Reja: Islom dinining Markaziy Osiyoda keng tarkalishi va Sharq mamlakatlari maʼnaviy qadriyatlarning integratsiyasi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov



Yüklə 42,24 Kb.
səhifə2/4
tarix08.08.2023
ölçüsü42,24 Kb.
#138880
1   2   3   4
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy va geopolitik imkoniyatlari bilan dunyo e’tiborida turganini qayd etdi:
– Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati hamda islom sivilizatsiyasi bo‘yicha qator xorijlik olimlar tadqiqotlar olib bormoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani geosiyosiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega. Ushbu xalqaro konferensiya ham mintaqa xalqlari o‘rtasidagi mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, targ‘ib va tadqiq etish maqsadlariga xizmat qilishiga ishonaman.
Onlayn konferensiyada, shuningdek, Istanbul texnika universiteti, Marmara universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan bo‘yicha vazirligiga qarashli Markaziy ilmiy kutubxona vakillari, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari direktorlari, turli davlat va jamoat tashkilotlari, hamkor muassasalar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy-tadqiqotchilar, talaba yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va arxitekturasi xususiyatlari”, “Movarounnahr ilmiy-madaniy markazlari”, “Samarqand va Buxoroda fanlar tarixini o‘rganishda al-Hasiriy ijodining ahamiyati”, “Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar”, “Xattotlikning islom madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati (IRCICA faoliyati misolida)”, “Musulmon sharqida kutubxonachilik tarixi va an’analari”, “O‘rta Osiyolik so‘fiy va shoir Salohiddin Soqib O‘shiy (1843-1910)”, “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining moʻtadil islom targ‘ibotidagi o‘rni”, “Qozog‘istondagi birinchi kitob muzeyining tarixi”, “Islom sivilizatsiyasi rivojida Termiziy allomalarning tutgan o‘rni”, “Markaziy Osiyodagi islom madaniyati va san’atini o‘rganish xususiyatlari” kabi mavzularda ma’ruzalar tingladi.
Konferensiyada Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, yozma yodgorliklari va ilmiy merosiga oid mavzular ham muhokama qilindi. Umuman olganda, anjuman mavzulari xilma-xil va dolzarb bo‘lib, yurtimizdagi taniqli olimlar, tarixchilar, islomshunoslar, etnograflar va manbashunoslarning ma’ruzalari bilan yanada mazmun kasb etadi. 
Konferensiyada so‘zga chiqqanlar Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
— Islom sivilizatsiyasi rivojlana boshlagach, turli yo‘nalishlarga ajralib, o‘ziga xos qadriyatlari bilan shakllandi, – 
Yüklə 42,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin