza beruvchi o‘ziga tegishli ma’lumotlarni tizimga kiritib, mezonlarga moslikni tezkorlik bilan aniqlashi mumkin. Birinchi bosqichda tegishli xodim-mutaxassis tomonidan mezonlar baholanishi yo‘lga qo‘yilsa, tizim rivojlanishi bilan bu jarayon keyingi bosqichda avtomatik tarzda amalga oshirilib, inson omiliga o‘rin qolmaydi. Shunga o‘xshash «onlayn ariza» berish tajribasi imtiyozli ipoteka kreditlari va to‘lovlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat subsidiyalarini ajratishda qo‘llanilmoqda.
Hoziri kunda «Temir daftar» ma’lumotlari elektron bazaga tegishli hokimliklar tomonidan kiritilmoqda. Bu jarayonga sun’iy intellekt texnologiyasining joriy qilinishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabgorlarni turli mezonlar va talablar kesimida baholab, inson omilini keskin kamaytiradi hamda davriy ravishda muhtoj oila yoki fuqaroning ijtimoiy holati haqidagi ma’lumotlar avtonom yangilanib boriladi. Ehtiyojmand oilalarning «Temir daftar»ga kiritilishi va chiqarilishini sun’iy intellekt nazoratga olishi bilan, dasturning samaradorligi va shaffofligi ta’minlanadi.
Ta’kidlash lozimki, sun’iy intellekt asosini ma’lumotlar bazasi tashkil etib, ularning manbasi turlicha bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini esa muntazam to‘ldirish va kengaytirish sun’iy intellekt tahliliy imkoniyatlarini va samaradorligini oshiradi.
O‘zbekistonda hozirda mavjud ma’lumotlar manbalaridan sun’iy intellekt ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mumkin. Jumladan:

  • Identifikatsiyalash yagona tizimi – (id.gov.uz);

  • O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali – (data.gov.uz);

  • Elektron hukumat tizimi ma’lumotlar bazasi – (my.gov.uz);

  • Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlar bazasi – (davxizmat.uz);

  • turli vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi.

Shuningdek, jahon tajribasida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan dasturlarda sun’iy intellekt ma’lumotlar bazasini shakllantirishda milliy ID tizimlari ma’lumotlari, aholini ro‘yxatga olish va soliq to‘lovchilar bazasi, tibbiyot, bank, sug‘urta kompaniyalari, do‘kon va bozorlar xaridorlari, mobil aloqa operatorlari ma’lumotlari hamda aholining kommunal to‘lovlar va qarzdorlik, kredit tarixi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi kabi manbalardan qonun doirasida foydalaniladi.
Qayd etish joizki, sun’iy intellektni ijtimoiy va boshqa sohalarga joriy qilishda shaxsga doir ma’lumotlar daxlsizligi, ularni saqlash va boshqarish muhim ahamiyatga ega. Chunki, sun’iy intellektdan foydalanishning axloqiy jihatlari, ayniqsa, AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va yetakchi xalqaro tashkilotlar diqqat markazida bo‘lib, inson huquqlari va shaxsiy ma’lumotlar masalasi hamda sun’iy intellektdan siyosiy va buzg‘unchi maqsadlarda foydalanish xavfi dolzarb hisoblanadi. Ayrim davlatlar, xususan, Xitoy va Rossiyada sun’iy intellekt va AKTdan fuqarolar shaxsiy huquq va erkinliklarini cheklash va siyosiy maqsadlarida foydalanilmoqda, degan ayblovlar yangramoqda. Shuning uchun sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratishda bu masalalarga ham alohida e’tibo qaratilishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, sun’iy intellekt va AKTni joriy qilishda shaxsga doir ma’lumotlar va shaxsiy hayotga oid huquqlar hamda ulardan milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida foydalanishda muvozanatni saqlash muhim ahamiyatga ega.
Xulosa o‘rnida qayd etish mumkinki, mamlakatimizda sun’iy intellekt imkoniyatlari va texnologiyalarini ijtimoiy himoya dasturlarida qo‘llash imkoniyatlari va zarurati mavjud bo‘lib, tegishli dasturlash yo‘nalishlaridagi yetakchi mahalliy mutaxassislar va xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va qo‘llash maqsadga muvofiq.
Ta’kidlash joizki, sun’iy intellekt yoki turli dasturiy ta’minotlar va AKTni tegishli sohalarga joriy qilishda yuzaki yondashuv, birinchidan, loyihalarning kutilgan natija bermasligiga, ikkinchidan, sarflangan budjet mablag‘larining samarasiz bo‘lishiga, uchinchidan, zamon talabiga mos bo‘lmagan dastur va tizimlar kiber jinoyatchilar nishoniga aylanib, milliy xavfsizlikka putur yetkazishi hamda yopiq va shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday davlat dasturlari sohaning yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislari hamda kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ham zamonaviy texnologiyalar qatori sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim. Ma’lumki, endilikda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari «yagona reyestr» vositasida amalga oshiriladi. «Elektron hukumat» tizimining tarkibiy qismi sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» idoralararo integratsion platforma vazifasini bajarib, tegishli idoralar tomonidan ta’minlangan ma’lumotlar bazasini sun’iy intellekt texnologiyasi orqali yuritish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi asosiy natijalar va joriy yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2021-yildan boshlab «Ijtimoiy reyestr» ishga tushirilishi, ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlarni elektron ko‘rsatish imkoni yaratilishi va yangi tizim «Temir daftar»lar bilan o‘zaro integratsiya qilinishi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekistonda yangi texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektning ijtimoiy himoya dasturlari va boshqa sohalarga keng joriy qilinishi davlat va xususiy sektorda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni rag‘batlantirib, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda har bir sohaga innovatsiyalarni kiritish imkoniyatlarini oshiradi. Shu bilan birga, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanilishiga olib keladi.

Yüklə 53,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin