Elektr bilan isitish — xonalarni elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi elektr asboblari yordamida isitish va ularda muayyan trani saqlab turish uchun mo’ljallangan isitish tizimi. Elektr bilan isitishi. asboblarining asosiy qismlari metall korpus, keramika asos va qizdirish elementi (spiralsimon yoki sterjensimon element). Elektr qarshiligi katta bo’lgan simdan yasalgan qizdirish elementli elektr isitish asboblari kengroq tarqalgan. Bunday asboblar ochiq (qizdirish elementi ko’rinib turadigan) va yopiq (qizdirish elementi korpus ichiga joylashtirilgan) turlarga bo’linadi. Ochiq asboblar jumlasiga elektr kaminlar, reflektorlar va boshqalar, yopiq asboblar jumlasiga turli tipdagi (mas, moyli) radiatorlar kiradi. Elektr toki issiqlik to’plovchi materialni qizdirib, bu material to’plagan issiqligini xonani isitishga sarflaydigan isitish asboblari ham bor. Issiqlik to’plovchi material sifatida temirbeton panellar qo’llanishi mumkin. Bunday holda pardevorlar, orayopmalar va hatto pol panellari orasiga elektr qizdirish kabellari qo’yib ketiladi. Elektr bilan isitishi.ning afzalligi — oddiyligi, xona haroratini rostlab turish mumkinligi, ozodaligi va h.k.