Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi


Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi ko‘pxudolik



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix29.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#51777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
\'4-МАВЗУ маъруза .doc

Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi ko‘pxudolik. 

Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb 

yuritiladi.  “Johiliya”  so‘zi  adabiy  arab  tilida  “bilmaslik”,  ya’ni  “yagona  xudo-

Allohni  tanimaslik”  ma’nolarini  beradi.  Bu  so‘z  islom  olimlari  tomonidan 

islomdan  avvalgi  davrga  nisbatan  ishlatiladi.  Ba’zi  tadqiqotchilar  johiliya  davri 

100-200  yil  davom  etgan  degan  fikrni  bildiradilar.  Ammo  ushbu  davrni  aniqlash, 

yozma adabiyotning ozligi sabab  mushkul.  

Mil.av.  8  asrdayoq  har  bir  arab  qabilasi  o‘z  sanamiga  ega  edi.  Tez  tez  bo‘lib 

turadigan  qabilalararo  urushlardan  so‘ng,  odatda,  mag‘lub  qabila  g‘olib  sanamiga 

sig‘ina  boshlardi.  Arabistonning  turli  erlarida  muayyan  sanamlarning  qarorgohi 

mavjud  bo‘lib,  ular  ziyoratgohlar  sifatida  ma’lum  edi.  Ulardan  biri  Makkadagi 

Ka’ba  edi.  Makka  qadimgi  Arabistonning  diniy  markaziga  aylangach,  u  erdagi 

Ka’baga sanamlar to‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam 

bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir 

necha  qabilada  ehtirom  qilingan  bo‘lsa,  u  Ka’baga  shuncha  nusxada  qo‘yilgan 

bo‘lishi mumkin.  

Islomgacha  badaviy  (ko‘chmanchi)  arablarda  urug‘  ruhi  yoki  oila  dini  etakchi 

bo‘lgan.  Badaviylar  arab  xalq  og‘zaki  ijodi  va  yozma  adabiyotining  asoschilari 

edilar.  Shuning  uchun  janubiy  arablarning  lahja  (dialekt)lari  yo‘q  bo‘lib  ketdi, 

ammo  shim.  Arablarning  lahjalari  saqlanib,  u  Qur’on  tili  sifatida  xamon  yashab 

kelmoqda. 

asr 



boshigacha 

ko‘chmanchilar  yashaydigan  sahrolarda 

ko‘pxudochilik saqlangan bo‘lsa. O‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama 

tashqi  ta’sirga  uchragan  edi.  Makka  shahrida  bo‘ladigan  katta  bozorlarga  savdo-

sotiq  uchun  na  faqat  ko‘p  xudochilikka  ishonuvchilar,  shu  bilan  birga  xristian  va 

yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga 

kelishi,  arablar  orasida  vahdoniyatga  asoslangan  dinning  qaror  topishi,  arab 

                                                 

1

 (CD-ROM диск: Энциклопедия стран мира. Version 1.0. Copyright 2001. Studio Korax). 




 

qabilalarining  yakkaxudo-Alloh  g‘oyasi  atrofida  birlashishi  Abdullohning  o‘g‘li 



Muhammad  (s.a.v.)  nomi  bilan  chambarchas  bog‘liq.  6  asrning  oxiri  7  asrning 

boshlarida,  ayniqsa.  Hijoz  arablari  yakkaxudochilikka  o‘tishga  ma’lum  ma’noda 

tayyor  edilar.  Biroq,  baribir  bir  qadriyatning  qadrsizlanishi  hali  odamlar  ongiga 

singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida o‘rin olishi uchun hayotini 

shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi. 


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin