Optimal ishlab chiqarish hajmlarinin aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
Mehnatni tashkil etish va boshqarish darajasi. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishning barcha bo`g`inlari va bosqichlari ishchi kuchi sarfi bilan bog`liq. Shuning uchun har bir ish o`rniga kasbiy bilim va mahorati etarli bo`lgan ishchilarning tanlanishi va ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarning yaratilishi juda muhim ahamiyatga ega.
Kasbiy bilimi va mahorati yuqori bo`lgan ishchi malakasiz va tajribasiz ishchiga nisbatan yuqoriroq unumdorlik bilan mehnat qiladi va, binobarin, ma`lum vaqt mobaynida korxonaga ko`proq daromad (foyda) keltiradi.
Ishchi qanchalik malakali bo`lmasin, uning mehnat faoliyati uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar yaratilmagan bo`lsa, u yo pastroq unumdorlik bilan ishlaydi, yoki umuman bekor turib qoladi. Masalan, qurilish ob`ektiga binolarni bo`yash uchun zarur bo`lgan buyoqlar o`z vaqtida va kerakli miqdorda etkazib berilmadi, deylik. U holda nima bo`lishini o`zingiz bir tasavvur qilib ko`ring.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mehnat unumdorligini oshirish har qanday xo`jalik yurituvchi sub`ekt daromadlarini ko`paytirishning bosh omili bo`lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: “O`zbekiston”, 1995.
Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo`limiz. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida so`zlangan nutq. “Xalq so`zi”, 2002 yil, 15-fevral.
Karimov I.A. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O`zbekiston”, 1997.
Karimov I.A. O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T.: “O`zbekiston”, 1993.
Amaliy iqtisodiyot (o`quv qo`llanmasi). Tarjimonlar I.Fozilov va boshqalar. T.: “Sharq”, 1996.
Butikov I. Qimmatli qog`ozlar bozori. T.: “Konsauditinform”, 2001.
Doklad o chelovecheskom razvitii. T. “O`zbekiston”,1993.
Kurs ekonomiki(uchebnik). M.: “Infra-M”, 2000.
Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: “O`zbekiston”, 1999.